Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:MinaUktamova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Mavzu qoʻshish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eng oxirgi fikr: 12 kun oldin (Uzbekunknown tomonidan „Aniq.uz va Zamin.uz siz uchun muhim manba emasmi?“ mavzusida)
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, MinaUktamova!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Programmer (munozara) 13:08, 19-Mart 2024 (UTC)

Assalomu alaykum, hurmatli Jahon tillari WikiKlubi aʼzosi! Siz yopiq guruhda oʻz foydalanuvchi nomingizni yozish orqali WikiStipendiya 3-mavsum guruhlarga boʻlinish yaʼni saralash bosqichiga avtomatik ravishda qoʻshildingiz, tabriklaymiz!
Saralashdan oʻtish uchun topshiriq quyidagicha:

Sizdan shunday bir maqola tarjima qilish soʻraladi-ki, ushbu maqolada ham navboks, ham noerkin fayl, ham bilgiquti boʻlishi kerak. Maqolaningizni baholash davomida uning sifatiga juda diqqat bilan eʼtibor berishingiz, yaxshilab tahrirlashingiz soʻraladi. Shuningdek, 1 dona mustaqil maqola yaratishga urinib koʻrishingiz mumkin. Mustaqil maqola yozish majburiy emas, biroq muvaffaqiyatli yozilgan mustaqil maqola sizga qoʻshimcha ball olib keladi.
Bu ishlar uchun sizga Telegram yopiq guruhimizdagi videodarslar yordam beradi.

Soʻnggi muddat: Salazarov 11:45, 31-Mart 2024 (UTC)

Forumda ishtirok eting

[manbasini tahrirlash]

Salom, hurmatli foydalanuvchi! Sizni oʻzbek tilidagi kishi ismlari yozilishi boʻyicha boʻlib oʻtayotgan forumda oʻz fikr va ovozingiz bilan ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Munozara sahifasi bu yerda. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:37, 8-Aprel 2024 (UTC)

Foydali tahrirlar qiling!

[manbasini tahrirlash]

Salom. Nega bunday([1][2][3]) tahrir qilmoqdasiz. Manbalari boʻlmasa manbasiz andozasini qoʻshing. Havolalar bor ekan bunga havolalar boʻlimini qoʻshing. Ibrohimjon 17:35, 2024-yil 27-noyabr (UTC)Javob berish

Keyingi tahrirlarimda taklifingizni inobatga olaman. MinaUktamova (munozara) 19:47, 2024-yil 27-noyabr (UTC)Javob berish

Mendan sizga bir finjon qahva!

[manbasini tahrirlash]
Assalomu alaykum. Foydali tahrirlar va yaratayotgan sifatli maqolalaringiz uchun tashakkur. Tahrir qilishdan charchamang. Issiq qahva esa sovuq kunda ayni muddao:) Yoqimli ishtaha va maroqli tahrirlar tilab, Hasan Xamidovich (munozara) 17:58, 2024-yil 27-noyabr (UTC)Javob berish
Eʼtirof va qahva uchun minnatdorman :) MinaUktamova (munozara) 19:49, 2024-yil 27-noyabr (UTC)Javob berish

Mendan sizga bir likopcha qulupnay!

[manbasini tahrirlash]
Keling qulupnay yeymiz. Qulupnayga qarshiligingiz yo'qmi? Max 0230 (munozara) 18:16, 2025-yil 16-mart (UTC)Javob berish
Rahmat! MinaUktamova (munozara) 01:02, 2025-yil 17-mart (UTC)Javob berish

Vikibahor tanlovida ishtirok eting

[manbasini tahrirlash]
Vikibahor
Hurmatli MinaUktamova. Sizni 2025-yilning 21-martidan 31-mayiga qadar davom etadigan Xalqaro Vikibahor-2025 tanlovida ishtirok etishga chorlayman! Loyihada ishtirok etish va qoidalar bilan uning asosiy sahifasida tanishishingiz mumkin.

Mazkur tanlov haqida koʻproq maʼlumot olish uchun meta:Wikimedia CEE Spring 2025 sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Hurmat bilan Vikibahor-2024 gʻolibi va Vikibahor-2025 hakami PanPanChik #yozish 06:25, 2025-yil 1-aprel (UTC)Javob berish

Taklif uchun rahmat MinaUktamova (munozara) 06:44, 2025-yil 2-aprel (UTC)Javob berish

"Chuqur tarmoq" maqolasi

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum @MinaUktamova. Nima uchun "Chuqur tarmoq" maqolasini oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatdingiz! Rahmat. (FrenterWiki (munozara) 06:06, 2025-yil 7-aprel (UTC)Javob berish

Vaalaykum assalom! Maqolani M2: Butkul oʻzbekcha boʻlmagan yoki mashina tarjimasidan iborat maqola bandiga koʻra oʻchirishga berganman. Shu oʻrinda ATga misol keltirib oʻtishni joiz deb bildim:
  1. Avvalo, maqolaning „Chuqur tarmoq“ deb nomlanishi mashina tarjimasiga yaqqol misol. Atamaning rasmiy tarjimasi boʻlmasa, oʻz holida qoldirish kerak.
  2. Глубо́кая сеть (также известна как «Неви́димая сеть», «Глубо́кая паути́на», «Глубо́кий интерне́т», англ. deep web) — множество веб-страниц Всемирной паутины, не индексируемых поисковыми системами.“ gapi Deep web (shuningdek, " Invisible Web ", " Deep Web ", " Deep Internet " nomi bilan ham tanilgan ) - Butunjahon Internet tarmogʻidagi qidiruv tizimlari tomonidan qamrab olingan veb-sahifalar to'plamidir. tarzida teskari tarjima qilingan. Maqolani rus tilidan tarjima qilib, unda atamalarni ingliz tilida berilishi esa tushunarsiz holat.
  3. Термин произошёл от соотв. англ. invisible web. gapi Bu atamaga mos keladigan ko'rinmas veb-saytdan keladi. deya oʻta gʻaliz tarjima qilingan.
  4. Keyingi gap: Наиболее значительной частью глубокой паутины является Глубинный веб (от англ. deep web, hidden web), состоящий из веб-страниц, динамически генерируемых по запросам к онлайн-базам данныхDeep veb-saytning eng muhim qismi onlayn xizmatlar bazalariga so'rovlar orqali avtomatik ravishda yaratilgan veb-sahifalardan iborat bo'lgan Deep Web ( inglizcha: chuqur veb, yashirin web saytdan). Bu gapda bir nechta uslubiy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, Deep veb-saytning — notoʻgʻri tuzilma, chunki bu veb-sayt emas, balki veb-sahifalar majmuasi. inglizcha: chuqur veb, yashirin web saytdan — grammatik xato tarjima, chunki saytdan soʻzi ortiqcha va kontekstdan tashqari qoʻllangan. Atamalarning oʻzbek tiliga oʻgirilishi ham xatolik boʻlgan.
Yuqorida sanab oʻtilgan xatolar maqolaning kirish qismidagi birinchi 3 gap tahlili xolos va, oʻylaymanki, maqola asossiz oʻchirishga berilgan degan fikrni kun tartibidan olib tashlaydi. MinaUktamova (munozara) 09:24, 2025-yil 7-aprel (UTC)Javob berish
Tushunarli, maqoladagi xatoliklarni toʻgʻrilasam, oʻchirish andozasini olib tashlang, iltimos. Rahmat. Yoqimli tahrirlar! (FrenterWiki (munozara) 12:20, 2025-yil 7-aprel (UTC)Javob berish

Mukofotimni qabul eting!

[manbasini tahrirlash]
„Gʻayratli ishtirokchi“ ordeni
Hurmatli MinaUktamova! Qoʻshayotgan hissangiz va tahrirlaringiz eʼtirofga loyiq. Faolligingizga koʻz tegmasin. Yoqimli tahrirlar tilab Mirishkorlik (munozara) 18:39, 2025-yil 13-aprel (UTC)Javob berish
Eʼtirof va orden uchun tashakkur! :) MinaUktamova (munozara) 02:21, 2025-yil 14-aprel (UTC)Javob berish

Boʻsh turkumlar toʻgʻrisida

[manbasini tahrirlash]

Hormang! Mana bunday loyiha statistikasini koʻrsatishga yordam beradigan turkumlarni garchi boʻsh boʻlsa ham tezda oʻchirishga bermaslik kerak. BEKIPEDIYA #yozishma 12:00, 2025-yil 6-may (UTC)Javob berish

Salomat boʻling! „Amerika Qoʻshma Shtatlari loyihasi maqolalari“ turkumi allaqachon mavjud. Ammo yana oʻnlab turkumlar ([4], [5], [6], [7], [8], [9], [10] ...) yaratilishi son ortidan quvib qilingan ish deb oʻylayman va ularning mavjudligi chalkashlikni yuzaga keltiradi. MinaUktamova (munozara) 19:40, 2025-yil 6-may (UTC)Javob berish
Yoʻq, unday emas. Mana bu loyihaning turkumlariga qarasangiz, ular ahamiyati va darajasi boʻyicha alohida turkumlashgan. Yuqoridagi turkumlar ham ayni shunday edi. Lekin nomi toʻgʻri yozilmagan ekan. BEKIPEDIYA #yozishma 03:27, 2025-yil 7-may (UTC)Javob berish
Tushunarli. Ammo turkumlar notoʻgʻri yozilishi bilan birga tilga ham ulanmagan edi. Oʻchirishga berganlarim xulosa chiqaruvchi va adminlar tomonidan oʻchirilgani sabab, oʻchirishga berishda davom etgandim. Ogohlantirganingiz uchun rahmat.
Bu vaziyatda turkumlarni toʻgʻri nom bilan qayta yaratish yechim boʻladi, deb oʻylayman. MinaUktamova (munozara) 08:22, 2025-yil 11-may (UTC)Javob berish

("Braziliya madaniyati")

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum hurmatli @MinaUktamova. Nega yoki nima uchun "Braziliya madaniyati" sahifasini oʻchirishga tezda nomzod qilib koʻrsatdingiz, uni mashina tarjimasidan emas, men hech qanday avtomatik tarjimadan foydalanmadim, oʻzim yaratdim, bu maqolada yaqqol koʻrinib turibdi! Rahmat. (Fukualofa (munozara) 12:50, 2025-yil 8-iyun (UTC))Javob berish

Mashina tarjimasidan foydalanmaganingiz yaxshi, ammo maqolada tushunarsiz va gʻaliz jumlalar koʻp uchratdim. Ularni tuzatsangiz, maqola oʻchirilmasligi mumkin. MinaUktamova (munozara) 17:28, 2025-yil 8-iyun (UTC)Javob berish
Rahmat, maqolaga odam tushunadigan qilib oʻzgartirish kiritdim, qarab chiqing, iltimos. Rahmat, Yoqimli tahrirlar! (Fukualofa (munozara) 19:28, 2025-yil 8-iyun (UTC))Javob berish

Samir

[manbasini tahrirlash]

Nega bunday qilganingizni tushunmadim Sattorov samir (munozara) 13:39, 2025-yil 27-iyul (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing!

[manbasini tahrirlash]

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, W/ "Hasan Xamidovich" 05:54, 2025-yil 22-avgust (UTC)Javob berish

Nega Yunetta Akopyan haqidagi sahifani ochirish kerak

[manbasini tahrirlash]

Sabanini shuntirib bersangiz, Oʻzbekiston bloggerlaridan biri Jamminski (munozara) 17:15, 2025-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish

Ensiklopedik ahamiyat hamda Videoblogerlar boʻlimidagi qoidalarga mos kelmaydi. MinaUktamova (munozara) 17:49, 2025-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish
Hop, nega unaqada Ingiliz,rus vikipediyada blogerlar haqida sahifalar bor? 2025 yilda kopincha yoshlar blogerlik sohasida qiziqadi, meni fikrim boycha blogerlarniyam oʻzini joyi bor! Va men bu narsani ommalashtirish istagidaman, o'sha uchun menga qoyilgan taqiqni olishni sorab qolar edim🙏 Jamminski (munozara) 17:59, 2025-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish
P.S: Yana Teacher Azam,Kunduziy va Texnoplov kabi blogerlar yoshlarni ilhomlashtirishda katta rol oynayapti, hozirgi Vikipediyadagi malumotlarni o'zlarini videoroliklarida osonlashtirib shunturyapti. Ularni yoshlarni ulgayishiga katta hissasi bor va osha uchun mani fikrim boycha ular shu yerda joy olishi kerak Jamminski (munozara) 18:02, 2025-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish
Men sizga taqiq qoʻymadim. Keltirilgan qoidalar bilan tanishib chiqing. Oʻz istagingizga koʻra har kim haqida Vikipediyada maqola yaratishingiz mumkin emas. Avval oʻsha shaxslar hayoti/faoliyati nufuzli manbalarda yoritilgan boʻlishi kerak. MinaUktamova (munozara) 19:10, 2025-yil 26-sentyabr (UTC)Javob berish

Persian-Uzbek Wiki Collaboration 2025

[manbasini tahrirlash]
Persian-Uzbek Wiki Collaboration
We sincerely thank you for your valuable participation in the Persian-Uzbek Wiki Collaboration. Your involvement played a crucial role in the success of this event and contributed to strengthening cultural and knowledge-based collaboration between the Persian and Uzbek Wikipedia communities. We hope to have your continued support in our future initiatives. Wishing you success and ongoing collaboration.Persia (munozara) 19:38, 2025-yil 4-dekabr (UTC)Javob berish
Thank you! I'm glad to have been part of this event, and I wish you success in future projects. MinaUktamova (munozara) 06:08, 2025-yil 5-dekabr (UTC)Javob berish

Abdulhay Otaxo'jayev nega o'chirildi

[manbasini tahrirlash]

O'zbek tilini bilsangiz agar berilgan manbalarni o'qiy olasiz. Aynan maqola o'chib ketmasligi uchun shuncha web sahifalarga havolani berib qo'yganman. Shuningdek boshqa dublyaj aktyorlari haqida maqolalar mavjud emas, mening fikrimcha ko'plab insonlar bolaligida eshitgan ovozini tanishligi muhim. Yana e'tiborga oling, boshqa wikipediyadagi sahifalarda ushbu shaxsning ismi bir qancha paydo bo'lgan. Uzbekunknown (munozara) 00:19, 2026-yil 19-fevral (UTC)Javob berish

Siz ham oʻzbek tilini bilsangiz, maqolangiz qaysi mezon asosida oʻchirishga berilganini oʻqiy olasiz. Har qanday havola emas, nufuzli manbalar kiritilishi kerak. VP:EA bilan tanishib chiqing. MinaUktamova (munozara) 11:29, 2026-yil 22-fevral (UTC)Javob berish

Aniq.uz va Zamin.uz siz uchun muhim manba emasmi?

[manbasini tahrirlash]

Siz mening "Abdulhay Otaxo‘jayev" maqolasiga M6 shablonini qo‘yibsiz. Men bunga qat'iyan noroziman. Bundan tashqari ilgari ushbu maqola mendan oldin boshqa muallif yozgan edi. Ammo u bilan aloqaga chiqa olmaganim sababli maqolani o'zim yozishga qaror qilgan edim

Maqolada nufuzli OAV havolalari keltirilgan (Aniq.uz, Zamin.uz)

Ushbu shaxs O‘zbekiston dublyaj san'atida eng taniqli ovozlardan biri (xususan, Jek Chumchuq, Harry Potterdan Ron...) Istasangiz yana yuzlab filmlarni keltirib berishim mumkin.

Sizdan ushbu asossiz shablonni olib tashlashingizni so‘rayman. Bu shaxs Vikipediya nufuzlilik (VP:KMN) talablariga to‘liq javob beradi. Uzbekunknown (munozara) 15:47, 2026-yil 22-fevral (UTC)Javob berish