World, Hold On (Children of the Sky)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„World, Hold On (Children of the Sky)“
Bob Sinclar va Steve Edwards qoʻshigʻi
„Western Dream“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 17-aprel, 2006-yil(2006-04-17)
Davomiyligi
  • 6:44 (albom versiyasi)
  • 3:21 (radio versiyasi)
Leybl
Matn muallif(lar)i
  • Steve Edwards
  • Bob Sinclar
  • Michaël Tordjman
Prodyuser(lar)
  • Bob Sinclar
  • Michell
Bob Sinclar xronologiyasi
„Love Generation“
(2005)
World, Hold On
(2006)
„Rock This Party (Everybody Dance Now)“
(2006)
Klipi
„World, Hold On (Children of the Sky)“ YouTubeda

World, Hold On (Children of the Sky)“ (tarjimasi „Dunyo, toʻxtab tur (Osmon bolalari)“) — fransuz musiqa prodyuseri va DJi Bob Sinclar yozgan qoʻshiq. Tarona vokalini ingliz xonandasi Steve Edwards kuylagan. Qoʻshiq 2006-yilning 17-aprelida Sinclarning „Western Dream“ nomli studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan.

Qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan Vengriya va Ruminiya xit-paradlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan, Buyuk Britaniya singllar xit-paradida esa toʻqqizinchi pogʻonani egallagan. Shuningdek, qoʻshiq 10 Yevropa mamlakatida yuqori oʻntalikka kirgan. Jumladan, Sinclarning vatani Fransiyada tarona ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShda esa 2006-yilning iyulida qoʻshiq „Billboard“ jurnalining Dance Club Songs xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan[1].

„World, Hold On (Children of the Sky)“ qoʻshigʻining bir necha remiksi mavjud. Qoʻshiqning E-Smoove hozirlagan remiksi 2007-yilda „Eng yaxshi remiks yozuv (klassik emas)“ (inglizcha: Best Remixed Recording, Non-Classical) nominatsiyasida „Grammy“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan[2].

Klipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq klipida oʻsmir bola (David Beaudoin) uygʻonib, yangiliklarda Yer sayyorasiga meteorit tahdid solayotganidan xabar topadi. Buni koʻrgan oʻsmir fazo kemasini yasab, iti bilan Quyosh tizimi boʻylab uchadi. Fazoda Yerga qarab harakatlanayotgan meteoritni topadi va basketbol koptoklari yordamida uni yoʻq qilib, Yerni saqlab qoladi.

Yerga qaytganida uni qahramon oʻlaroq kutib olishadi. Onasi kelib peshonasidan oʻpganidan keyin, uygʻonib, buning barchasi tush boʻlganini anglab yetadi. Klipda Sinclar pechenyelar bilan „World, Hold On (Children of the Sky)“ qoʻshigʻini ijro etayotgan mitti siymo oʻlaroq tasvirlangan, ammo klip qahramoni xonandaga yoki oʻz xonasida raqsga tushayotgan oʻyinchoqlarga eʼtibor bermaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dance Club Songs“ (inglizcha). Billboard. Qaraldi: 19-sentyabr 2022-yil.
  2. „FOX Facts: Complete List of Grammy Award Nominations“ (inglizcha). Fox News (7-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2006-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]