Vegar Eggen Hedenstad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vegar Hedenstad
Hedenstad Norvegiya U21 bilan, 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vegar Eggen Hedenstad[1]
Tavallud sanasi 26-iyun 1991-yil (1991-06-26) (32 yosh)
Tavallud joyi Elverum, Norvegiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vålerenga
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Elverum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2007 Elverum
2008-2012 Stabæk 94 (6)
2012-2016 SC Freiburg 23 (0)
2012-2016 SC Freiburg II 9 (0)
2014-2015Eintracht Braunschweig (ijara) 28 (1)
2016-2017 FC St. Pauli 15 (0)
2017-2020 Rosenborg 100 (5)
2021-2022 Fatih Karagümrük 32 (1)
2022- Vålerenga 27 (2)
Milliy terma jamoa
2008 Norvegiya U17 13 (2)
2010 Norvegiya U19 5 (0)
2010-2013 Norvegiya U21 22 (0)
2011 Norvegiya U23 1 (0)
2012-2013 Norvegiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Vegar Eggen Hedenstad (talaffuzi: Vegar Eggen Xedenstad; 1991-yil 26-iyunda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi. Eliteserenning „Vålerenga“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hedenstad Elverumda tugʻilgan[2] va Elverum Fotball jamoasida oʻynagan, 2006-yilda uchinchi divizionda debyut qilgan[3], 14 yoshida jamoadagi eng kichik futbolchiga aylangan[4]. 16 yoshida Hedenstad „HamKam“ga qarshi shou-oʻyinda mahalliy iqtidorlardan iborat jamoada oʻynadi. „HamKam“ bosh murabbiyi Arne Erlandsen oʻyindan soʻng darhol Hedenstad bilan bogʻlandi va u bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini aytdi. Biroq, Hedenstad Stabæk bilan shartnoma imzoladi va 2008-yilgi mavsum oldidan klubga qoʻshildi[5].

Hedenstad Tippeligaendagi debyutini 2008-yilning 7-iyunida Strømsgodsetga qarshi oʻtkazdi va 2008-yilgi mavsumda[2] jami uchta oʻyinda maydonga tushdi. Stabæk Tippeligaenni yutib, chempionlik medalini qoʻlga kiritdi[5]

2014-yilning 4-iyulida Hedenstad Eintracht Braunschweig klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi[6].

2017-yil fevral oyida Rosenborgga qoʻshildi. 4 mavsumdan soʻng, 2020-yil dekabr oyida Hedenstadning shartnomasi yil oxirida tugaganidan keyin „Rosenborg“ni tark etishi eʼlon qilindi[7].

2021-yilning 5-yanvarida Hedenstad Turkiya Superligasining „Fatih Karagumruk“ klubi bilan shartnoma imzoladi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hedenstad Norvegiya U15 va U23 terma jamoalarini himoya qilgan[2] va 2013-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan.

Hedenstad terma jamoadagi debyutini 2012-yil 15-yanvarda Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida oʻtkazdi[9]. 2012-yilning oktyabr oyida yana Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirildi[10]. Jon Arne Riise yoʻqligida Hedenstad butun oʻyinni chap qanotda oʻtkazdi, ekspertlarning taʼkidlashicha, Hedenstad tez orada Norvegiyaning asosiy chap qanot himoyachisi sifatida Riise oʻrnini egallaydi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil yanvar oyida qiz doʻsti Charlotte saraton kasalligidan oʻlayotgani va umri tugashiga bir necha oy qolgani haqida bilganidan soʻng, Hedenstad professional futboldan tanaffus oldi. Oʻsha paytda atigi 17 yoshda edi[4][12]. 2012-yil may oyida Hedenstad yana bir fojiali oʻlimni boshidan kechirdi, uning Stabækdagi jamoadoshi Tor Marius Gromstad 22 yoshida qurilish maydonchasidagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-oktyabr, 2022-yil holatiga koʻra[13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Stabæk 2008 Tippeligaen 3 0 1 0 - - 4 0
2009 22 1 5 0 6 0 - 33 1
2010 27 1 2 0 2 0 - 31 1
2011 28 2 2 0 - - 30 2
2012 14 2 3 0 2 0 - 19 2
Jami 94 6 13 0 10 0 0 0 117 6
SC Freiburg 2012—2013 Bundesliga 16 0 4 0 - - 20 0
2013—2014 0 0 0 0 1 0 - 1 0
2015—2016 2. Bundesliga 7 0 1 0 - - 8 0
Jami 23 0 5 0 1 0 0 0 29 0
Eintracht Braunschweig (ijara) 2014—2015 2. Bundesliga 28 1 2 0 - - 30 1
FC St. Pauli 2016—2017 2. Bundesliga 15 0 1 1 - - 16 1
Rosenborg 2017 Eliteserien 27 2 0 0 10 1 1 0 38 3
2018 27 0 4 0 12 0 - 43 0
2019 27 2 4 0 13 0 - 44 2
2020 19 1 0 0 4 0 - 23 1
Jami 100 5 8 0 39 1 1 0 148 6
Fatih Karagümrük 2020—2021 Süper Lig 18 1 0 0 - - 18 1
2021—2022 14 0 0 0 - - 14 0
Jami 32 1 0 0 0 0 0 0 32 1
Vålerenga 2022 Eliteserien 24 0 3 0 - - 27 0
Jami 24 0 3 0 0 0 0 0 27 0
Jami faoliyati 316 13 32 1 50 1 1 0 399 15

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stabæk

Rosenborg

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vegar Eggen Hedenstad“ (no). Norwegian Football Federation. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Vegar Eggen Hedenstad“ (no). altomfotball.no. Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
  3. Sandvik. „Er årets opprykk til 2.divisjon starten på en ny storhetstid i Elverum fotball?“ (no). Elverum Fotball (2010-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 Bronken, Anders. „På trappene til noe stort“ (no). Østlendingen (2012-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
  5. 5,0 5,1 Stormoen, Stein-Erik. „Hedenstad kalt inn på sjefens kontor etter U21-kamp“ (no). Verdens Gang (2012-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  6. „Vegar Eggen Hedenstad wird ausgeliehen“ (de). eintracht.com (2014-yil 4-iyul). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-iyul.
  7. „Hedenstad ikke med i 2021“.
  8. „Gaston Campi ile Vegar Eggen Hedenstad, Fatih Karagümrük'te“. Qaraldi: 2021-yil 5-yanvar.
  9. „Elyounoussi reddet Norge: – Dette lover godt“ (no). vg.no. VG (2012-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
  10. „Drillo tok ut Eggen Hedenstad på landslaget“ (no). Aftenposten (2012-yil 30-oktyabr). 2012-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  11. „- Hedenstad vil true Riises faste plass“ (no). Østlendingen (2012-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  12. Bakkehaug, Wegard. „Vegar Eggen Hedenstads kjæreste døde av kreft: – Man blir fort voksen“ (no). TV 2 (2012-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
  13. „Vegar Eggen Hedenstad“ (no). altomfotball.no. TV 2. Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr.