Edvard Beneš

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Benesh Eduard (1884 1948) — Chexoslovakiya davlat arbobi. 1918 — 35 yillarda tashqi ishlar vaziri. 1935-yil dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1936 yil Germaniya bilan maxfiy muzokara boshlab, Chexoslovakiyani parchalash haqidagi Myunxen bitimi imzolangach (1938 i.), isteʼfo berib, chet elga ketgan. 1940 yildan Londondagi chexoslovak muhojirlar hukumati va davlat kengashi raisi. 1946 yil iyunda Chexoslovakiya Demokratik Respublikasining prezidenti qilib saylangan (1948 yil iyunda isteʼfo bergan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil