Kontent qismiga oʻtish

Diagramma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diagramma (yun. diagramma – chizma, rasm, shakl) – muayyan miqdorlar (temperatura, bosim va boshqa) oʻrtasidagi bogʻlanishni grafik tarzda ifodalash (yaqqol koʻrsatish) usullaridan biri. Masalan, statistikada maʼlumotlarni geometrik shakllar (tekisliklar, chiziqlar, doiralar va boshqa) yordamida ifodalovchi chizmalar majmui. Diagrammada oʻlchov birligi (foiz, kg, g va boshqa) miqdorning turiga qarab tanlanadi. Masalan, ogʻirlik (massa) t, kg, g larda, temperatura gradus (daraja) orqali ifodalanadi. Grafik diagrammalar – raqamli maʼlumotlarni vizual koʻrinishi boʻlib inson miyasiga maʼlumotlar turlari va ularning kategoriyalari oʻrtasidagi munosabatni osonroq tushunishga yordam beradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil