Xakaton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xakaton (ing. hack — xaker; marathon — marafon) — dasturchilar biror loyiha ustida ishlashi ko'zda tutilgan tadbir ma’nosini anglatadi. Turli dasturiy taʼminotlar sohasi mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar) bir-birlarini xabardor qilib, qaysidir muammo ustida ish yuritish maqsadida tashkil etiladigan tadbirdan iborat. Bugungi kunda jahon dasturchilari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi kompaniya hamda ta'lim muassasalari xakaton tashkil etishadi va bu xakerlik maʼnosiga mansub deb hisoblanmaydi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi musobaqa hisoblanadi. Xakatonlar bir kundan olti kungacha davom etishi mumkin.

Tarixi[tahrir]

Ushbu atama 1999-yilda paydo bo‘lgan. Uni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda OpenBSD va Sun Microsystems dasturchilari qo‘llay boshlaganlar. OpenBSD ishlanmalarini tayyorlovchi dasturchilar ilk bor 1999-yil 4-iyunda Kalgari (Kanada)da kriptografiyaga bag‘ishlangan tadbirda mazkur atamadan uchrashuvlarni belgilashda foydalandilar. Tadbirga dasturlar yozish uchun 10 nafar dasturchi qatnashdi va ular AQSH kriptografik DT sohasida o‘rnatilgan cheklangan jiddiy eksportlar nazoratidan o‘tdilar. 1999-yil 15-19 iyun kunlari o‘tkazilgan Sun kompaniyasi Java One konferensiyasi davrida „the ppHackathon]]“ nomidan foydalandilar; Palm’ning boshqa foydalanuvchilari bilan aloqa qilishlariga mo‘ljallab, AK port sifatida xizmat qiluvchi, John Gage yangi Palm V uchun Java dasturlar tilida dastur yozishni taklif qildi. 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, xakatonlar yanada keng tarqalib, kompaniyalar va investorlar tomonidan yangi dasturlar texnologiyasi yoki investitsiyalar sohasida ishlanmalarni jadal yaratish usuli sifatida qarala boshladi. Ayrim taniqli kompaniyalar xakatonlar asosida tashkil etilgan, masalan, GroupMe muhim tadbir hisoblangan TechCrunch Disrupt 2010 konferensiyasi xakatoni asosida tashkil etiligan; 2011-yilda Skype kompaniyasi tomonidan $85 million sotib olingan[1].

Manbalar[tahrir]