Klyazma
Qiyofa
| Klyazma | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 686 |
| Maydoni | 42 500 km² |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya |
| Klyazma | |
Klyazma — Rossiya Federatsiyasi Moskva va Vladimir viloyatlaridagi daryo, qisman Ivanovo va Nijniy Novgorod viloyatlari chegarasidan oʻtadi. Oka daryosining chap irmogʻi. Oʻz. 686 km, havzasining maydoni 42500 km². Moskva qirlaridan boshlanib, Meshchyora pasttekisligi boʻylab oqadi. Kordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi Kovrov shahri yonida (quyilish joyidan 185 km) 147 m³/sek. Noyabrda moʻzlab, aprel oʻrtalarida moʻzdan boʻshaydi. Quyilish joyidan 120 km masofada va Klyazma suv omborida kema qatnaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |