Kontent qismiga oʻtish

Virgilijus Alekna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Virgilijus Alekna

Virgilijus Alekna yengil atletika boʻyicha 2014-yilgi Litva chempionatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Litva
Tavallud sanasi 13-fevral 1972-yil (1972-02-13) (52 yosh)
Terpeikiai, Litva
Boʻyi 201 sm
Vazni 130 kg
Sport
Qaysi sport Yengil Atletika (disk uloqtirish)

Virgilijus Alekna (1972-yil 13-fevral; Litva SSR, Kupiskis tumani, Terpeikiai qishlogʻi) — Litvalik yengil atletikachi. Yengil atletikaning disk uloqtirish turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. Beshta olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, ikki karra olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Yevropa chempioni. Yevropaning eng yaxshi yengil atletikachisi (2005)[1]. Litvaning eng yaxshi sportchisi (2000, 2004, 2005, 2006 va 2007-yillarda). UNESCOning sport elchisi unvoni berilgan[2]. Kaunas jismoniy tarbiya akademiyasi bitiruvchisi. Track & Field News nashri tomonidan 2000-yilning eng yaxshi yengil atletikachisi deb topilgan[3].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda kichik qishloqda dehqon oilasida tugʻilgan. 14 yoshidan boshlab qisqa vaqt basketbol bilan shugʻullangan. Yengil atletikada dastlab nayza uloqtirish turidan boshlab, soʻng disk uloqtirishga oʻtgan[4].

1995-yilda Litva davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Litva prezidenti Algirdas Brazauskasning tansoqchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida Alekna 65,30 m natija bilan 5-oʻrinni egallagan[5]. Toʻrt yildan soʻng Sidneyda Alekna oʻzining beshinchi urinishida diskni 69 m 30 sm masofaga uloqtirib, faoliyatida ilk marta olimpiya chempioni boʻlgan[6]. 2004-yilda Afinada Virgilijus Alekna vengriyalik Róbert Fazekasga yutqazib, 69,89 m natija bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo musobaqadan soʻng Fazekas dastlab doping testidan oʻtishdan bosh tortgan. Keyin test natijalarini almashtirib qoʻyishga urinib koʻrgan. Almashtirishga harakat qilayotgan paytida qoʻlga olingan[7]. Shu tariqa oltin medal litvalik sportchiga nasib etgan[8]. Aleknaning 69,89 m natijasi hozirda disk uloqtirish boʻyicha olimpiya rekordi hisoblanadi. 2008-yilda Pekinda 67.79 m natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan[9]. 2012-yilgi olimpiya oʻyinlarida Virgilijus Alekna toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Газета СПОРТ-ЭКСПРЕСС. ЛЕГКАЯ АТЛЕТИКА• ИСИНБАЕВА — ЛУЧШАЯ В ЕВРОПЕ В 2005 ГОДУ. СПОРТ-ЭКСПРЕСС: Ежедневная спортивная газета / SPORT-EXPRESS: Daily sport newspaper. Чемпионат …“. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  2. „Литовскому спортсмену Виргилиюсу Алекна присвоено звание «Чемпион ЮНЕСКО по спорту»“. 2008-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  3. „Журнал Легкая Атлетика“. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  4. „Интервью «В Литве живёт много богатырей. Я — один из них»“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  5. „Athletics at the 1996 Atlanta Summer Games: Men’s Discus Throw Final Round | Olympics at Sports-Reference.com“. 2010-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  6. „Athletics at the 2000 Sydney Summer Games: Men’s Discus Throw Final Round | Olympics at Sports-Reference.com“. 2010-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  7. „Фазекаш не успел подменить анализы“. 2004-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  8. „Athletics at the 2004 Athina Summer Games: Men’s Discus Throw Final Round | Olympics at Sports-Reference.com“. 2010-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  9. „Athletics at the 2008 Beijing Summer Games: Men’s Discus Throw Final Round | Olympics at Sports-Reference.com“. 2010-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-mart.