Wei Shihao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Wei Shihao
韦世豪
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wei Shihao
Tavallud sanasi 8-aprel 1995-yil (1995-04-08) (29 yosh)
Tavallud joyi Bengbu, Anhui, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangzhou Evergrande
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2013 Shandong Luneng
2013—2014 Boavista
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Boavista 4 (0)
2015 Feirense 1 (0)
2015—2017 Leixões 18 (1)
2017Shanghai SIPG (Ijara) 14 (3)
2018 Beijing Guoan 18 (2)
2019 Guangzhou Evergrande 51 (25)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Xitoy U-17 15 (7)
2013—2014 Xitoy U-20 12 (5)
2015—2018 Xitoy U-23 23 (8)
2017 Xitoy 19 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 29-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 1-fevral uchun)

Wei Shihao (talaffuzi: Vey Shihao) (1995-yil 8-aprelda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wei Shihao futbolchilik faoliyatini 2005-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U yuqori potentsialli oʻyinchi sifatida koʻrilgan va Bleacher Reportning „Har bir katta klubning kuzatuvida boʻlishi kerak boʻlgan sakkizta oʻsmir“ nomli maqolasida qayd etilgan[1].

2013-yil sentabrida Wei „Shandong“ bilan professional shartnoma imzolashdan bosh tortgan va Segunda Divisaoning „Boavista“ yoshlar akademiyasiga erkin agent sifatida oʻtgan. U 2014-yilning iyun oyida klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan va keyin asosiy jamoaga koʻtarilgan, uning Primeirada ishtirok etish uchun arizasi ijobiy javob olgan. 2014-yil 14-sentabrda Wei klub uchun debyutini „Academica de Coimbra“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 50-daqiqada Christian Pouga oʻrniga maydonga tushgan[2].

2015-yilning 15-iyulida Wei Segunda Liga vakili Feyrensega oʻtgan[3]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 30-avgustida „Sporting Covilha“ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. 2015-yil 31-dekabrda Wei ikkinchi divizion jamoasi Leyxoesga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2016-yilning 27-yanvarida Tasa da Liganing 2015-16-yilgi mavsumida Belenensesga qarshi o‘yinda (4:0) o‘tkazgan. 2017-yilning 25-fevralida Wei klub bilan shartnomasini 2018-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan. 2017-yilgi mavsum uchun Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga ijaraga berilgan. U 2017-yil 7-aprel kuni „Shandong Luneng“ga qarshi o‘yinda (2:1) debyut qilgan va klub uchun birinchi golini kiritgan.

2018-yil 7-yanvarda Wei yuqori divizion vakili Beijing Guoanga oʻtgan. 2019-yilning 2-fevralida Wei "Guangzhou Evergrand" jamoasiga o‘tgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilning 9-dekabr kuni EAFF E-1 futbol chempionatida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazgan va xalqaro miqyosdagi ilk golini kiritgan[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Boavista 2014—2015 Primyera Liga 4 0 0 0 3 0 - 7 0
Feirense 2015—2016 LigaPro 1 0 0 0 0 0 - 1 0
Leixões 3 0 0 0 1 0 - 4 0
2016—2017 15 1 4 1 2 0 - 21 2
Jami 18 1 4 1 3 0 0 0 25 2
Shanghai SIPG (Ijara) 2017 Xitoy Super Ligasi 14 3 6 1 - 1 0 21 4
Beijing Guoan 2018 18 2 4 2 - - 22 4
Guangzhou Evergrande 2019 25 11 3 3 - 9 1 37 15
2020 10 8 0 0 - 4 1 14 9
2021 16 6 0 0 - 0 0 16 6
Jami 51 25 3 3 0 0 13 2 67 30
Karyerada jami 106 31 17 7 6 0 14 2 143 40

Xalqaro statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2017 3 2
2018 5 0
2019 6 0
2020 0 0
2021 3 0
2022 2 0
Jami 19 2

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 9.12.2017 Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya  Janubiy Koreya 1 — 0 2-2 2017-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati
2. 16.12.2017 Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya  Shimoliy Koreya 1 — 0 1-1 2017-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beijing Guoan

  • Xitoy FA kubogi : 2018[5]

Guangzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 8 Teenagers Who Should Be on Every Big Club’s Radar at bleacherreport.com 2013-11-13 Retrieved 2014-09-26
  2. Boavista 1 — 0 Associação Académica de Coimbra at soccerway.com 2014-09-14 Retrieved 2014-09-26
  3. Shiaho Wei é o novo reforço do Feirense at cdfeirense.pt 2015-07-15 Retrieved 2015-07-23
  4. Chinaʼs future star Wei Shihao scores in 2-2 draw against South Korea at South China Morning Post 2017-12-10 Retrieved 2017-12-11
  5. „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (2018-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-avgust.