Kohin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kohin (arab.) — gʻoyibdan xabar beruvchi, bashoratgoʻy. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili — farishta yoki jin bilan muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish qilishdan oldin uning oqibati qanday boʻlishini K.dan soʻrashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. — folbin deb oʻylashgan. Qurʼon oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) K. — folbin ham, majnun ham emasligi alohida taʼkidlangan. Umuman, islom anʼanasida K.lar kelajak haqida yolgʻon soʻzlovchilar sifatida talqin qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil