Vyetnam muzli qahvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

vyetnamcha: cà phê đá Vyetnam muzli qahvasi (Vyetnamcha tom maʼnoda „muzli qahva“) anʼanaviy Vyetnam kofe retseptidir.

Qisqa qilib aytganda, cà phê đá oʻrta maydalangan, quyuq qovurilgan qahvadan kichik metall tomchi filtri (phin cà phê) yordamida tayyorlanadi. Issiq suv qoʻshilgandan soʻng, tomchilatib yuboriladigan filtr issiq qahva tomchilarini sekin stakanga chiqarrib beradi. Bu tayyor issiq kofe tezda muz bilan toʻldirilgan stakanga quyiladi va tayyor Vyetnam muzli qahvasini chiqarib beradi.

Variantlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cà phê sữa nóng, issiq qahva

Variantlar- muz, shakar yoki quyultirilgan sut qoʻshilishi bilan farqlanadi. Mashhur qahva varianti — cà phê sữa đá (yoki shimolda nâu đá) boʻlib, u shakarlangan quyultirilgan sut bilan taqdim qilinadigan muzli qahva hisoblanadi. Bu usulda tomchilab filtrlash jarayonidan oldin stakanga 2-3 choy qoshiq yoki undan koʻp quyultirilgan sut qoʻyish orqali amalga oshiriladi. [1] Boshqa oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi:

  • Đen đá : Muzli qora qahva.
  • Đen nóng: issiq qora qahva.
  • Cà phê sữa nóng yoki nâu nóng : quyultirilgan sutli issiq qahva.
  • Bạc xỉu : Makiatoga oʻxshash bir oz kofe qoʻshilgan issiq yoki muzli sut. Saygonda mashhur.

Vyetnam tuxumli kofesi yoki cà phê trứng — bu Xanoydan olingan variant boʻlib, u qaynatilgan qahva, tovuq tuxumi sarigʻi va quyultirilgan sut yordamida tayyorlanadi. Tiramisu va tuxumli qahva oʻxshash taʼm va tuzilishga ega. Tuzli qaymoqli qahva Huế ning yana bir varianti sanaladi. Boshqa zamonaviy variantlar avakado qahvasi va hindiston yongʻogʻi qahvasi kabi yangi ingredientlarni oʻz ichiga oladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kofe Vyetnamga 1857-yilda fransuz katolik ruhoniysi tomonidan Coffea arabica daraxti shaklida kiritilgan. [2] Ichimlik mintaqaviy oʻzgarishlar bilan qabul qilindi. Yangi sutning mavjud emasligi hamda sut chorvachilik sanoati hali boshlangʻich bosqichida boʻlganligi sababli, [3] fransuzlar va vyetnamliklar quyuq qovurilgan qahva bilan shirin quyultirilgan sutdan foydalanishni boshladilar.

Vyetnam Đổi Mới islohotlari va urushdan keyingi iqtisodiyotning ochilishigacha qahvaning asosiy eksportchisiga aylanmadi. Hozirda markaziy togʻlarda koʻplab qahva fermalari mavjud. Vyetnam hozirda Robusta kofe navining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va dunyo boʻylab ikkinchi yirik qahva ishlab chiqaruvchi davlat hisoblanadi. [4]

Shuningdek qarang:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tuxumli qahva
  • Kuba espresso, shunga oʻxshash shirin qahva.
  • Hind filtrli qahva, xuddi shunday ishlab chiqarilgan (metall filtrdan tomiziladigan) qahva.
  • Kofe ichimliklar roʻyxati

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Saigon looks beyond its signature milk coffee“, Calvin Godfrey, Nov 23, 2016, VN Express
  2. „The Story Of Coffee - Ho Chi Minh City, Vietnam“. Atexpats. [sayt ishlamaydi]
  3. „Ca Phe Sua Da - Ho Chi Minh City, Vietnam“. Atexpats. [sayt ishlamaydi]
  4. „World coffee exports“. dx.doi.org (2009-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.

Havolalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]