Vinsent (Don Maklin qo'shig'i)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Vincent“
Fayl:Don McLean - Vincent Single Cover.jpg
AQSh, Italiya, Yaponiya, Portugal va Yangi Zelandiya nashrlari uchun ham foydalanilgan Buyuk Britaniya musiqiy to'plami muqovasi
Don McLean qoʻshigʻi
„American Pie“ albomidan
B tomon „Castles in the Air“
Chiqarilgan sanasi Fevral 1972[1]
Janr Folkyor
Davomiyligi 3:55
Leybl United Artists Records, BGO Records
Matn muallif(lar)i Don McLean
Prodyuser(lar) Ed Freeman
Don McLean singllari xronologiyasi
„American Pie“
(1971)
Vinsent
(1972)
„Dreidel“
(1973)
Music videos
Vincent YouTubeda, Don McLean tomonidan. (3:58 minutes, qo'shiq matni bilan)
Vincent YouTubeda, Don McLean tomonidan. Jonli ijro (1972). (3:57 minutes)
Vincent van Goghning "Yulduzli tun" asari (1889), qo'shiqda tasvirlangan

"Vinsent" bu Don Maklinning qo'shig'i bo'lib, Vinsent van Gogni sharaflash sifatida yozilgan. U ko'pincha o'zining kirish naqoratidan so'ng noto'g'ri ravishda nomlanadi, "Yulduzli, yulduzli tun", Van Gogning 1889-yildagi "Yulduzli tun" rasmiga iqtibosdir.

Maklin qo'shiq matnini 1971-yilda, Van Gog hayoti haqidagi kitobni o'qigach yozgan. U Maklinning 1971-yildagi "American Pie" albomida ommaga taqdim etildi; keyingi yili qo'shiq Buyuk Britaniya musiqa xit-paradida ikki hafta davomida birinchi o'rinni egalladi [2] va Amerika Qo'shma Shtatlarida 12-o'rinni[3], shuningdek "Easy Listening" xit-paradida ham 2-o'rinni egalladi.[4] Billboard uni 1972 yil uchun 94-raqamli qo'shiq sifatida baholadi..

Qo'shiqda asosan gitara ishlatilgan, lekin akkardion, 2020va torli musiqa asboblari ham ishlatilgan

2020-yil Iyul oyida, qo'lda yozilgan asl qo'shiq matni 1.5 million dollarga sotildi.[5]

Kelib chiqish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maklin qo'shiqning kelib chiqishi haqida quyidagilarni aytgan:

"1970-yil kuzida menda maktab tizimida qo'shiq kuylash, sinflarda gitara chalish kabi ishim bor edi. bir kuni ertalab men ayvonda Van Gogning tarjimai holini o'qib o'tirgan edim va birdan men u ahmoq emasligiga bahslashadigan qo'shiq yozishim zarurligini angladim. U kasal edi va uning akasi Teoda ham kasallik bor edi. Mening fikrimcha, bu uni "aqldan ozgan" bog'dagi xilma-xillikdan farqlaydi - chunki u ayol tomonidanrad etilgandi [odatda o'ylanganidek]. Shuning uchun, men Yulduzli tun rasmi bilan o'tirdim va qog'oz xaltaga qo'shiq matnini yozdim."[6]

Tanqidchidlar tomonidan kutib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"The Telegraf"ning yozishicha: "Notalar shkalasining qayg'u va shodlik aralashmasi bilan, “Vinsent”ning tinchlantiruvchi ohangi osoyishtalikda yodga olinadigan yuksak tuyg‘ulardan biridir". "Record World" qo'shiqni "san'at darajasidagi" deb atadi va "Vinsent Van Gog hikoyasi ohang va she'r bilan aytiladi" dedi. "Cash Box" uni "qo'shiq so'zlari va ma'nosini ajratib olishni yaxshi ko'radigan odamlar uchun yana bir qo'shiq" deb atadi. AllMusic o'tmish bilan bog'liq holda qo'shiqni ta'rifladi "Maklinning Van Gogga bo'lgan ulug'lash madhi... Van Gogning o'z joniga qasd qilishiga telba dunyodagi oqilona fikr sifatida hamdardlik bildiradi". Sayt shuningdek, Maklin 2001 yilgi "Starry, Starry Night" jonli ijro albomida "Vinsent" ning "asosan dardli ijrosini" qo'yganini aytdi.

Qo'shiq repper va aktyor Tupak Shakurning o'ziga xos sevimli qo'shig'i edi va u mashinadan otishma natijasidagi o'q jarohatidan vafot etishidan oldin yotqizilgan kasalxonada, Janubiy Nevadaning Universiteti Tibbiyot markazida, unga ijro etib berilgan.

Ingliz musiqachisi Jeyk Bagg ushbu qo'shiqni "Simpsonlar" epizodida eshitishni o'zining musiqiy lahzasi deb hisobladi. [7]

  1. „Vincent / Castles In The Air - Don McLean“. 45cat. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  2. Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19th, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 274 bet. ISBN 1-904994-10-5. 
  3. Jason Ankeny. „Don McLean | Biography“. AllMusic (1945-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  4. Whitburn, Joel. Top Adult Contemporary: 1961-2001. Record Research, 2002 — 166 bet. 
  5. „Handwritten lyrics of Don McLean's song 'Vincent' up for sale, expected to fetch $1.5 mn“. The Economic Times. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
  6. Helen Brown. „Don McLean interview: Why I had to write "Vincent" - Telegraph“. Daily Telegraph (2010-yil 24-fevral). (subscription required)
  7. della Cava, Marco. „On the Verge: Jake Bugg is straight outta Nottingham“ (2013-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]