Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


WikiStipendiya marafonining uchinchi mavsumi sahifasiga xush kelibsiz!

WikiStipendiya marafonining uchinchi mavsumi oʻzida bir qancha ichki loyihalarni jamlagan, Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi yoshlarni birlashtiruvchi, oʻquv muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirishga hissa qoʻshuvchi va pirovardida internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlarning son va sifat jihatidan koʻpayishiga hissa qoʻshuvchi loyihadir.

Uchinchi mavsum 2024-yil yanvar – noyabr oylarida quyidagi bosqichda oʻtkaziladi: Premarafon bosqichi (yanvar – aprel), Asosiy marafon (may – oktyabr), Grand final (noyabr).

Uchinchi mavsumning avvalgi mavsumlardan farqi:

  • Marafonda jamoaviy ishtirok etiladi;
  • Marafon doirasida nafaqat yangi maqolalar, balki tarjimalar, tahrirlar va yangi fotosuratlar joylanishi taʼminlanadi;
  • „Paramarafon“ — nogironligi boʻlgan ishtirokchilar uchun maxsus, individual tanlov;
  • „WikiNations“ — xorijiy mamlakatlar elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etiluvchi sayohat dasturi;
  • „WikiTaʼlim“ dasturi boʻyicha ilk amaliy tajriba amalga oshiriladi (Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan birga.).


Koʻproq maʼlumot olish uchun, WikiStipendiya Telegram kanaliga aʼzo boʻling. Shuningdek, marafon boʻyicha savollaringizni oʻzbekcha Vikipediyaning Telegram guruhida soʻrashingiz mumkin.

Tashkilotchi[manbasini tahrirlash]

Hamkor[manbasini tahrirlash]

Ishtirokchilar[manbasini tahrirlash]

Iltimos, imzoni eng oxiriga cheking!