Shudrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shudrlar — qadimiy Hindistondagi 4 ta ijtimoiy tabaqa (varna) ning eng quyisi. "Manu qonunlari"da aytilishicha, shahrining asosiy burchi "qayta tugʻilganlar" deb ataladigan yuqori varna vakillari (brahman, kshatriy, vayshi)ga xizmat qilishdan iborat boʻlgan. Sh. ning deyarli haqhuquqi boʻlmagan. Ular hindularning muqaddas kitoblari — "Veda"larni oʻqishi, hatto eshitishi ham man qilingan, "qayta tugʻilganlar" bilan birga maʼbudlarga qurbonlik marosimlarida qatnashish va h.k.dan mahrum edi. Kastalar 4 ta varnadan kelib chiqqan, degan fikrni ayrim mutaxassislar xato deb biladi. Hozir Hindistonda quyi toifa vakillari "Roʻyxatga olingan kasta (toifa)lar" deb ataladi va ular Konstitutsiya himoyasiga olingan.