Vampirlar
Vampirlar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||
|
Vampirlar, arvoh shapalaklar yoki desmodsimonlar (Desmodontidae) – koʻrshapalaklar oilasi[1]. Vampirlar baʼzan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uzunligi 6,5–9 sm. Yuqori jagʻidagi kurak tishlari yirik va oʻtkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduksiyaga uchragan. Ichagi kalta, oshqozoni choʻziluvchan boʻlib, birdaniga koʻp miqdordagi oziqni saqlashga moslashgan. Vampirlar urugʻi Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Faqat issiq qonli hayvonlar qoni bilan oziqlanadi, odamga ham hujum qilishi mumkin. Kurak tishlari bilan oʻljasi terisini kesib, oqib chiqadigan qonni soʻrib oladi. Oʻljasi ogʻriq sezmaydi. Vampirlar soʻlagida qon ivishining oldini oladigan modda boʻladi. Vampirlar quturish kasalligining rezervanti (saqlovchisi) yoki tashuvchisi boʻlishi mumkin. Baʼzan vampirlar mollarga yetkazgan jarohat bitmasdan yiring boylaganida ular halok boʻladi. Katta yoki oddiy vampirlar (Desmodus rotundus) koʻp uchraydi. Ular chorvachilikka katta ziyon keltiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wetterer, Andrea L.; Rockman, Matthew V.; Simmons, Nancy B. (2000). "Phylogeny of phyllostomid bats (Mammalia: Chiroptera): data from diverse morphological systems, sex chromosomes, and restriction sites.". Bull. Am. Mus. Nat. Hist. 248: 1–200. doi:10.1206/0003-0090(2000)248<0001:popbmc>2.0.co;2. ISSN 0003-0090. http://digitallibrary.amnh.org/dspace/bitstream/handle/2246/1595//v2/dspace/ingest/pdfSource/bul/B248.pdf?sequence=1. Qaraldi: 2013-02-22.Vampirlar]]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.