Vasiliy Oshanin
Vasiliy Fedorovich Oshanin [1844.21.12(1845.2.1), Lipetsk viloyati Dankov tumani — 1917.25.1(7.2), Petrograd] — rus entomologi va sayyohi. Moskva universitetini tugatgan. 1872—1906-yillarda Turkistonda ishlagan. 1878-yil Pomirga ekspeditsiya uyushtirib, Fedchenko muzligini kashf etgan. Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va Rossiyaning Yevropa qismi oʻrta mintaqasi yarim qanotli va teng qanotli hasharotlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Yangi turlarni kashf qilgan, 5 mingdan koʻproq turlarning sistematik va geografik katalogini tuzgan.[1]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Zoogeograficheskiye zadachi v Turkestane, T., 1880; Zoogeograficheskiy harakter fauni polujestkokrilix Turkestana, SPB, 1891; Ukazatel literaturi pri opredelenii fauni polujestkokrilix, T., 1916.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |