Wan Houliang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wan Houliang
万厚良
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wan Houliang
Tavallud sanasi 25-fevral 1986-yil (1986-02-25) (38 yosh)
Tavallud joyi Beijing, Xitoy
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Renhe
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2002 Beijing Huaya Feiying
2002—2004 ČSK Čelarevo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2014 Guizhou Renhe 112 (12)
2009Jeonbuk Hyundai (Ijara) 4 (0)
2015—2016 Qingdao Huanghai 56 (2)
2017 Beijing Renhe 66 (3)
Milliy terma jamoa
2008 Xitoy U23 25 (0)
2008—2009 Xitoy 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-dekabr uchun)

Wan Houliang (talaffuzi: Van Xoulyan) (1986-yil 25-fevralda tugʻilgan) — Xitoyning birinchi ligasida Beijing Renhe himoyachisi sifatida oʻynaydigan xitoylik xalqaro futbolchi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wan Houliang oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Beijing Huaya Feiyingning yoshlar jamoasida oʻynab va Serbiyada futbol boʻyicha mashgʻulotlariga qatnashib boshlagan va u yerda uchinchi toifadagi FK ČSK Chelarevoning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan[1]. 2004-yilda Wan Xitoyga qaytib kelgan va yuqori divizion vakili Shanghai COSCO Sanlin bilan shartnoma imzolagan. 2005-yil 24-aprelda u Xitoy Superligasidagi ilk professional o‘yinini Shanghai derbisida Shanghaining „Inter“ jamoasi „Shanghai Shenhua“ga qarshi o‘ynagan va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan[2]. Magʻlubiyatga qaramay, Wan Cheng Yaodong qoʻl ostida jamoada oʻsib borayotgan yulduzga aylangan va hatto 2005-yil 11-sentyabrda Beijing Guoanga qarshi oʻyinda dubl qayt etgan[3].

2009-yilning 13-iyulida Wan K-liga klubi Jeonbuk Hyundai Motorsga 2009-yilning ikkinchi yarmi uchun ijaraga oʻtishi maʼlum boʻlgan. 2009-yilning 26-iyulida Wan Houliang „Ulsan Hyundai Horang-i“ga qarshi bahsda Jeonbuk safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. 2009-yil 7-oktyabrda u Koreya FA kubogi yarim finalida Suvon Samsung Blyuvingsga qarshi oʻyinda avtogol muallifiga aylangan. Wan klubdagi faoliyati davomida jamoa rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsata olmagan boʻlsa-da, ularga ligada gʻalaba qozonishda yordam bergan.

Wan 2010-yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik uchun Shaanxiga qaytgan. 3-mart kuni u „Hangzhou Greentown“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oyogʻini sindirib olgan va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan[4]. 2015-yilning 13-fevralida Wan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Qingdao Hainiu“ga o‘tgan[5].

2017-yilning yanvarida Wan Xitoyning Birinchi ligas jamoasi Beijing Renhega qaytgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan va u yerda ikkita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan[6]. Wan Houliang 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxiradan maydonga tushib terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Guizhou Renhe 2005 Xitoy Super Ligasi 18 1 3 0 1 0 - 22 1
2006 11 0 3 0 - - 14 0
2007 22 3 - - - 22 3
2008 19 1 - - - 19 1
2009 14 2 - - - 14 2
2010 0 0 - - - 0 0
2011 19 4 2 0 - - 21 4
2012 0 0 0 0 - - 0 0
2013 6 1 0 0 - 0 0 6 1
2014 3 0 0 0 - 3 0 6 0
Jami 112 12 8 0 1 0 3 0 124 12
Jeonbuk Hyundai Motors (Ijara) 2009 K-Liga 4 0 1 0 0 0 - 5 0
Qingdao Hainiu 2015 Xitoy Birinchi Ligasi 28 0 0 0 - - 28 0
2016 28 2 0 0 - - 28 2
Jami 56 2 0 0 0 0 0 0 56 2
Beijing Renhe 2017 Xitoy Birinchi Ligasi 22 2 0 0 - - 22 2
2018 Xitoy Super Ligasi 27 1 2 0 - - 29 1
2019 17 0 0 0 - - 17 0
Jami 66 3 2 0 0 0 0 0 68 3
Karyerada jami 238 17 11 0 1 0 3 0 253 17

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeonbuk Hyundai

  • K-liga : 2009-yil

Guizhou Renhe

  • Xitoy FA kubogi : 2013[8]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „http://data.sports.163.com/athlete/home/0005000E0HGW.html“ (zh). data.sports.163.com. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  2. „http://sports.sohu.com/20050424/n225318509.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2005-yil 24-aprel). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  3. „http://sports.sohu.com/20050911/n226929054.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2005-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  4. „http://sports.sohu.com/20100304/n270563853.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  5. 青岛海牛宣布签贵州大将 前国奥后防铁闸加盟 at sports.163.com 2015-02-13 Retrieved 2014-02-13
  6. „Wan Houliang“. sports-reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  7. „http://teamchina.sports.sohu.com/20081219/n261322135.shtml“ (zh). teamchina.sports.sohu.com (2008-yil 19-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  8. „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (2013-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.