Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (XST) - butun jahon mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946-yil taʼsis qilingan. Idorasi Londonda joylashgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotit.ga 90 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti aʼzo (2004). Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish davlat qoʻmitasi (2002-yil noyabrdan " Oʻzstandart" agentligi) 1992-yil martdan aʼzo.