Xyue
Qiyofa
Xyue, Gue — Vyetnamdagi shahar. Janubiy Xitoy dengizi sohili yaqinida. Binchitxyen provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 260,5 ming kishi (1990-yillar boshlari). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Sholi oqlash, taxta tilish, toʻqimachilik korxonalari bor. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga mil. av. 3-asrda (Nyatnam nomi bilan) asos solingan. 1471-yildan Vyetnam davlati tarkibida. 1804-yildan X. nomi bilan Vyetnam poytaxti. 1884-yilda fransuz protektorata oʻrnatilgan vaqtda ham Vyetnam imperatorlari qarorgohi boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |