Varshava universiteti
Jump to navigation
Jump to search
Varshava universiteti -Polshadagi yirik oʻquv va ilmiy markaz. 1816 yil Varshava shahrida rus podshosi Aleksandr I farmoniga muvofiq Aleksandrov universiteti sifatida tashkil etilgan (1818 yil universitet maqomini olgan). 1917 yildan Polsha universiteti. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida universitet yopilgan. Mamlakat ozod etilgach, oʻz faoliyatini tiklagan. Universitet tarix, filol., psixologiya, pedagog, kimyo, geologiya, biologiya, fizika, matematika, yuridik va boshqa fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 55 ming talaba taʼlim oladi, 1500 ga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Universitet kutubxonasi (1817 yil tashkil etilgan)da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |