Aleksey Fedchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844.7.2, Irkutsk — 1873.3.9.) — rus tabiatshunosi, Oʻrta Osiyoni tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan (1864). Zool.ga oid toʻplamlar va gerbariylar toʻplagan. Antropologiya va etn. bilan shugʻullangan. 1868—71 yillarda Olay vodiysiga sayohat qilgan. Olay orti tizmasini oʻrgangan. HisorOlay togʻ sistemasining 1orografik sxemasini tuzgan. Rishta kasalligi qoʻzgʻatuvchisining biologiyasini aniklagan. Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisiga chiqishda halok boʻlgan. F.ning toʻplagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, "A.P. Fedchenkoning Turkistonga sayohati" nomli rus tilidagi kitobida nashr qilingan (1872—77 va 1950-yillar). Pomir togʻidagi muzlik F. nomi bilan atalgan.