Walter Abbott

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Walter Abbott
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Walter Abbott
Tavallud sanasi 7-dekabr 1877-yil
Tavallud joyi Birmingham, Angliya
Vafot sanasi 1-fevral 1941-yil(1941-02-01)
(63 yoshda)
Vafot joyi Birmingham, Angliya
Boʻyi 5 ft 9 12 in (1.77 m)
Ampluasi Himoyachi

Walter Abbott (talaffuzi: Uolter Ebbot)(1877-yil 7-dekabr – 1941-yil 1-fevral) ingliz futbolchisi. Abbot Angliyaning Smoll Hit (keyinchalik Birmingem va keyin Birmingem City deb nomlangan), Everton va Bernli[1] klublarida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birmingemlik boʻlgan Abbott mahalliy „Smoll Hit“ klubi oʻyinchisi boʻlgunga qadar Rouzvud Viktoriya jamoasida futbol oʻynashni boshlagan. U chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan va klub uchun 85 oʻyinda maydonga tushib 66 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 1898—1999-yilgi mavsumda u 42 ta gol urib, ikkinchi divizionda 33 ta gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

1899-yil iyun oyida u Liverpoolning „Everton“ klubiga oʻtgan. U yerda Abbot qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. U 1908-yilgacha „Toffees“ safida oʻynagan, jami 291 ta oʻyin oʻtkazib, 37 ta gol urgan. U jamoaga chempionatning ikki sovrini, shuningdek, ikki marta Angliya kubogi finalida ishtirok etishiga yordam bergan. 1906-yil finalida gʻalaba qozongan[1].

1908-yil may oyida u Ikkinchi divizion klubi „Byernli“ ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 1908-yilning 1-sentyabrida Turf Moorda Chesterfildga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U chap yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Abbot klub safida jami 65 ta oʻyin oʻtkazgan[2].

1910-yilda Abbot Smoll Hit (birmingem deb oʻzgartirilgan) jamoasiga qaytgan, ammo olgan jarohati tufayli futbolni tark etishidan oldin jamoa uchun faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan[1].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1902-yilning 3-martida Abbot Angliya terma jamoasi safidagi ilk va yagona oʻyinini oʻtkazgan[3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton

Shaxsiy yutuqlari

  • Ikkinchi divizion toʻpurari: 1898—1899 (33 gol)[1]

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Birmingemdagi avtomobil dvigatellari zavodida ishlagan[1].

U 1941-yilda Birmingemda 63 yoshida vafot etgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Walter Abbott“ (en). England Football Online. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. The Clarets Chronicles: The Definitive History of Burnley Football Club, 2007. 
  3. „Walter Abbott“ (en). Englandstats. 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  4. Birmingham City: A Complete Record, 1995.