Xalqaro shartnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalqaro shartnoma - davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subʼyektlari oʻrtasida siyosiy, iktisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. Xalqaro shartnoma 2 tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi. Koʻp tomonlama shartnoma ochiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar qoʻshilishi) va yopiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar Xalqaro shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilangina qoʻshilishi) mumkin. Xalqaro shartnoma ning nomlari turlicha: shartnoma, bitim, konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum statut, protokol, ustav, bayonot va boshqa Xalqaro shartnoma muddati tugagandan keyin, unda belgilangan majburiyatlar bajarilgach, taraflarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha va denonsatsiya yoʻli bilan amal qilishdan toʻxtaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Xalqaro shartnomalarda teng , mustaqil mamlakat sifatida qatnashadigan boʻldi va koʻpdan koʻp Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy, huquqiy va boshqa sohalardagi barcha xalqaro huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1995 y. 22 dek.) bilan tartibga solinadi.