Xanlar Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xanlar Ahmedov

Haqiqiy ismi1946-yil 12-iyun (76 yosh) Boku, Ozarbayjon SSR
Tavalludi
Millati  SSSR  Ozarbayjon

Xanlar Ahmed oʻgʻli Ahmedov (ozarbayjoncha: Xanlar Əhməd oğlu Əhmədov; 1946-yili  Bokuda tug‘ilgan) — ozarbayjonlik haykaltarosh, Ozarbayjon Respublikasi xalq rassomi (2006-yilda), Ozarbayjon Davlat madaniyat va sanʼat universiteti dotsenti.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonlar Ahmed oʻgʻli Ahmedov 1946-yil 12-iyunda Boku shahrida tugʻilgan. A.Azimzoda nomidagi Ozarbayjon davlat rassomchilik texnikumini va Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan[1].

1975-yilda SSSR Rassomlar uyushmasiga aʼzo bo‘lgan. Shuningdek, Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi aʼzosi ham hisoblangan. Ahmedovning monumental asarlari orasida Xo‘jayli qirg‘iniga bag‘ishlangan turkum, „Bolali ona“, „Ota faryodi“, „Tomris ona“, „Layli va Majnun“ kompozitsiyalari, „Ozodlik prospekti bekati“ nomli metrodagi relyef va tarixiy asarlari mavjud[1].

1984-yilda Shushada Ahmedov Namig Dadashov bilan birgalikda ozarbayjon bastakori Uzeyir Gadjibekov va opera xonandasi Bul-Bulning bronza byustlari oʻrnatilgan[1].

2021-yil sentabr oyida Boku shahrining Sabail tumani hududidagi „Icherisheher“ metro bekati oldida Xonlar Ahmedov[2]. tomonidan bokulik millioner va xayriyachi Hoji Zeynalabdin Tagiyevga haykal qo‘yilgan. Yodgorlikning ochilishi 2022-yil 18-yanvar kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan[3].

A.Ahmedov asarlari Fransiya, Germaniya, Eron, Polsha, Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda namoyish etilgan. Ayrimlari muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi[1].

Xanlar Ahmedov — Ozarbayjon davlat madaniyat va sanʼat universiteti dotsenti hisoblanadi[1].

2002-yilda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning farmoni bilan Xanlar Ahmedovga Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni[4], 2006-yilda esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Ozarbayjon xalq artisti unvoni berilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]