Vágner Love

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vágner Love
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vágner Silva de Souza
Tavallud sanasi 11-iyun 1984-yil (1984-06-11) (39 yosh)
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Braziliya
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)[1]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sport Recife
Raqami 99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2003 Palmeiras
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Palmeiras 42 (27)
2004—2011 CSKA Moscow 158 (79)
2009 → Palmeiras (ijara) 12 (5)
2010 → Flamengo (ijara) 19 (19)
2012—2013 Flamengo 45 (19)
2013 CSKA Moscow 14 (6)
2013—2015 Shandong Luneng 31 (19)
2015 Corinthians 45 (16)
2016 Monaco 12 (4)
2016—2018 Alanyaspor 44 (34)
Milliy terma jamoa
2003 Braziliya U20 6 (4)
2004—2007 Braziliya 20 (4)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-sentabr 2015-yil uchun)

Vágner Love (haqiqiy ismi Vágner Silva de Souza; talaffuzi: Vagner Silva di Souza) — 1984-yil 11-iyunda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Sport Recife“ klubida hujumchi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Vágner Love 6,2 million yevro evaziga Moskvaning „CSKA“ klubi tomonidan sotib olingan[2]. „Armiya“ klubi braziliyalik futbolchini argentinalik Fernando Kavenagidan koʻra afzal koʻrgan, uning maoshi klubning qolgan oʻyinchilarining daromadidan 2,5 baravar koʻp boʻlgan[3]. Vágner Lovening „CSKA“ tarkibidagi debyut oʻyini 4-avgust kuni Bokuning „Neftchi“ klubi bilan Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi oʻyini boʻld. Bu oʻyinda 46-daqiqada maydonga tushib, 72-daqiqada gol urgan[4]. 14-avgust kuni u Rossiya chempionatida „CSKA“ safida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 5 oydan soʻng u jamoani tark etib, „Corinthians“ga oʻtishi mumkin edi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmagan[5].

Palmeiras[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 28-avgustda hujumchi oilaviy sabablarga koʻra va terma jamoada oʻynash istagi tufayli Braziliyaning „Palmeiras“ klubiga ijaraga oʻtgan[6][7][8][9].

2010-yilning 15-yanvarida Vágner Love 10-iyulgacha Braziliyaning „Flamengo“ klubiga ijaraga berilgan[10][11]. Shu kunning oʻzidayoq u klub stadionida muxlislar bilan tanishtirilgan va 9-raqamli futbolkani olgan[12]. 24-yanvar kuni Rio-de-Janeyro shtat chempionatida klub safidagi ilk oʻyinida Vágner Love „Bangu“ klubi darvozasiga ikkita gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi[13]. Ijara muddati tugagach, Vágner Love Moskvaning „CSKA“ klubi rahbariyatidan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni soʻragan, ammo rad javobi berilgan.

Kairat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 8-iyulida Vágner Love „Kairat“ga tekin transfer evaziga qoʻshilgan va yangi jamoa bilan olti oylik shartnoma imzolagan[14][15]. 18-avgust kuni u debyut uchrashuvida golli uzatmani amalga oshirgan[16]. 27-avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida armanistonlik „Nuh“ klubiga qarshi oʻyinda (4:1) ikkita gol urgan[17]. 30-avgust kuni QPL doirasidagi „Ordabasi“ bilan oʻyinda (3:1.) dubl qayd etgan[18]. 6-noyabr kuni shartnoma yana bir yilga uzaytirilgani eʼlon qilingan[19][20].

Vágner Love 2004-yilda Peruda Amerika Kubogida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi futbolchisi edi, ammo u jamoani Carlos Alberto Parreira boshqargan paytda deyarli oʻynamagan. Parreira ketganidan keyin terma jamoani Carlos Dunga boshqarganida, Vágner Love va uning „CSKA“dagi jamoadoshlari Daniel Karvalyu va Dudu Cearenselar jamoaga chaqirilgan. Milliy terma jamoadagi toʻrtinchi oʻyinida „Uels“ga qarshi oʻyinda Vágner Love oʻzining birinchi golini urgan. Vágner Love 2007-yilgi mavsumni „CSKA“ bilan ajoyib boshlaganidan soʻng „Dunga“ jamoasiga qoʻshilgan, u 2007-yilgi Amerika kubogida Braziliyaning har bir oʻyinida maydonga tushgan, biroq faqat bir marta gol urgan. 2007-yil 15-iyulda Vágner Love ushbu nufuzli turnirning finalida oʻynagan va Daniel Alvesga golli uzatmani amalga oshirgan, natijada Braziliya oʻsha uchrashuvda Argentinani 3:0 hisobida magʻlub etgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Mamlakat chempionati Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. E. PalmeirasBraziliya bayrogʻi Braziliya
2002 2 0 - - - - - - 2 0
2003 11 10 19 8 1 0 - - 31 20
2004 11 8 1 1 7 6 - - 19 15
2009 12 5 - - - - - - 12 5
Jami 36 23 20 9 8 6 0 0 64 40
P. F. C. CSKA MoscúRossiya bayrogʻi Rossiya
2004 12 9 - - - - 9 4 21 13
2005 21 7 - - 7 0 15 7 43 14
2006 23 9 - - 8 4 7 2 38 15
2007 23 13 - - 2 1 3 3 28 17
2008 26 20 - - 1 1 6 8 33 29
2009 13 3 - - 4 1 4 3 21 7
2010 14 9 - - - - 5 2 19 11
2011-2012 25 9 - - 6 1 9 1 40 11
2012-2013 9 5 - - 3 1 - - 12 6
2013-2014 2 1 - - 1 0 - - 3 1
Jami 168 85 0 0 32 8 58 30 258 123
C. R. FlamengoBraziliya bayrogʻi Braziliya
2010 5 4 15 15 - - 10 4 30 23
2012 36 13 10 9 - - 5 2 51 24
Jami 41 17 25 24 0 0 15 6 81 47
Shandong Luneng TaishanXitoy bayrogʻi Xitoy
2013 10 6 - - - - - - 10 6
2014 21 13 - - 7 4 5 5 33 22
Jami 31 19 0 0 7 4 5 5 43 28
S. C. CorinthiansBraziliya bayrogʻi Braziliya
2015 31 14 14 2 2 0 3 0 50 16
2019 28 5 13 1 8 1 10 4 59 11
2020 - - 6 1 - - 1 0 7 1
Jami 59 19 33 4 10 1 14 4 116 29
A. S. MonacoFransiya bayrogʻi Fransiya
2015-2016 12 4 - - 1 0 - - 13 4
Jami 12 4 0 0 1 0 0 0 13 4
AlanyasporTurkiya bayrogʻi Turkiya
2016-2017 28 23 - - - - - - 28 23
Jami 28 23 0 0 0 0 0 0 28 23
Beşiktaş J. K.Turkiya bayrogʻi Turkiya
2017-2018 24 13 - - 3 1 2 1 29 17
2018-2019 8 3 - - - - 8 4 16 7
Jami 32 16 0 0 3 1 10 5 45 24
Umumiy faoliyatida 407 206 78 37 61 20 102 50 648 313

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „首页 - 山东鲁能泰山足球俱乐部官方网站“. 12-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2014-yil.
  2. „Profil na transfermarkt.de“. 17-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  3. „Цска интересовался аргентинцем, но предпочел ему бразильца Вагнера“. 21-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
  4. „http://www.sport-express.ru/newspaper/2004-08-05/2_1/“.
  5. „Вагнер Лав: «Мне сказали: давай соберем пресс-конференцию, ты скажешь, что не адаптировался в России и хочешь вернуться в Бразилию»“. 4-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.
  6. „Vagner Lav: xochu vernutsya v Braziliyu“. 29-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  7. „Tesheyra: jelaniya Vagnera i TsSKA ne sovpadayut“. 26-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  8. „„Palmeyras“ obʼyavil o podpisanii Vagnera Lava“. 31-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  9. „Aksyonov: Vagner pokinul TsSKA iz-za problem s semyoy“. 31-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  10. „Vagner Lav pereshyol iz „Palmeyrasa“ vo „Flamengo““. 18-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  11. „http://www.bobsoccer.ru/user/11/blog/?item=2050“.
  12. „Vagner Lav predstavlen v kachestve igroka „Flamengo““. 19-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  13. „Vagner Lav sdelal dubl v debyutnom matche za „Flamengo““. 27-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  14. „Официально: Вагнер Лав игрок «Кайрата»“. www.fckairat.kz. 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
  15. Григорий Каленов. „Вагнер Лав официально стал игроком «Кайрата»“ (ruscha). www.championat.com. 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
  16. Михаил Рождественский. „Вагнер Лав сделал голевой пас в дебютном матче за «Кайрат»“ (ruscha). www.championat.com. 20-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  17. Алексей Ласнов. „Дубль Вагнера Лава принёс «Кайрату» победу в матче квалификации Лиги Европы“ (ruscha). www.championat.com. 27-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  18. Диана Валавичюте. „Дубль Вагнера Лава помог «Кайрату» на выезде обыграть «Ордабасы»“ (ruscha). www.championat.com. 30-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  19. Григорий Телигантер. „«Кайрат» предложил Вагнеру Лаву продлить контракт“ (ruscha). www.championat.com. 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
  20. „Вагнер Лав официально продлил контракт с «Кайратом». Стали известны условия https://www.sports.kz/news/vagner-lav-ofitsialno-prodlil-kontrakt-s-kayratom-stali-izvestnyi-usloviya“. 13-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2020-yil.