Vayronalik shunday boshlandi...

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vayronalik shunday boshlandi...
Asl nomi Things Fall Apart
Muallif(lar) Chinua Achebe
Tarjimon(lar) Sharif Yusupov
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1958
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1968
Sahifalar soni 200

„Vayronalik shunday boshlandi...“ (inglizcha: Things Fall Apart) — nigeriyalik yozuvchi Chinua Achebe qalamiga mansub roman. Ilk bor 1958-yil Buyuk Britaniyada William Heinemann Ltd tomonidan chop etilgan. Roman ingliz tilida yozilgan zamonaviy Afrika romanlarining eng yaxshi namoyondasi oʻlaroq baholanadi.

„Vayronalik shunday boshlandi...“ Afrika maktablarida dars programmasiga kiritilgan va ingliz tilida soʻzlashuvchi dunyoda keng oʻrganiladi. Roman nomi Irland shoiri W. B. Yeatsning „Ikkinchi kelish“ deb nomlanuvchi sheʼrdagi misradan olingan.

Asarda igbolar (asarda „ibo“ deb berilgan) yetakchisi Okonkwo (talaffuzi: Okonvko) Umuofia (talaffuzi: Umuofiya) deb ataluvchi xayoliy Nigeriya qishlogʻida boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. „Endi halovat yoʻq“ (inglizcha: No Longer at Ease) (1960) hamda „Xudo nayzasi“ (inglizcha: Arrow of God) (1964) romanlari „Vayronalik shunday boshlandi...“ romanining davomi boʻlib, bu uch roman trilogiyani tashkil etadi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanda igbolar yetakchisi va kurash boʻyicha chempion Okonkwo (talaffuzi: Okonvko) Umuofia (talaffuzi: Umuofiya) deb ataluvchi xayoliy Nigeriya qishlogʻida boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. Roman uch qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismda Okonkwoning oilasi va ulgʻayishi hamda igbolarning urf-odatlari hazida soʻz yuritiladi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda esa Britaniya imperiyasi mustamlakachiligi hamda xristian missionerlarning igbo jamiyatiga oʻtkazgan taʼsiri haqida hikoya qilinadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Okonkwo (talaffuzi: Okonvko) – igbolar yetakchisi
  • Ekwefi (talaffuzi: Ekvefi) – Okonkwoning ikkinchi ayoli
  • Unoka (talaffuzi: Unoka) – Okonkwoning otasi
  • Nwoye (talaffuzi: Nvoye) – Okonkwoning oʻgʻli
  • Ikemefuna (talaffuzi: Ikemefuna) – qoʻshni qabiladan garovga olib kelingan bola
  • Ezinma (talaffuzi: Ezinma) – Okonkwoning sevimli qizi
  • Obierika (talaffuzi: Obiyerika) – Okonkwoning eng yaqin doʻsti
  • Ezeudu (talaffuzi: Ezeudu) – Umofiya qariyalaridan biri

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1964-yil „Xudojestvennaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashrga asoslanib Sharif Yusupov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1968-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Asar oxririda V. Vavilov yozgan soʻngsoʻz keltirilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Quljonov – muharrir, Yu. Zorkin – rassom, N. Kalentyev – rasmlar muharriri, V. Shuklinova – texnik muharrir, S. Tohirov – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.