Volkan Demirel
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Volkan Demirel | ||
Tavallud sanasi | 27-oktyabr 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Istanbul, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2000 | Kartalspor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2002 | Kartalspor | 51 | (0) |
2002—2019 | Fenerbahçe | 396 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2001 | Turkiya U20 | 5 | (0) |
2001—2003 | Turkiya U21 | 17 | (0) |
2004—2014 | Turkiya | 63 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2019—2021 | Fenerbahçe (Yordamchi) | ||
2021—2022 | Fatih Karagümrük | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Volkan Demirel (1981-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik murabbiy, ekspert va sobiq professional futbolchi. U oxirgi marta Turkiyaning „Fotih Karagümruk“ klubini boshqargan. Koʻp yillar davomida u Fenerbahche va Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. Demirel 2010-yil 21-sentyabrda Belgiya goʻzali 2009 Zeynep Sever bilan oila qurgan[1][2].
Klub faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demirel Istanbulning Fotih shahrida tugʻilgan. U 1999-yilda 18 yoshida „Kartalspor“ safiga kelib qoʻshilgan va keyingi yili asosiy darvozabonga aylangan. Demirel keyingi ikki mavsumda 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 2002-yilgi mavsum boshida „Fenerbaxche“ga oʻtgan.
Dastlab Rüştü Rechber va Rejep Bilerga zahira darvozaboni boʻlgan Demirel 2003-yil 26-aprelda klubdagi debyutini oʻtkazgan. Rechberning „Barselona“ga oʻtganidan soʻng, Demirel ligada 19 ta oʻyinda qatnashgan. Shuningdek, u Turkiya kubogining uchta oʻyinida maydonga tushgan va Fenerbahche bilan 2003\04-yilgi mavsumda Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan.
Mavsumdan keyin Demirel yana Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan, ammo mavsum boshida Rüştü Rechber klubga qaytganidan soʻng Demirel zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan. Demirel 2005\06-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabon boʻlgan, ammo mavsumning yarmida zaxirada oʻtirgan. Demirel keyingi mavsumda 25 liga oʻyinida maydonga tushgan, qolganlarida esa Kulbilge oʻynagan[3]. Demirel 2007\08-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan keyingi bosqichiga chiqgan „Fenerbahche“ jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. 1/8 finalda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda Demirel bir nechta xatoga yoʻl qoʻygan va ikkita gol oʻtkazib yuborgan. Biroq u penaltilar seriyasida uchta penaltini qaytarib, klub tarixida birinchi marta chorak finalga chiqishga yordam bergan. Keyingi bosqichda „Fenerbaxche“ „Chelsi“ bilan toʻqnash kelgan va umumiy 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Kulbilge „Kojaelispor“ga oʻtganidan soʻng, Demirel asosiy darvozabon sifatida ish boshlagan. Demirel 2008\09-yilgi mavsum oxirida toʻrt yillik shartnomani uzaytirgan.
Xalqaro faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demirel 2001-yilda Turkiya U-20 terma jamoasiga chaqirilgan va toʻrt marta maydonga tushgan. U 2001 va 2003-yillarda 21 marta Turkiya U21 terma jamoasi safida maydonga tushgan va Turkiya terma jamoasiga ilk bor 2004-yilda chaqiruv olgan. U 2004-yilning 28-aprelida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan. Ikkinchi boʻlimda Demirel zaxiradan maydonga tushgan.
Demirel UEFA Yevro-2008 chempionatida Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlib, jamoa tarixida birinchi marta yarim finalga chiqgan. U guruh bosqichining uchta oʻyinini ham asosiy tarkibda boshlagan.
2014-yilda Qozogʻistonga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyini arafasida Volkan Demirel muxlis bilan janjallashib, Turkiya milliy futbol jamoasini tark etgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 2-sentabr kuni Fenerbahche Demirelning nafaqaga chiqqanini va faoliyatini jamoada yordamchi murabbiy sifatida davom ettirishini eʼlon qilgan[4]. U navbati bilan Ersun Yanal, Tohir Karapinar, Erol Bulut va Emre Belozogʻlu qoʻl ostida ishlagan.
2021-yil 14-iyulda Fenerbahche prezidenti Ali Koch bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida u Fenerbahchedagi yordamchi murabbiylik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilgan[5].
Fatih Karagümrük
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 17-dekabrida Demirel Fatih Karagümrük bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan.
Uning murabbiy sifatidagi ilk uchrashuvi 19-dekabr kuni safarda „Göztepe“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlangan[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Volkan Demirel sobiq Belgiya goʻzali Zeynep Sever bilan oila qurgan[7]. Ularning Yade (2014-yil fevral oyida tugʻilgan) va Yeda (2017-yil sentyabr oyida tugʻilgan) ismli ikki qizi bor[8].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Kartalspor | 2000-01 | 22 | 0 | — | — | 22 | 0 | |||
2001-02 | 29 | 0 | — | — | 29 | 0 | ||||
Jami | 51 | 0 | — | — | 51 | 0 | ||||
Fenerbahçe | 2002-03 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | |||
2003-04 | 19 | 0 | 3 | 0 | — | 22 | 0 | |||
2004-05 | 6 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | ||
2005-06 | 18 | 0 | 7 | 0 | 6 | 0 | 31 | 0 | ||
2006-07 | 16 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 23 | 0 | ||
2007-08 | 25 | 0 | 4 | 0 | 12 | 0 | 41 | 0 | ||
2008-09 | 29 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | 39 | 0 | ||
2009-10 | 32 | 0 | 7 | 0 | 12 | 0 | 51 | 0 | ||
2010-11 | 32 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 34 | 0 | ||
2011-12 | 38 | 0 | 1 | 0 | — | 39 | 0 | |||
2012-13 | 28 | 0 | 3 | 0 | 15 | 0 | 46 | 0 | ||
2013-14 | 29 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 33 | 0 | ||
2014-15 | 26 | 0 | 3 | 0 | — | 29 | 0 | |||
2015-16 | 32 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 40 | 0 | ||
2016-17 | 28 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 42 | 0 | ||
2017-18 | 25 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 30 | 0 | ||
2018-19 | 12 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 16 | 0 | ||
Jami | 396 | 0 | 39 | 0 | 88 | 0 | 523 | 0 | ||
Karyerada jami | 447 | 0 | 39 | 0 | 88 | 0 | 574 | 0 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Turkiya | 2004 | 3 | 0 |
2005 | 6 | 0 | |
2006 | 3 | 0 | |
2007 | 6 | 0 | |
2008 | 12 | 0 | |
2009 | 10 | 0 | |
2010 | 7 | 0 | |
2011 | 7 | 0 | |
2012 | 3 | 0 | |
2013 | 5 | 0 | |
2014 | 1 | 0 | |
Jami | 63 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fenerbahche
- Turkiya Superligasi : 2003-04, 2004-05, 2006-07, 2010-11, 2013-14
- Super Kubok : 2007, 2009, 2014
- Turkiya kubogi : 2011-12, 2012-13
Turkiya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Volkan Demirel dünya evine girdi“ (turkcha). fenerbahce.org. Qaraldi: 22-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Kaleci Volkan evlendi“ (turkcha). Cumhuriyet (22-sentabr 2010-yil). 14-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2010-yil.
- ↑ SERDAR KULBİLGE tff.org (turkcha), accessed 23 August 2010
- ↑ „Volkan Demirel ile Omuz Omuza Yeni Bir Yolculuğa“ (turkcha). fenerbahce.org (2-sentabr 2019-yil).
- ↑ „Bir Volkan'dır Fenerbahçe“ (turkcha). fenerbahce.org (14-iyul 2021-yil).
- ↑ „Karagümrük, Volkan Demirel'le kazandı!“ (turkcha). sporx.com (19-dekabr 2021-yil).
- ↑ „Ex-Miss België Zeynep Sever in verwachting“. Het Nieuwsblad.
- ↑ „İşte Volkan Demirel'in kızı Yade“. www.hurriyet.com.tr.
- ↑ „Regulations of theUEFA European Football Championship“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Germany-Turkey | Line-ups | UEFA EURO“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
- ↑ „UEFA EURO 2008™ squad lists announced“. UEFA.com (28-may 2008-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.