Villa Guardamangia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Villa Guardamangia

49, Guardamangia Hill, Pietà, Malta
Eski nomlari Casa Medina
Muqobil nomlari Casa Guardamangia
Umumiy maʼlumot
Maqomi Buzilmagan
Turi Villa
Meʼmoriy uslubi Umumiy arxitektura va Neoklassika
Joylashuvi Gwardamanġa, Pietà, Malta
Koordinatalar 35°53′32.1″N 14°29′42.2″E / 35.892250°N 14.495056°E / 35.892250; 14.495056 G O
Egasi Government of Malta
Texnik holati
Material Ohaktosh
Villa Guardamangia

Villa Guardamangia (italyancha — „qarash“ va „ovqatlanish“), avvallari Casa Medina[1][2] va baʼzan Casa Guardamangia deb ham ataladi[3], 16,791 kvadrat fut (1,559.9 m2) maydonni egallagan bino Maltadagi Gvaramanġa Pieta shaharchasida joylashgan. U Edinburg gersoginyasi malika Elizabeth (keyinchalik qirolicha Elizabeth II) va Edinburg gersogi shahzoda Philipning 1949—1951-yillarda qarorgohi sifatida foydalanilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hudud taxminan 1814-yilda Maltada Britaniya mustamlakasi boshlangan vaqtda katolik ruhoniyga tegishli boʻlgan. Dengiz boʻyidagi mulk 18-asr oʻrtalarida qurilgan deb hisoblaniladi. 20-asrning oxirida u bir nechta taniqli Malta oilalariga tegishli boʻlgan, ular orasida Sant-Fourniers, Bartolos va Schembris oilalari ham bor[4]. Bino 1900-yilda[5][6][7][8] ser Augusto Bartolo[9] tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan va Casa Medina deb nomlangan[10][11]. U dastlab qishloq uyi boʻlgan[12]. Inshoot 18 ta xona, hayvonlar uchun otxona, sayr qilish yoʻli boʻlgan katta bogʻ va urush vaqtida boshpana sifatida foydalaniladigan joydan iborat[13].

Taxminan 1929-yilda villa birinchi marta Lui Mountbattenga ijaraga berilgan[5]. U bino Marsaga yaqinligi sababli qiziqish bildirgan, shuningdek, bu yerda Mountbattenning dabdabali turmush tarziga mos keladigan ot poygasi va golf maydonchasi ham mavjud boʻlgan[5]. Villa yomon ahvolda boʻlib, bir nechta alohida xonadonlarga boʻlinib ketgan[1]. Shu sababli, Mountbatten uy taʼmirlanayotgan paytda Florianada[1] „Fenikiya“ mehmonxonasining ikki xonasida istiqomat qilishiga toʻgʻri kelgan[14]. Mountbatten bir muncha vaqt oʻtgach, villani sotib olgan[15] va 1950-yillarda Oʻrta yer dengizi flotining bosh qoʻmondoni sifatida Maltaga joylashganidan keyin bu hududga tez-tez tashrif buyuradigan boʻlgan[5].

Edinburg gertsogi va gertsoginasi Maltaga kelganida, dastlab ular Gerald Strickland va uning rafiqasi mezbonlik qilgan San-Anton saroyida turab qolganlar[16]. Malika Elizabeth (keyinchalik Qirolicha Elizabeth II) va turmush oʻrtogʻi Philip Mountbatten (keyinchalik shahzoda Philipp, Edinburg gertsogi) birinchi marta 1946-yilda Guardamangiada tunab qolishgan[17]. Er-xotin oʻsha paytdan to 1952-yilgacha bir necha marta mazkur hududga kelishgan. Philipp Maltada Qirollik dengiz floti ofitseri boʻlgan[18], Elizabeth esa Auberge de Kastiliyada askarlar, dengizchilar, harbiy xizmatchilar oilalari uyushmasi (SSAFA) bilan ishlagan[10]. Oxir-oqibat Mountbatten villani qirollik juftligiga taqdim etgan[19] [20] va ular 1949—1951-yillar orasida doimiy ravishda shu yerda yashaydigan boʻlishgan. Taxminlarga koʻra, Elizabeth toʻngʻich farzandi qirol Charles III ga villadaligi homilador boʻlgan[18]. Keyinchalik qirolicha Maltada oʻtkazgan yillarini hayotining eng yaxshi davrlaridan biri deb taʼriflagan, chunki bu vaqt u „oddiy“ turmush tarizni kechirishga muvaffaq boʻlgan yagona davr hisoblanadi[21].

Qirolicha Elizabth II 1992-yilda Maltaga davlat tashrifi chogʻida Villa Guardamangiaga ham borgan. 2007-yilda esa u Edinburg gersogi bilan birga ularning 60 yillik yubileyini nishonlagan[22]. Malta oliy komissari Norman Hamilton 2013-yilda qirolichaga „Villa Guardamangia“ rasmini sovgʻa qilgan[23]. Qirolicha 2015-yilda Hamdoʻstlik Hukumat rahbarlarining yigʻilishi Maltada boʻlgan vaqtida, villani koʻrishni iltimos qilgan, biroq hududning oʻsha vaqtdagi egalari[18] Ġużè Schembri oilasi[2] kambagʻalliklari sababli villa xaroba ahvolga kelib qolgani uchun, qirolichaning villani koʻrish haqidagi taklifini rad etishgan[24]. Prezident Marie Louise Coleiro Preca qirolichaga villa fasadining yana bir tasvirini sovgʻa qilgan[25].

Bino 2019-yilda sotuvga qoʻyilgan, soʻrov narxi 5 900 000 yevro etib etib belgilangan[26][27]. Binoning katta qismi, jumladan mebellar, sanʼat asarlari va antiqa buyumlar 2019-yil sentyabr oyida kim oshdi savdosida sotilgan[28]. Binoni qayta tiklash va jamoatchilik uchun ochiq qilish harakatlaridan soʻng[29], u 2019-yil oktyabr oyida Malta hukumati tomonidan sotib olingan va keng qamrovli restavratsiya ishlari uchun Heritage Malta kompaniyasiga topshirilgan[30].

Bino tuzilishi va bogʻlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Old fasaddagi „Villa Guardamangia“ yozuvi
Villaning xaroba ahvoli

Villa Gvardamangia qishlogʻida[31], Valletta hududidan[32] tashqarida joylashgan[33] tor koʻchadagi sokin turar-joy maskanida bunyod etilgan[34][35][36]. Villa Marsamxett bandargohi ustidan dengiz manzarasi bilan toʻldirilgan saroy shaklida qurilgani tasvirlangan suratlar mavjud[20]. Qirolicha uni „shahar uyi“ deb taʼriflagan[10]. Bu odatiy anʼanaviy Malta qarorgohining bir naʼmunasidir[9]. Bino ohaktoshdan qurilgan, ammo omma orasida qumtosh sifatida tanilgan va qirolicha tomonidan „sariq tosh“ sifatida tasvirlangan[10][37]. Uyning ikkita kirish eshigi bor, ulardan biri koʻcha tomonda, ikkinchisi esa zinapoyadan yuqoriga koʻtarilgan joyda oʻrnatilgan[10]. Qirollik oilasi villada[38] yashagan vaqtlarida Britaniyadan oʻz shaxsiy narsalarini olib kelishgan. Bu ularga bir paytlar nafis uyda[39], dabdabali muhitda yashashga imkon bergan[32]. Qirollik oilasining villada britaniyalik xizmatkorlari boʻlgan[40].

Villa bogʻlari u qadar koʻp emas[41]. Qirolicha uni oddiygina „Villa Guardamangiadagi kichik bogʻ“ deb taʼriflagan[10]. Qirolichaning oʻzi bogʻlar va atrofdagi hududni oʻz didi va turmush tarziga koʻra bezatgan[14], ammo bogʻ bilan bogʻliq koʻplab ishlar bogʻbon tomonidan bajarilgan[42]. Bogʻdagi asosiy tashqi xususiyat — bu villa binosidan bogʻning narigi tomoniga olib boradigan uzun terassa yoʻli boʻlgan. Terassaning oʻrtasida skameyka boʻlib, u yerda qirollik juftligi va mehmonlarning eng mashhur, nashr etilgan fotosuratlari olingan[43]. Boshqa fotosuratlar villaning tom terassasida olingan[5], baʼzilari esa matbuot suratkashlari tomonidan villaning old tomonida, er-xotin zinapoyada yurgan paytda suratga tushirilgan[44]. Bogʻda koʻngil ochish, shuningdek, gullarni yetishtirish singari ochiq havoda qilinadigan koʻplab yumushlar boʻlsa-da, shahzoda Philipp oʻz xonasida vaqt oʻtkazishni koʻproq yoqtirgan[42].

Hozirgi ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino Malta Atrof-muhitni asrash va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 2-darajali yodgorlik sifatida belgilangan[45]. Flimkien għal Ambjent Aħjar nohukumat tashkiloti uni qayta tiklashga daʼvat qilgan. Hukumat keyinchalik villani ekspropriatsiya qilish va qayta tiklash jarayonini boshlagan[46]. Uning oʻsha paytdagi egalari villani buzish va qayta qurib, sotish uchun uning holatini yomonlashishiga uringanlikda ayblangan[47].

Villa Guardamangia qayta tiklanganidan keyin potensial turistik diqqatga sazovor joyga aylangan. 2015-yilda oʻtkazilgan ilmiy boʻlmagan onlayn soʻrovda soʻrovnoma ishtirokchilarning 84 foizi villa qayta tiklansa va ommaga ochiq deb eʼlon qilinsa, unga tashrif buyurishlarini aytishgan[48][49]. Villa qirollik oilasi bilan bogʻliq boʻlgan umumiy muassasa hisoblaniladi[50]. Daily Telegraphdagi bir maqolada Rabatdagi Villa Luginslandning old qismi Villa Guardamangianing orqa tomoni sifatida xato tasvirlagan[47].

Villa Guardamangia mulki Marika Schembri va uning aka-ukalariga tegishli boʻlgan[24]. 2019-yilning iyun oyida villa 6 million yevroga (5,3 million funt) sotuvga qoʻyilgan[51]. Biroq, u 5 million yevroga sotilgan[52]. 2019-yil oktyabr oyidan boshlab villa Malta hukumatiga tegishli[30][53]. 2020-yil iyun oyidan boshlab Heritage Malta (madaniy meros boʻyicha milliy agentlik) villada keng qamrovli restavratsiya ishlarini olib bormoqda. Britaniya qirollik oilasi villaning qayta ochilishiga taklif qilinishi kutilgan[54].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Connell, Brian. Manifest Destiny: A Study in Five Profiles of the Rise and Influence of the Mountbatten Family. Cassell, 1953. 
  2. 2,0 2,1 Guillaumier, Alfie. Bliet u Rħula Maltin (mt). Valletta: Valletta Publishing & Promotion Co. Ltd., 1987 — 268 bet. 
  3. De Marco, Mario. „Sharing some palatial thoughts“. Times of Malta (2015-yil 2-may). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Watch: Finding the missing pieces of the Queen's residence in Guardamangia“ (2020-yil 25-dekabr).
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „The Malta home of TRH's The Duke and Duchess of Edinburgh at the Villa Guardamangia, Pieta during the 1949 to 1951 period“. godfreydykes.info. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Scheduled Property - Gwardamanġa“. Malta Environment and Planning Authority. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-fevral.
  7. „Gwardamangia“ (mt). Grech Claudio. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  8. Martin, Ivan. „Queen Elizabeth's Malta home in disrepair and must be restored before the royal visit“. Times of Malta (2015-yil 26-aprel). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. 9,0 9,1 „Villa Guardamangia“. The Crown Colonist. 20-jild. 1950. 455-bet.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Hicks (2014).
  11. Hatch, Alden. The Mountbattens. W.H. Allen, 1966 — 208 bet. 
  12. Christopher, Peter H.. The Spanish Knight's Secret. FriesenPress, 2017 — 61 bet. ISBN 978-1-4602-9709-4. 
  13. „Glimpse of a villa's glorious past“ (2020-yil 12-avgust).
  14. 14,0 14,1 Morgan (1991).
  15. Borda, Alfred Conti. „Maltese seaman who survived sinking of Mountbatten's ship“. Times of Malta (2012-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  16. Galea, Michael. „Queen Elizabeth's stays in Malta over the years“. Times of Malta (2015-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  17. Dexter, Margaret. Malta Remembered. iUniverse, 13 March 2009 — 11 bet. ISBN 978-0-595-89670-7. 
  18. 18,0 18,1 18,2 Alexander, Adam. „Row in Malta over Queen's crumbling former home“. The Daily Telegraph (2015-yil 30-aprel). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  19. Morrow, Ann. The Queen. W. Morrow, 1 August 1983. ISBN 978-0-688-02136-8. 
  20. 20,0 20,1 Edwards (1990).
  21. Castillo, Ruth. „"They were proud that she lived here!" – G'Mangia residents on the Queen“. TVM (2015-yil 26-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „'It looks rather sad now': Queen's forlorn response on villa where she once lived“. The Malta Independent (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  23. „Guardamangia...ghal darba darbtejn!“ (mt). Net News (2015-yil 28-noyabr).
  24. 24,0 24,1 Rayner, Gordon. „Queen makes emotional visit to Malta for what may be her last Commonwealth summit“. The Daily Telegraph (2015-yil 25-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Painting of Villa Guardamangia presented to the Queen“. Times of Malta (2015-yil 26-noyabr). 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  26. „Historic potential of Queen's old home“. Timesofmalta.com (1940-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  27. „Malta palazzo that served as Queen Elizabeth's home on sale for €6 million“. MaltaToday.com.mt (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  28. „Contents of Queen's Malta home to be sold at auction“. Times of Malta (2019-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  29. „Historic potential of Queen's old home“. Times of Malta (2019-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  30. 30,0 30,1 „Queen's former Malta home to be restored after being bought by government“. Times of Malta (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  31. Campbell, Judith. Elizabeth and Philip. Barker, 14 September 1972 — 61 bet. ISBN 9780213164065. 
  32. 32,0 32,1 „A legacy of fry-ups and red postboxes“. BBC News (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  33. DrGoogelberg. English Princesses. Lulu.com, 2012 — 172 bet. ISBN 978-1-291-07969-2. 
  34. Rix, Juliet. „Malta: Explore this distinctly British isle's regal heritage“. Daily Express (2015-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-yanvar.
  35. „Apartments For Sale“. Pieta Apartments. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  36. Cathcart, Helen. The Queen Herself. W.H. Allen, 5 February 1982 — 125 bet. ISBN 978-0-491-02755-7. 
  37. Bedell Smith, Sally (December 14, 2011). „Love and Majesty“. Vanity Fair.
  38. Fisher, Graham. The Queen's Family. W.H. Allen, 1982. ISBN 978-0-491-02867-7. 
  39. Higham, Charles. Elizabeth and Philip: The Untold Story of the Queen of England and her Prince. Berkley Books, March 1993. ISBN 978-0-425-13757-4. 
  40. The Malta Year Book. St. Michael's College Publications, 1968. 
  41. Holden, Anthony. Charles, Prince of Wales. Pan, 1980 — 73 bet. ISBN 978-0-330-26167-8. 
  42. 42,0 42,1 Dean, John. H. R. H. Price Philip, Duke of Edinburgh: A Portrait. R. Hale, 1954. 
  43. Flamini, Roland. Sovereign: Elizabeth II and the Windsor Dynasty. Random House Publishing Group, 4 July 1992 — 114 bet. ISBN 978-0-440-21190-7. 
  44. British Monarchy. „Returning to Villa Guardamangia after State Drive [Royal Visit to Malta, 1949“]. Flickr. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  45. „Development Planning Act, 1992 (Section 46) – Scheduling of Property“. Malta Government Gazette (2001-yil 20-aprel), s. 4036. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  46. Martin, Ivan. „Appeal for Queen Elizabeth's former home to be restored“. Times of Malta (2015-yil 25-aprel). 2015-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  47. 47,0 47,1 „Row in Malta over Queen's crumbling former home“. The Daily Telegraph (2015-yil 30-aprel). Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
  48. „Telegraph runs poll asking people if they would visit the Queen's old home in Malta if restored“. The Malta Independent (2015-yil 1-may). 2015-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  49. James, Roxanne. „Restoration Row over Queen's Former Home in Malta“. Propertyshowrooms.com (2015-yil 20-may). 2015-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  50. Matthews, Jodie. Islands and Britishness: A Global Perspective. Cambridge Scholars Publishing, 15 November 2011 — 62 bet. ISBN 978-1-4438-3543-5. 
  51. „Queen's former Malta home Villa Guardamangia on sale“. BBC News (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  52. „UK royal family to be invited for reopening of Queen's former home“ (2020-yil 5-iyun).
  53. „Il-PM ħabbar li l-Gvern xtara l-unika dar li kienet tgħix fiha r-Reġina barra r-Renju Unit – One News“. One.com.mt (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  54. „UK royal family to be invited for reopening of Queen's former home“. Times of Malta (2020-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]