Kontent qismiga oʻtish

Varnalarning paydo bo‘lishi. Kasta-tabaqa tizimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kastaning ayrim alomatlari va kasta tizimining baʼzi ko‘rinishlari ko‘plab xalqlarda uchraydi. Hindiston kasta tizimining eng yorqin namunasini o‘zida mujassam etgan. „Kasta“ iborasi portugal tilida „urug‘“, „qavm“, „sifat“ maʼnosini anglatadi. Bu so‘z XVI asrda portugallar Hindistonga kirib kelib, Hind ijtimoiy tuzumi bilan tanishganlaridan so‘ng Yevropa tillariga ham yoyildi. Goho kasta tizimini faqatgina Hindistonga xos deb bilishadi. Bunga sabab, kasta tizimi aynan Hindistonda yaxshi rivojlangan va uzoq vaqt mobaynida saqlanib qolgan. Bu nom bilan hind jamiyatidagi bir-birlaridan ajralgan guruhlarni atay boshladilar. Hindistonda bunday toifadagi odamlarni — „jati“ degan sanskrit atamasi bilan nomlashgan[1].

Qadimgi hind jamiyatida „jati“ bilan bir vaqtda sinfiy jamiyat vujudga kelishidan avvalroq, so‘ng sinfiy jamiyatda qonunlashtirilgan va mukammallashgan qadimiy tizim — „varna“ — tabaqalar paydo bo‘ldi. Asta-sekin varnalar (braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar, shudralar) bir-birlaridan alohida ajralishdi. Ular shakl jihatdan kastalarga o‘xshab ketardilar. Aslida esa kasta bilan varna bir-biridan farq qiladi. Kasta — qadimgi Hindistonda kishilarning mehnat turi, hunari yoki ixtisosi bo‘yicha ajratilishi, varna esa — o‘sha jamiyatdagi aholini to‘rtta tabaqaga bo‘linishidir. Har bir kasta kishilari boshqa kasta odamlaridan ayricha alohida-alohida yashardi. Ular o‘rtasida har qanday munosabat yoki muloqotlar qatʼiyan taʼqiqlanardi. Bir kasta bilan ikkinchi kasta orasida qarindoshlik aloqalarini o‘rnatish qatʼiyan man qilingandi.

Varna so‘zining asosiy maʼnosi — „tur“, „rang“, „sifat“, „daraja“. Mana shu oxirgi maʼnosida bu so‘z qadimgi Hindistonda ko‘proq ishlatilgan. Ingliz olimi Beshem shunday xulosaga keladiki, har bir varna bir rangni: braxman — oq, kshatriy — qizil, vayshiy — sariq va shudra — qora rangni belgilar ekan. Veda rivoyatlarida to‘rttala varna ning birinchi odam — Nurupadan kelib chiqqani aytiladi. Nurushakasta madhiyasida hikoya qilinishicha, braxmanlar Purushaning og‘zi, kshatriylarning qo‘li, vayshiylarning son qismi, shudralarning oyog‘i dan paydo bo‘lgan emish. Olimlar varnalarning kelib chiqishini ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi bilan bog‘lashadi.

Shudralar tabaqasining vujudga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shudralar tabaqasining vujudga kelishi murakkabroq bo‘lgan. Bunga ikki narsa: iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etilgan fuqarolar va oriylar jamoasidan chiqarib tashlangan aʼzolarning ko‘payishi sabab bo‘lgan. Bular to‘rtinchi varnani tashkil qilishgan. Ammo u nafaqat qabiladoshlar, balki begonalar hisobiga ish ko‘paygan. To‘rtta varna tizimining rivojlanishi bir vaqtning o‘zida shimoliy Hindistonning ko‘p joylarida kuzatiladi.

Qadimgi xalqlarda jamiyatning bir guruh aʼzolarining boshqa aʼzolar ustidan ustunligi sifat ko‘rsatkichi deb qabul qilingan va din muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Eng oliy varna braxmanlar hisob langan. Braxmanlar diniy marosimlarni o‘tkazuvchilar edi. Jamoalarni muqaddas matnlar bilan tanishtirish, qurbonliklar qilish va muhim marosimlarni o‘tkazishga faqat braxmanlar haqli edi. Saroy kohini — puroxita davlat boshlig‘iga taʼsir o‘tkaza olardi.

Kshatriylar braxmanlardan keyingi tabaqada turishiga qaramay, ularning jamiyatdagi mavqelari baland, davlat, harbiy kuch, moddiy boyliklar hammasi kshatriylar qo‘lida edi. Braxmanlar adabiyotida bunday zodagonlarni turli xil: roja, rojaputra kabi nomlar bilan ataganlar.

Jamiyatning asosiy qismini vayshiylar tashkil qilgan. Ular asosan chorvadorlar va dehqonlar bo‘lib, braxmanlar va kshatriylarga kerakli moddiy boyliklarni yetkazib berishardi. Vayshiylar soliq to‘lovchi toifaga aylangan bo‘lsalar ham iqtisodiy tomondan mustaqil, yerga egalik qilish huquqiga ega, davlat apparatida muhim rol o‘ynar, piyoda askarlarning asosiy qismini tashkil qilar edilar. Vayshiylar vedalar davrida katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Ammo o‘sha vaqt lardayoq ular orasida mulkiy bo‘linish kuzatilgan.

Birinchi uchta varna-braxman, kshatriy va vayshiylar „ikki marta tug‘ilganlar“ toifasiga kirganlar. Shudralar esa bunday faxrli nomdan mahrum bo‘lganlar.

„Ikkinchi marta tug‘ilish“ marosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi uchta varnaga mansub odamlar voyaga yetganda „ikkinchi marta tug‘ilish“ marosimini o‘tkazganlar. Marosimning asosiy qismida voyaga yetgan bolaning bo‘yniga bog‘ich taqilgan. Har bir varna aʼzosi uchun bog‘ichlar har xil mato dan yasalgan. „Ikki marotaba tug‘ilgan“ning hayoti to‘rt ajrim   — bosqichdan iborat bo‘lgan. Birinchisida u braxmacharin — shogird, ikkinchisida grixasta — uy xo‘jayini, uchinchisida — vananrastxa — o‘rmon zohidi, to‘rtinchisida sanʼyami yoki ati — tarki dunyo qilgan zohid bo‘lgan. Birinchi bosqichda braxmacharin ustozi — guruning uyida yashaydi. Ustozga xizmat qilish, o‘qish uchun to‘lov o‘rnida bo‘lgan. Keyinchalik pul olib o‘qitadigan o‘qituvchilar ham paydo bo‘lgan. Hayotning ikkinchi qismida u uylanib, uy egasi bo‘lgan, u oilasini boqish va xudo yo‘liga o‘tkaziladigan rasm-rusumlarni ado etishi, qarib nevarali bo‘lgandan keyin, uyni tark etib, o‘rmonga ketishi va u yerda yolg‘izlikda qadimgi vedalarni o‘rganishi kerak edi.

Hayotning to‘rtinchi qismida o‘z hayotini tugatayotganini his qilib ko‘z yumishi kerak edi. Shudralarni „ikki marotaba tug‘ilganlar“ bilan birga o‘tirib ovqatlanishi taqiqlangan edi. Shudralarga „bir marta tug‘ilganlar“ deb qaralardi. Ularga diniy marosimlarda ishtirok etish, muqaddas kitoblarni o‘rganish man qilingan. Shudra larning davlat apparatida ishlashga haqlari yo‘q edi. Ularning qismati „ikki marta tug‘ilganlar“ga xizmat qilish edi. Shudralarga bo‘lgan bu munosabatdan ular ijtimoiy og‘ir ahvolda ekanligi va iqtisodiy mustaqil bo‘lmagani ayon. Shudralar odatda kambag‘al, past tabaqaga mansub kosib, malay edilar. Ular qul bo‘lmasalar-da, davr taqozosi bilan qul ahvoliga tushib qolishlari mumkin edi. SHunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi tabaqalar kelib chiqishiga olib keldi.

  1. Olimov, Fozil. Hindiston tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2014 — 69-bet. 

Oʻzbek tilida:

  1. Boynazarov, F.. Qadimgi dunyo tarixi (Darslik), Toshkent, 2004. 
  2. Lafasov, M.. Jahon tarixi (1918-2008), Toshkent, 2010. 

3. Gʻofurov A. Hindiston. FarDU. 2009.

Rus tilida:

1.Vasilev N. Istoriya Vostoka. 1-2 tom. M., 2004.

2. Vigasin A., Dandomaev M. Istoriya Drevnego Vostoka. -M., 2001.

3. Noveyshaya istoriya stran Azii i Afriki. XX vek. -M., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर „प्राचीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर „भारत का इतिहास“ प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र „आधुनिक भारत का इतिहास“ प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली „प्राचीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त „मध्यकालीन भारत का इतिहास“, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  „جدید تاریخ“،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M. K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. — Vol. 82. -№ 3. — P. 112-128.

2. Burns R. N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U. S. India Partnership // Foreign Affairs. — 2007. — Vol. 86. — № 6. — P. 37-44.

3. Burns R. N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U. S. India Partnership // Foreign Affairs. — 2007. — Vol. 86. — № 6. — P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm