Walter Ayoví

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Walter Orlando Ayoví Corozo (talaffuzi: Valter Orlando Iovi Karoso; 1979-yil 11-avgustda Ekvadorning Kamarones shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi va yarim himoyachi. U Ekvador terma jamoasida oʻynagan. 2002—2014-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Walter Ayoví
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Walter Orlando Ayoví Corozo
Tavallud sanasi 11-avgust 1979-yil (1979-08-11) (44 yosh)
Tavallud joyi Esmeraldas, Ekvador
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Monterrey Flash
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Rocafuerte
Emelec
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Emelec 87 (8)
2003—2005 Barcelona SC 102 (17)
2004—2005 → Al Wasl (ijara) 14 (7)
2006—2008 El Nacional 94 (12)
2009—2013 Monterrey 174 (13)
2013—2015 Pachuca 73 (4)
2015 Sinaloa 14 (1)
2016—2017 Monterrey 39 (1)
2017—2018 Guayaquil City 36 (2)
2022— Monterrey Flash 0 (0)
Milliy terma jamoa
2001—2017 Ekvador 121 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walter Ayoví „Emelec“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2000-yilda u Ekvador A seriyasida klub safida debyut qilgan va darhol jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Jamoa tarkibida u 2001—2002-yillarda ikki marta Ekvador chempionligini qoʻlga kiritgan. Walter Ayoví oʻz oʻyini bilan Yevropa klublari eʼtiborini tortgan, xususan, yarim himoyachiga Germaniyaning „Armenia“ va „Mainz 05“ futbol klublari qiziqish bildirishgan.

2003-yilda Walter Ayoví mahalliy „Barcelona“ futbol klubiga oʻtgan, ammo yangi jamoa bilan unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. 2005- yilda Walter Ayoví „El Nacional“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va u bilan oʻsha yili uchinchi marta Ekvador chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil 7-iyulda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Walter Ayoví Ekvador terma jamoasida debyut qilgan. Oʻsha yili Walter Ayoví Amerika kubogida ishtirok etgan. 2002-yilda u milliy terma jamoaning Jahon chempionatiga yoʻl oladigan tarkibiga kiritilgan. U turnirga zaxira oʻyinchisi sifatida olib ketilgan va birorta oʻyinda qatnashmagan. Walter Ayoví 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun ham muntazam ravishda milliy terma jamoaga chaqirilgan, ammo jamoaning yakuniy tarkibiga kiritilmagan.

2007-yil 6-iyunda Amerika kubogiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Kolumbiyaga qarshi bahsda Walter Ayoví debyut golini kiritgan. Turnirning oʻzida u Meksika va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.

Walter Ayoví 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi asosiy figuralardan biri edi.

2011-yilda u Amerika kubogida ishtirok etgan[1][2]. Turnirda Iovi Braziliya, Paragvay va Venesuela bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[3].

2014-yilda Walter Ayoví terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritilgan edi[4][5]. Turnirda u Shveytsariya, Gonduras va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6].

2015-yilning yozida Walter Ayoví Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda u Chili, Boliviya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9].

2016-yilda Walter Ayoví beshinchi marta AQShda oʻtkazilgan Amerika kubogida ishtirok etgan[10][11]. Turnirda u Braziliya, Peru, Gaiti va AQSH jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13].


Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Emelec Ekvador bayrogʻi Ekvador 2000—2002
Barcelona 2003—2004
Al-Wasl BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2004—2005
Barcelona Ekvador bayrogʻi Ekvador 2005
El Nacional 2006—2008
Monterrey Meksika bayrogʻi Meksika 2009—2013
Pachuca 2013—2015
Dorados 2015
Monterrey 2016—2017
Guayaquil City FC Ekvador bayrogʻi Ekvador 2017—2018
Real Acuña Meksika bayrogʻi Meksika 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бразилия VS. Эквадор 4:2“. soccerway.com (14 июля 2011). Qaraldi: 11-iyun 2013-yil.
  2. „Парагвай VS. Эквадор 0:0“. soccerway.com (3 июля 2011). Qaraldi: 11-iyun 2013-yil.
  3. „Венесуэла VS. Эквадор 0:3“. soccerway.com (9 июля 2011). Qaraldi: 11-iyun 2013-yil.
  4. „Honduras 1-2 Ecuador“. BBC (21-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  5. „Switzerland 2-1 Ecuador“. BBC Sport (15-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  6. „Эквадор VS. Франция 0:0“ (ru). soccerway.com (26-iyun 2014-yil). 4-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  7. „Чили VS. Эквадор 2:0“ (ru). soccerway.com (12-iyun 2015-yil). 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  8. „Мексика VS. Эквадор 1:2“ (ru). soccerway.com (19-iyun 2015-yil). 27-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  9. „Эквадор VS. Боливия 2:3“ (ru). soccerway.com (15-iyun 2015-yil). 22-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  10. „Эквадор VS. Гаити 4:0“ (ru). soccerway.com (13-iyun 2016-yil). 18-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  11. „Эквадор VS. Перу 2:2“ (ru). soccerway.com (9-iyun 2016-yil). 7-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  12. „Бразилия VS. Эквадор 0:0“ (ru). soccerway.com (5-iyun 2016-yil). 29-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  13. „США VS. Эквадор 2:1“ (ru). soccerway.com (17-iyun 2016-yil). 18-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.