Vikipediya:Majlislar/Foydalanuvchi guruh yigʻini — sentabr 2020

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Biz 17-sentabr 2020-yilda Wikimedians of the Uzbek language User Group („Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi“) ochish masalasini faol va tajribali foydalanuvchilar bilan birgalikda muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazmoqchi boʻldik. Biroq, COVID-19 pandemiyasi sababli bu suhbatni Zoom platformasi orqali amalga oshirdik.

Onlayn yigʻin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boʻlib oʻtib, ushbu yigʻinda 8 kishi ishtirok etdi.

Ishtirok etgan vikichilar[manbasini tahrirlash]

  1. Asadbek Botirqulov
  2. BEGJIGIT
  3. Kagansky
  4. Malikxan
  5. Muxriddin Azimov
  6. Nataev
  7. Vikichizar
  8. Xusinboy Bekchanov

Nimalar boʻldi[manbasini tahrirlash]

Biz ushbu suhbat davomida dastlab foydalanuvchi guruh nima ekanligi, undan keyin esa foydalanuvchi guruh ochish qadamlari va ochgandan soʻng qilinadigan ishlarni yigʻinda ishtirok etgan foydalanuvchilar bilan birgalikda muhokama qildik. Biz, shuningdek, ushbu onlayn yigʻin davomida nafaqat Vikipediya, balki Vikilugʻat, Vikiiqtibos va shu kabi Vikimedianing boshqa oʻzbek tilidagi loyihalarini ham rivojlantirish va faol foydalanuvchilar sonini oshirish masalalarini koʻrib chiqdik.

Biz onlayn yigʻinda ishtirok etgan Vikipediya hamjamiyati faol ishtirokchilari bilan foydalanuvchi guruh ochishga va buni qadamma-qadam amalga oshirishga kelishib oldik.