Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni
| Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni | |
|---|---|
| | |
| Toshkentdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti | |
| Nishonlovchilar | |
| Turi | Davlat bayrami |
| Ahamiyati | Oʻzbekiston SSSRdan ajrab, mustaqillikka erishgan kun |
| Sana | 1-senyabr |
| Nishonlanishi | Mushakbozlik festivali, konsert, parad |

1991-yili 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilingan. Toshkent shahrida boʻlib oʻtganida Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida boʻlgan „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindi[1]. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi[2]. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentyabrda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi[2]. 1992-yil 3-iyulda „Oʻzbekiston Respublikasida bayramlariz toʻgʻrisida“ gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi. Qonun asosida oʻsha paytda amalda boʻlgan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi[3].
Tarixiy asos
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Sovet Ittifoqi poytaxti Moskvada sodir boʻlgan Avgust to‘ntarishi koʻplab sovet respublikalarini Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qilishga undadi. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekistonning SSSRdan ajralib chiqib, mustaqil boʻlganligini eʼlon qildi. Shu kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani hamda Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi qonunni qabul qildi. Ushbu qonunlar Karimov tomonidan imzolangach, O‘zbekiston SSR nomi O‘zbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi[4]. Keyingi kun hukumat tomonidan milliy bayram va dam olish kuni deb eʼlon qilindi.
Nishonlash tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Mustaqillik kuni ilk bor nishonlandi. Rejissyor Davron Salimov tomonidan suratga olingan Istiqlol (Mustaqillik) filmi Toshkent kinoteatrlarida namoyish etildi. Prezident Islom Karimov poytaxtdagi Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan kechki tadbirda nutq soʻzladi[5][6],
1996-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yil mustaqillikning 5 yilligi nishonlandi. Aynan shu yilda Prezident Karimov ilk bor O‘zbekiston Qahramoni unvonini topshirdi.
2016-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda mustaqillikning 25 yillik yubileyi nishonlandi. Yubiley paytida shifoxonada yotgan Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov keyingi kuni Toshkentda vafot etdi. Karimovning anʼanaviy Mustaqillik kunidagi nutqi televideniyeda boshlovchi tomonidan oʻqib eshittirildi.
2018-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda mustaqillikning 27 yilligi arafasida hukumat idoralari ilk bor Tojikiston fuqarolarining chegara oʻtish punktlaridan kirishiga cheklovlar joriy etmaslikka qaror qildi[7][8].
2021-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli bayram tadbirlari oʻtkazildi. Asosiy tantanalar yangi barpo etilgan Yangi Oʻzbekiston bogʻi va unga tutash hududda, Toshkent yaqinida boʻlib oʻtdi[9]. Mazkur sanada Turkiya kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan Mustaqillikning 30 yilligi monumenti ochildi[10].
Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatik vakolatxonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqillik kuni Oʻzbekiston Respublikasining 62 ta diplomatik vakolatxonalari boshchiligida bo'lib turgan davlatlarida keng nishonlanib kelinadi.
Oʻzbekistonda Mustaqillik kuniga bagʻishlangan joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zakon Respubliki Uzbekistan OB OSNOVAX GOSUDARSTVYeNNOY NYeZAVISIMOSTI RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- 1 2 Тюриков, Шагулямов 1997, s. 3.
- ↑ Zakon Respubliki Uzbekistan „O prazdnichnix dnyax v Respublike Uzbekistan“ (Vedomosti Verxovnogo Soveta Respubliki Uzbekistan, 1992 g., № 9, st. 368).
- ↑ „День Независимости Узбекистана“ (Russian). Advantour. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ „Мустақиллигимизнинг 1 Йиллиги Қандай Нишонланган Эди?“. YouTube.
- ↑ „ВИДЕОАРХИВ: Мустақиллигимизни бир йиллик байрам тадбири“. YouTube.
- ↑ „Uzbekistan not to close borders with Tajikistan in connection with Independence Day“.
- ↑ „Uzbekistan not to close border on Independence Day“ (2018-yil 28-avgust).
- ↑ „Главные торжества в честь 30-летия независимости пройдут в новом парке "Янги Узбекистон"“.
- ↑ „Uzbekistan's new symbolic monument brought to life by Turkish firm“. Daily Sabah (2021-yil sentyabr).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar (1991—1996), 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1997. ISBN 5-640-02133-0.
- * Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar Nashr-2, 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1998. ISBN 5-640-02328-7.