Václav Havel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GAVEL (Havel) Vatslav (1936.5.10) — Chexiya prezidenti (1993 y.dan). 1989 — 92 y.larda Chexoslovakiya prezidenti; chex dramaturgi. Chexiya oliy texnika maktabini, Nafis sanʼat akademiyasining teatr fakultetini tugatgan. 1950 y.dan "Na Zabradli" teatrida sahna texnigi, dramaturg , rej. assistenti boʻlib ishlagan. 1968 y. "Mustaqil yozuvchilar klubi" uyushmasi raisi. Keyinchalik Chexoslovakiyada inson huquqlarini himoya qilish harakati yetakchilaridan biri boʻlgan. Bir necha marta qamalgan. 1989 y.dan "Fuqarolik forumi" harakati yetakchisi. Chexoslovakiya voqeligi toʻgʻrisidagi "Bogʻ tantanasi" (1963 y. sahnalashtirilgan, 1964 y. eʼlon qilingan), "Bildirish" (1965 y. sahnalashtirilgan), "Audiyensiya" (1975 y. radio orqali eshittirilgan), "Vasvasa" (1985), "Assonans" (1987) satirik pyesalari muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil