Vladislav Ivanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladislav Ivanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladislav Aleksandrovich Ivanov
Tavallud sanasi 24-yanvar 1986-yil (1986-01-24) (38 yosh)
Tavallud joyi Narva, Estoniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Hujumchi

Vladislav Aleksandrovich Ivanov (1986-yil 24-yanvar, Narva, Estoniya SSR, SSSR) — rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Vladislav faoliyatini Estoniyaning Narva-Trans klubida boshlagan. 2008-yilda futbolchi „Karpati“ jamoasiga ijaraga berilgan, lekin hech qachon klub tarkibida maydonga tushmagan. 2009-yilda u „Levadiya“ bilan Estoniya chempioni boʻlgan. 2010-yilda u Tripolidan Gretsiyaning „Asteras“ jamoasiga koʻchib oʻtgan, ammo jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan, 2011-yilda „Iliupoli“ jamoasiga ijaraga berilgan. Bu jamoadan keyin esa Moskvaning „Torpedo“ klubiga oʻtgan[1]. 2012-yilda u 23 ta gol urib, Estoniya chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylangan[2]. 2013-yilning 27-fevralida futbolchi Luch-Energiya klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2014-yilda u Estoniyaning „Levadiya“ klubida hujumchi sifatida oʻynagan, avgust oyi oxirida klubni tark etgan[4]. Estoniya chempionatining oʻsha mavsumida Ivanov klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Mavsum davomida futbolchi 19 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[5]. 2015-yilda Oʻzbekiston Super ligasining Mashʼal klubi bilan shartnoma imzolagan.

2016-yilning mart oyida futbolchi Estoniyaning Narva-Trans klubiga qaytgan va jamoa bir yillik shartnoma imzolagan[6]. Oʻsha yilning iyul oyida ivanov "Jarve" klubiga oʻtgan[7]. Ammo futbolchi yangi jamoa tarkibida biror marta maydonga tushmagan.

Faoliyatining soʻnggi yillarida Ivanov futzal oʻzini koʻrsatgan, bundan tashqari professional futbolda quyi liga klublarida ham oʻynagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

— Estoniya chempioni: 2009-yil

— Estoniya chempionatining kumush medali sovrindori (2) : 2006, 2010

— Estoniya kubogi sohibi: 2009—2010

— Estoniya kubogi finalchisi: 2006—2007

— Estoniya Superkubogi sohibi (2) : 2007, 2010

— Rossiya Ikkinchi divizionining „Sharq“ zonasi gʻolibi : 2012—2013

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Estoniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Владислав Иванов подписал контракт с московским «Торпедо»“. 2013-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  2. „Россиянин Владислав Иванов стал лучшим бомбардиром чемпионата Эстонии“. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  3. „«Луч-Энергия» пополнился ещё тремя футболистами“. 2013-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral.
  4. „Нападающий «Левадии» Влад Иванов: «Нас ожидает интересная концовка чемпионата страны»“. sekundomer.ee (2014-yil 29-avgust). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-avgust.
  5. Геннадий Медведев. „Лучший снайпер «Левадии» Владислав Иванов неожиданно покинул команду“. rus.delfi.ee (2014-yil 28-avgust). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-avgust.
  6. „Владислав Иванов продолжит карьеру в нарвском "Трансе"“. delfi (2016-yil 1-mart). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
  7. „Иванов, Кузяев и Андреев покинули нарвский "Транс"“. rus.err.ee (2016-yil 18-iyul). 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.