Meteoritlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Meteoritdan yoʻnaltirildi)
Goba meteoriti yer yuzida topilgan eng katta meteoritdir.

MeteoritlarQuyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita boʻylab aylanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi oʻzgarishi natijasida Yer bilan toʻqnashadi. Katta tezlikda (11–75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 g) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 – 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer yuziga tushadi. Bir sutkada osmondan Yerga umumiy massasi 10 t atrofida boʻlgan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu jismlarning yiriklari topilgan va tabiat muzeylarida saqlanmoqda. Ular Meteoritlar deb atalib, umumiy ogʻirligi 500 t dan oshadi. 1920-yil Janubiy-Gʻarbiy Afrikada topilgan temir Meteoritlarning (Goba) ogʻirligi 50 t, 1818-yilda Grenlandiyada topilgan Meteoritlarning ogʻirligi 34 t. 1947-yilda Sixo-te-Alin (Uzoq Sharq, Rossiya) ga parchalanib tushgan Meteoritlarning umumiy ogʻirligi 23 t. MeteoritlarZ turkumga boʻlinadi: temir, tosh vatoshtemir. Te mir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etib, tarkibida 85% temir, 12% nikel, 3% kobalt va boshqa elementlar bor. Temir Meteoritlar katta kristall (oktaedrit) lardir. Ular sillik, shakldagi jismlar boʻlib, havo qarshiligi taʼsirida kristallga aylangan. Tosh Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 92% ini tashkil etadi va, asosan, kremniy, magniy, natriy, kalsiy, temir, alyuminiy va boshqa elementlar oksididan iborat. Ular togʻ jinslarini eslatadi. Toshtemir Meteoritlar topilgan barcha Meteoritlarning 4% ini tashkil etadi. Meteoritlarning zichligi 2,5 dan 8,8g/sm3 gacha Meteoritlarning atmosferasidan Yerga maydalanib tushish hodisasi Meteoritlar yomgʻiri deyiladi. Mas, 1947-yildagi Sixote-Alin meteorit yomgʻiri tarkibida oʻrtacha quyidagi miqdorda nodir metallar bor (1 t Meteoritlarda g hisobida): ruteniy 10, rodiy 5, palladiy 10, ku-mush 5, osmiy 3, iridiy 5, platina 20, oltin 5 va boshqa Meteoritlardagi elementlar tarkibi Yerdagi elementlar tarkibi bilan deyarli bir xil.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil