Kontent qismiga oʻtish

Audiyensiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Audiyensiya (lot. audentia — tinglash, quloq solish) — davlat va ja-moat arboblari tomonidan chet el di-plomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audiyensiya — davlat boshligʻining diplomatik vakilni qabul qilishi. Bir davlat vakilining oʻz ishonch yorligʻini yoki chaqirib olish yorligʻini topshirishi ham Audiyensiyadir. 1815-yil 19-martda Venada diplomatik vakillar toʻgʻrisida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita davlat boshligʻidan Audiyensiya surashga faqat muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor. Muvaqqat ishlar vakili va boshqa darajali diplomatik vakillar Audiyensiya haqida shu davlat tashqi ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil