Vishi Fransiyasi
Fransuz davlati | |
---|---|
Motto: "Travail, Famille, Patrie" („Ish, Oila, Vatan“) | |
Anthem: "La Marseillaise" (rasmiy) "Maréchal, nous voilà !" (norasmiy)[1] („Marshal, mana biz!“) | |
Status | Andoza:Infobox country/status text |
Capital | |
Capital-in-exile | Sigmaringen |
Common languages | Fransuz tili |
Religion | Roman Catholic |
Government | Unitar davlat provisional republic under a nonpartisan collaborationist authoritarian dictatorship |
Davlat rahbari | |
• 1940–1944 |
Philippe Pétain |
Vishi Fransiyasi (fransuzcha: Régime de Vichy; 1940-yil 10-iyul – 1944-yil 9-avgust) rasmiy ravishda Fransuz davlati (État français) deb atalgan. Bu davlat Ikkinchi Jahon urushi davrida Marshal Philippe Pétain boshchiligidagi Fransiyaning bir qismi edi. Mamlakat hukumati qarorgohi Vishi shahrida joylashgani sababli davlat shu nom bilan tanilgan. Rasmiy jihatdan mustaqil boʻlsa-da, hududining yarmi 1940-yilgi Germaniya bilan ogʻir shartlarda tuzilgan shartnoma asosida bosib olingan edi. Shunday shartlar asosida davlat hamkorlik siyosatini qabul qilgan. Garchi Parij nominal ravishda uning poytaxti hisoblangan boʻlsa-da, hukumat oʻzini bosib olinmagan „erkin zona“ (zone libre) deb ataladigan hududdagi Vishi kurort shahrida joylashtirgan. Bu hududda hukumat Fransiyaning ichki boshqaruvi va koloniyalari uchun mas’uliyatni saqlab qolgandi[2].
Nemislar bosqini dastlab faqat Fransiyaning shimoli va gʻarbiy qismlariga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, 1942-yilning noyabrida nemislar va italyanlar qolgan qismini ham egallab oladi. Bu esa Vishi hukumatining mustaqillik iddaolariga yakun yasaydi.
Uchinchi Fransiya Respublikasi 1939-yil sentabr oyida ittifoqchilar tomonida urushga kirgan. Ammo 1940-yil 10-mayda Germaniya Fransiyani bosib oladi. Germaniya armiyasi kuchli Maginot chizigʻini chetlab oʻtib, Belgiya, Lyuksemburg va Ardenlar orqali tezkor hujum uyushtiradi. Iyun oyi oʻrtalariga kelib, Fransiyaning harbiy holati ogʻirlashib, Metropoliten Fransiya uchun jang yutqazilayotgani aniq boʻladi. Shu paytda Fransiya hukumati sulh shartlarini muhokama qila boshlaydi. Bosh vazir Pol Reyno sulh imzolashdan bosh tortadi va isteʼfoga chiqadi. Uning oʻrniga Birinchi Jahon urushi qahramoni Philippe Pétain tayinlanadi. Koʻp oʻtmay, Pétain 1940-yil 22-iyunida sulhni imzolaydi.
Vishida Pétain avtoritar hukumat oʻrnatdi. U koʻplab liberal siyosatlarni bekor qildi va iqtisodiyotni qatʼiy nazorat qilishni boshladi. Konservativ katoliklar muhim mavqega ega boʻldi. OAV qattiq nazorat qilindi va antisemitizm (yahudiylarga qarshi kayfiyat) targʻib qilindi. 1941-yil iyunida Barbarossa operatsiyasi boshlangandan keyin esa antisovetizm ham kuchaytirildi. Sulh shartlari Fransiyaga biroz mustaqillik berdi. Rasmiy ravishda Fransiya neytral davlat deb eʼlon qilindi. Vishi hukumati Fransiya dengiz floti va fransuz koloniyalarini nazorat ostida ushlab turdi va mamlakatning toʻliq bosib olinishidan qochishga muvaffaq boʻldi. Qattiq bosimga qaramay, Vishi hukumati hech qachon Axis kuchlariga qoʻshilmadi. 1940-yil oktabrida Pétain Adolf Gitler bilan Montoire sur le Loiredagi uchrashuvida Germaniya bilan hamkorlik siyosatini eʼlon qildi. Shu bilan birga urushda neytrallikni saqlashga intildi. Pétain Germaniya bilan munosabatlarni yaxshilash Fransiyani saqlab qolish va uni Germaniya shakllantiradigan Yangi Yevropa tartibotida hurmatli oʻrinda qolishining yagona yoʻli deb hisoblagan[3].
Vishi hukumati oʻzining hamkorlik siyosati orqali Germaniyadan muhim imtiyozlar olishga va tinchlik shartnomasidagi ogʻir shartlaridan qochishga umid qilgandi[3]. Germaniya ikki million fransuz harbiy asirini ushlab turgan va yosh fransuzlarga majburiy mehnat (service du travail obligatoire) joriy qilgan. Vishi hukumati fransuz asirlarini erta ozod qilish haqida Germaniya bilan muzokaralar olib borishga harakat qildi[4]. Fransuz askarlari garov sifatida ushlab turilardi, bu Vishi hukumatining oʻz harbiy kuchlarini kamaytirishi va Germaniyaga katta miqdorda oltin, oziq-ovqat va jihozlar toʻlashiga majbur qildi. Fransuz politsiyasiga yahudiylar va kommunistlar, siyosiy qochqinlar kabi „nojoʻya“ odamlarni ushlash buyurildi. Natijada, kamida 72,500 fransuz yahudiylari natsistlar konslagerlarida halok boʻldi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dompnier, Nathalie „Entre La Marseillaise et Maréchal, nous voilà! quel hymne pour le régime de Vichy ?“, . La vie musicale sous Vichy, Histoire du temps présent (fr). Bruxelles: Éditions Complexe – IRPMF-CNRS, coll., 2001 — 71-bet. ISBN 978-2-87027-864-2.
- ↑ Julian T. Jackson, France: The Dark Years, 1940–1944 (2001).
- ↑ 3,0 3,1 „Allocution Radiodiffusée [Broadcast Speech“].
- ↑ Robert O. Paxton. Vichy France: Old Guard and New Order, 1940-44. Barrie and Jenkins, 1972. „Simultaneously, the French delegates at Wiesbaden were working to reach endurable levels of occupation costs, the early release of prisoners of war, and the return of the government to Paris.“
- ↑ „Le Bilan de la Shoah en France [Le régime de Vichy“]. bseditions.fr.