Vladimir Shapiro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Shapiro
Tavalludi 25-fevral 1948-yil
Vafoti 19-mart 2021-yil(2021-03-19)
(73 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiFidokorona khizmatlari uchun rib.pngDustlik rib.pngShohrat rib.png

Vladimir Mixaylovich Shapiro (1948.25.2, Toshkent) — rejissyor Oʻzbekiston sanʼat arbobi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1971), Leningrad teatr, musika va kinematografiya instituti (1979)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini Toshkentdagi M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan (1965). 1989-yildan shu teatrda rejissyor, 1990-yildan badiiy rahbar (1991-yildan direktor ham). Sh. "Bir yildan soʻng oʻsha kun" (B. Sleyd), "Telba hayot" (S. Zlotnikov), "Grafinya Yuliya" (A. Strinberg), "Hamma narsa bogʻda" (E.Olbi), "Buyuk afsungarlik" (E. De Filippo), "Shapaloq yeydigan kishi" (L. Andreyev), "Kal xonanda" (E. Ionesko), "Jorj Danden" (J. Molyer), "Mexmonxona bekasi" (K. Goldoni), "Har toʻkisda bir ayb" (A. Ostrovskiy), "Zoyaning uyi" (M. Bulgakov) va boshqa ni saxnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Shapiro Vladimir Mixaylovich" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil