Xarita-diagramma
Qiyofa
Xarita-diagramma (xarita va diagramma) – biror hodisaning jamlangan mutlaq raqamli qiymatini xaritada koʻrsatilgan maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuli. Xarita-diagrammadan koʻrgazmali taqqoslash uchun foydalaniladi (masalan, viloyat yoki tumanlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni, yalpi hosili va boshqalar). Ularni alohida tasvirlash usuli sifatida, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy mavzuli xaritalarni (masalan, aholi va mehnat resurslari, sanoat, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi, ijtimoiy infrastruktura va hokazo) yaratishda keng qoʻllanadi. Diagrammalar uzunligi, maydoni va hajmi tasvirlanayotgan miqdorlarga proporsional boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |