Valeriy Kolesov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Kolesov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Valeriy Kolesov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Sankt-Peterburg
Murabbiyi Fyodor Klimov
Oldingi murabbiylari Lyudmila Velikova
Jamoasi Olympic Sport School St. Petersburg
Uchishni boshlagan 2005

Valeriy Viktorovich Kolesov (ruscha: Валерий Викторович Колесов; 2001-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalada qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Oʻzining sobiq sherigi Kseniya Axantyeva bilan birga 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempionatining kumush medali sohibi va 2019—2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolesov 2005-yilda konkida uchishni mashq qilgan. 2014-yilda juftlikda konkida uchish boʻyicha birinchi sherigi Kseniya Axanteyeva bilan birga musobaqalarda qatnasha boshlagan.

2016—2017-yilgi mavsumda[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Sankt-Peterburgda Vasiliy Velikov murabbiyligida Axanteva/Kolesov juftligi 2016-yil avgust oyining oxirida Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan. Noyabr oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Volvo Open Cup musobaqasida qatnashgan va jamoadoshlari Nika Osipova / Aleksandr Galiamovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2017—2018-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Axantyeva/Kolesov juftligi 2017-yil sentyabr oyida Latviyaning Riga shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida oltinchi oʻrindan joy olgan. Bu juftlik yanvar oyida Saranskda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida ham xuddi shunday yakuniy natijaga erishgan. Aprel oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar.

2018—2019-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyudmila Velikova, Nikolay Velikov va Vasiliy Velikov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtab borgan Axantyeva/Kolesov juftligi oʻz mavsumini avgust oyida 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida boshlagan. Slovakiyaning Bratislava shahrida oʻtkazilgan bosqichda qisqa dasturda ikkinchi, erkin dasturda uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sentyabr oyida juftlik Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida jamoadoshlari Polina Kostiukovich / Dmitriy Ialinni taxminan toʻrt ochkoga ortda qoldirib, qisqa dasturda ikkinchi va erkin dasturda birinchi oʻrinni egallagan[1]. Ushbu natijalar bilan Axantyeva/Kolesov juftligi 2018—2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va u yerda umumiy hisobda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2019 Russian Nationals musobaqasida ishtirok etgan va bu musobaqa ularning birinchi kattalar toifasida oʻtkazilgan turniri boʻlgan hamda u yerda oʻninchi oʻrindan joy olgan. Afsuski, Axantyeva oyogʻini sindirib olgani uchun juftlik oʻsmirlar toifasida oʻtkazilgan musobaqani tark etishga majbur boʻlgan.

2021—2022-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axanteva/Kolesov juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining 2021 JPG Slovakiya bosqichida ishtirok etgan. Juftlik qisqa dasturda ikkinchi oʻrinni egallagan, ammo erkin dasturda bir nechta xatolari tufayli umumiy natijada toʻrtinchi oʻrindan joy olgan.

18-aprel kuni Kolesov va Axanteva juftligi tarqalgani va Kolesov Yasmina Qodirova bilan juftlik hosil qilgani eʼlon qilindi.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axantyeva bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2018—2019
  • Interstellar

Hans Zimmer

  • Czardas

Vittorio Monti

2017—2018
  • Tarantella

Hans Zimmer, John Powell

2016—2017

Nino Rota

Hans Zimmer, John Powell

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Tadbir 16—17 17—18 18—19 19—20 20—21[2] 21—22
GP Rostelecom kubogi 6
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Jahon chempionati

2
JGP finali 4 3
JGP Chexiya 7 1
JGP Latviya 6
JGP Rossiya 1
JGP Slovakiya 3 4
JGP AQSh 2
Volvo Open Cup 2
Milliy
Rossiya chempionati 10 10 WD
Kattalar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

WD 6 WD 2 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

2 2
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]