Vágner Love
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vágner Silva de Souza | ||
Tavallud sanasi | 11-iyun 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Rio de Janeiro, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in)[1] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sport Recife | ||
Raqami | 99 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2003 | Palmeiras | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2004 | Palmeiras | 42 | (27) |
2004—2011 | CSKA Moscow | 158 | (79) |
2009 | → Palmeiras (ijara) | 12 | (5) |
2010 | → Flamengo (ijara) | 19 | (19) |
2012—2013 | Flamengo | 45 | (19) |
2013 | CSKA Moscow | 14 | (6) |
2013—2015 | Shandong Luneng | 31 | (19) |
2015 | Corinthians | 45 | (16) |
2016 | Monaco | 12 | (4) |
2016—2018 | Alanyaspor | 44 | (34) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2003 | Braziliya U20 | 6 | (4) |
2004—2007 | Braziliya | 20 | (4) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-oktabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-sentabr 2015-yil uchun) |
Vágner Love (haqiqiy ismi Vágner Silva de Souza; talaffuzi: Vagner Silva di Souza) — 1984-yil 11-iyunda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Sport Recife“ klubida hujumchi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda Vágner Love 6,2 million yevro evaziga Moskvaning „CSKA“ klubi tomonidan sotib olingan[2]. „Armiya“ klubi braziliyalik futbolchini argentinalik Fernando Kavenagidan koʻra afzal koʻrgan, uning maoshi klubning qolgan oʻyinchilarining daromadidan 2,5 baravar koʻp boʻlgan[3]. Vágner Lovening „CSKA“ tarkibidagi debyut oʻyini 4-avgust kuni Bokuning „Neftchi“ klubi bilan Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi oʻyini boʻld. Bu oʻyinda 46-daqiqada maydonga tushib, 72-daqiqada gol urgan[4]. 14-avgust kuni u Rossiya chempionatida „CSKA“ safida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 5 oydan soʻng u jamoani tark etib, „Corinthians“ga oʻtishi mumkin edi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmagan[5].
Palmeiras
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 28-avgustda hujumchi oilaviy sabablarga koʻra va terma jamoada oʻynash istagi tufayli Braziliyaning „Palmeiras“ klubiga ijaraga oʻtgan[6][7][8][9].
2010-yilning 15-yanvarida Vágner Love 10-iyulgacha Braziliyaning „Flamengo“ klubiga ijaraga berilgan[10][11]. Shu kunning oʻzidayoq u klub stadionida muxlislar bilan tanishtirilgan va 9-raqamli futbolkani olgan[12]. 24-yanvar kuni Rio-de-Janeyro shtat chempionatida klub safidagi ilk oʻyinida Vágner Love „Bangu“ klubi darvozasiga ikkita gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi[13]. Ijara muddati tugagach, Vágner Love Moskvaning „CSKA“ klubi rahbariyatidan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni soʻragan, ammo rad javobi berilgan.
Kairat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning 8-iyulida Vágner Love „Kairat“ga tekin transfer evaziga qoʻshilgan va yangi jamoa bilan olti oylik shartnoma imzolagan[14][15]. 18-avgust kuni u debyut uchrashuvida golli uzatmani amalga oshirgan[16]. 27-avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida armanistonlik „Nuh“ klubiga qarshi oʻyinda (4:1) ikkita gol urgan[17]. 30-avgust kuni QPL doirasidagi „Ordabasi“ bilan oʻyinda (3:1.) dubl qayd etgan[18]. 6-noyabr kuni shartnoma yana bir yilga uzaytirilgani eʼlon qilingan[19][20].
Vágner Love 2004-yilda Peruda Amerika Kubogida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi futbolchisi edi, ammo u jamoani Carlos Alberto Parreira boshqargan paytda deyarli oʻynamagan. Parreira ketganidan keyin terma jamoani Carlos Dunga boshqarganida, Vágner Love va uning „CSKA“dagi jamoadoshlari Daniel Karvalyu va Dudu Cearenselar jamoaga chaqirilgan. Milliy terma jamoadagi toʻrtinchi oʻyinida „Uels“ga qarshi oʻyinda Vágner Love oʻzining birinchi golini urgan. Vágner Love 2007-yilgi mavsumni „CSKA“ bilan ajoyib boshlaganidan soʻng „Dunga“ jamoasiga qoʻshilgan, u 2007-yilgi Amerika kubogida Braziliyaning har bir oʻyinida maydonga tushgan, biroq faqat bir marta gol urgan. 2007-yil 15-iyulda Vágner Love ushbu nufuzli turnirning finalida oʻynagan va Daniel Alvesga golli uzatmani amalga oshirgan, natijada Braziliya oʻsha uchrashuvda Argentinani 3:0 hisobida magʻlub etgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Mamlakat chempionati | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
S. E. Palmeiras Braziliya | |||||||||||
2002 | 2 | 0 | - | - | - | - | - | - | 2 | 0 | |
2003 | 11 | 10 | 19 | 8 | 1 | 0 | - | - | 31 | 20 | |
2004 | 11 | 8 | 1 | 1 | 7 | 6 | - | - | 19 | 15 | |
2009 | 12 | 5 | - | - | - | - | - | - | 12 | 5 | |
Jami | 36 | 23 | 20 | 9 | 8 | 6 | 0 | 0 | 64 | 40 | |
P. F. C. CSKA Moscú Rossiya | |||||||||||
2004 | 12 | 9 | - | - | - | - | 9 | 4 | 21 | 13 | |
2005 | 21 | 7 | - | - | 7 | 0 | 15 | 7 | 43 | 14 | |
2006 | 23 | 9 | - | - | 8 | 4 | 7 | 2 | 38 | 15 | |
2007 | 23 | 13 | - | - | 2 | 1 | 3 | 3 | 28 | 17 | |
2008 | 26 | 20 | - | - | 1 | 1 | 6 | 8 | 33 | 29 | |
2009 | 13 | 3 | - | - | 4 | 1 | 4 | 3 | 21 | 7 | |
2010 | 14 | 9 | - | - | - | - | 5 | 2 | 19 | 11 | |
2011-2012 | 25 | 9 | - | - | 6 | 1 | 9 | 1 | 40 | 11 | |
2012-2013 | 9 | 5 | - | - | 3 | 1 | - | - | 12 | 6 | |
2013-2014 | 2 | 1 | - | - | 1 | 0 | - | - | 3 | 1 | |
Jami | 168 | 85 | 0 | 0 | 32 | 8 | 58 | 30 | 258 | 123 | |
C. R. Flamengo Braziliya | |||||||||||
2010 | 5 | 4 | 15 | 15 | - | - | 10 | 4 | 30 | 23 | |
2012 | 36 | 13 | 10 | 9 | - | - | 5 | 2 | 51 | 24 | |
Jami | 41 | 17 | 25 | 24 | 0 | 0 | 15 | 6 | 81 | 47 | |
Shandong Luneng Taishan Xitoy | |||||||||||
2013 | 10 | 6 | - | - | - | - | - | - | 10 | 6 | |
2014 | 21 | 13 | - | - | 7 | 4 | 5 | 5 | 33 | 22 | |
Jami | 31 | 19 | 0 | 0 | 7 | 4 | 5 | 5 | 43 | 28 | |
S. C. Corinthians Braziliya | |||||||||||
2015 | 31 | 14 | 14 | 2 | 2 | 0 | 3 | 0 | 50 | 16 | |
2019 | 28 | 5 | 13 | 1 | 8 | 1 | 10 | 4 | 59 | 11 | |
2020 | - | - | 6 | 1 | - | - | 1 | 0 | 7 | 1 | |
Jami | 59 | 19 | 33 | 4 | 10 | 1 | 14 | 4 | 116 | 29 | |
A. S. Monaco Fransiya | |||||||||||
2015-2016 | 12 | 4 | - | - | 1 | 0 | - | - | 13 | 4 | |
Jami | 12 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 13 | 4 | |
Alanyaspor Turkiya | |||||||||||
2016-2017 | 28 | 23 | - | - | - | - | - | - | 28 | 23 | |
Jami | 28 | 23 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 28 | 23 | |
Beşiktaş J. K. Turkiya | |||||||||||
2017-2018 | 24 | 13 | - | - | 3 | 1 | 2 | 1 | 29 | 17 | |
2018-2019 | 8 | 3 | - | - | - | - | 8 | 4 | 16 | 7 | |
Jami | 32 | 16 | 0 | 0 | 3 | 1 | 10 | 5 | 45 | 24 | |
Umumiy faoliyatida | 407 | 206 | 78 | 37 | 61 | 20 | 102 | 50 | 648 | 313 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „首页 - 山东鲁能泰山足球俱乐部官方网站“. 12-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Profil na transfermarkt.de“. 17-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Цска интересовался аргентинцем, но предпочел ему бразильца Вагнера“. 21-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
- ↑ „http://www.sport-express.ru/newspaper/2004-08-05/2_1/“.
- ↑ „Вагнер Лав: «Мне сказали: давай соберем пресс-конференцию, ты скажешь, что не адаптировался в России и хочешь вернуться в Бразилию»“. 4-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.
- ↑ „Vagner Lav: xochu vernutsya v Braziliyu“. 29-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Tesheyra: jelaniya Vagnera i TsSKA ne sovpadayut“. 26-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „„Palmeyras“ obʼyavil o podpisanii Vagnera Lava“. 31-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Aksyonov: Vagner pokinul TsSKA iz-za problem s semyoy“. 31-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Vagner Lav pereshyol iz „Palmeyrasa“ vo „Flamengo““. 18-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „http://www.bobsoccer.ru/user/11/blog/?item=2050“.
- ↑ „Vagner Lav predstavlen v kachestve igroka „Flamengo““. 19-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Vagner Lav sdelal dubl v debyutnom matche za „Flamengo““. 27-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Официально: Вагнер Лав игрок «Кайрата»“. www.fckairat.kz. 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
- ↑ Григорий Каленов. „Вагнер Лав официально стал игроком «Кайрата»“ (ruscha). www.championat.com. 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
- ↑ Михаил Рождественский. „Вагнер Лав сделал голевой пас в дебютном матче за «Кайрат»“ (ruscha). www.championat.com. 20-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
- ↑ Алексей Ласнов. „Дубль Вагнера Лава принёс «Кайрату» победу в матче квалификации Лиги Европы“ (ruscha). www.championat.com. 27-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
- ↑ Диана Валавичюте. „Дубль Вагнера Лава помог «Кайрату» на выезде обыграть «Ордабасы»“ (ruscha). www.championat.com. 30-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ Григорий Телигантер. „«Кайрат» предложил Вагнеру Лаву продлить контракт“ (ruscha). www.championat.com. 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Вагнер Лав официально продлил контракт с «Кайратом». Стали известны условия https://www.sports.kz/news/vagner-lav-ofitsialno-prodlil-kontrakt-s-kayratom-stali-izvestnyi-usloviya“. 13-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2020-yil.