Urgʻochi ari sindromi
Urgʻochi ari sindromi (yoki Qirolicha ari sindromi) – ilk bor 1973-yilda Carol Tavris va uning ikki hamkori tomonidan aniqlangan fenomen[1]. „Urgʻochi ari“ – bu odatda erkaklar hukmronlik qiladigan sohalarda muvaffaqiyatga erishgan ayollarga qoʻllaniladigan kamsitish soʻzi hisoblanadi. Ushbu tipdagi ayollar asosan „erkaklik“ xususiyatlarini egallagan va muvaffaqiyat qozonish uchun ish joyidagi boshqa ayollardan uzoqlashadigan ayollar hisoblanadi. Shuningdek, ular ayol yordamchilariga yanada tanqidiy munosabatda boʻlishadi va oʻzlarini himoya qilish maqsadida yuqori lavozimlarga koʻtarishga urinadigan boshqa ayollarga yordam berishni rad etishadi[2].
Urgʻochi ari sindromi shunchaki afsona degan farazlar bor. Baʼzi odamlar „Urgʻochi ari“ soʻzi, hozirgi kunda erkaklarga teng boʻlgan ayollar uchun alohida soʻz yoʻqligi sababli qadimgi gender stereotiplarini davom ettiradi, deb hisoblashadi[3].
Urgʻochi ari sindromi bir nechta izlanishlar yordamida qayd etilgan. Toronto universiteti olimlari taxminiga koʻra, Urgʻochi ari sindromi ayollarning menejer sifatida ishlashi erkaklarga qaraganda qiyinroq kechgani sabab kelib chiqqan boʻlishi hamda erkak ishchilar uchun ayol menejer qoʻl ostida ishlash stress darajasini keltirib chiqarishi mumkin[4].
Urgʻochi ari sindromi uzoq vaqt davomida eʼtibordan chetda qolganining sabablaridan biri shundaki, erkaklardan farqli ravishda yuqori lavozimdagi ayollar koʻp hollarda oʻzlarining yordamchilari haqida xulosa chiqarishganda hech kim buni gender kamsitishning bir turimi yoki yoʻqligi haqida savollar bermaydi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gender stereotiplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urgʻochi ari sindromi qisman jamiyatda uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlgan gender stereotiplari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, bunda ayollarda anʼanaviy yetakchilik va muvaffaqiyatga yoʻnaltirilgan fazilatlar (yaʼni, qatʼiyat, qatʼiyatlilik) yetishmaydi – koʻpincha erkaklik xususiyatlari bilan maʼnodosh sifatida koʻriladi. Bu erkaklar koʻp boʻlgan ish muhitida professional ayollarni yuqoridagi fazilatlarni oʻrganishiga majbur qiladi. Urgʻochi arilar guruhidan uzoqlashib, „erkaklik“ xususiyatlarini namoyish qilish orqali oʻz joylarini himoya qilishlari kerakligini his qilishadi. Naomi Ellemers va boshqalarning soʻzlariga koʻra, „erkaklar koʻp boʻlgan ish muhitida ayollarning oʻz oʻrnini saqlab qolishi individual harakatchanlikni talab qiladi, yaʼni ular muvaffaqiyatga erishish uchun oʻzlariga va boshqalarga qolgan ayollardan farqli ekanligini isbotlashlari kerak“. 1976-yilda Ruble&Higgins tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yuqori lavozimlarda ishlaydigan ayollarning kichik guruhi oʻzlarini koʻproq „erkakcha“ soʻzlar bilan tasvirlashdi[5]. Bolalikda oʻgʻil bolalar yetakchi va qaror qabul qiluvchi shaxs qilib tarbiyalangan, lekin qizlar oʻzlarini haddan tashqari „xoʻjayin“ kabi tutsalar, ularni yoqtirmasliklari haqida ogohlantirilgan. Joyce Benenson oʻzi oʻtkazgan tajribada besh yoshli bolalar orasidagi yetakchilik raqobatida dominantlik qilgan oʻgʻil bolani boshqa oʻgʻil bolalar hurmat qilishini, ammo dominant qiz boshqa qizlarga yoqmasligini aniqladi. Oʻsmirlik va balogʻat yoshi, yetakchilik lavozimlariga oʻtish, erkak hamkasblari kabi yetakchilik qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan ayollar uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin[6].
1994-yilda V. OʻLeary va M. M. Ryan yuqori natijalarga erishgan ayollar „urgʻochi arilar“ sifatida qabul qilinishi mumkin, chunki ularning ayol xodimlari ularni xoʻjayin sifatida koʻrishga qiynalishini, ular ayol xoʻjayinlarini oddiy ayol, erkak boshliqlarini esa xoʻjayin sifatida koʻrishlarini aniqlashgan. Ayol xodimlar oʻzlarining ayol xoʻjayinlariga ikki baravar talab qoʻyib, ulardan erkak boshliqlarga qaraganda koʻproq tushunuvchan, tarbiyali va kechirimli boʻlishlari (odatdagi „ayollik“ fazilatlari)ni talab qilishgan[7].
Ayollar birligi yoki opa-singillik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar jamoada bir-biriga opa-singildek munosabatda boʻladi degan taxmin mavjud. Baʼzi ayollar yanada yuqoriroq lavozimlarga koʻtarilganlarida, unga moslashish va hurmat qozonish uchun turli birdamlik yoki opa-singillik bilan mos kelmaydigan fazilatlarni qabul qilishlari kerak. Judy Wacjmanning soʻzlariga koʻra, „Ayollarning erkaklar dominant boʻlgan sohalarda mavjudligi ularning erkaklarga oʻxshab qolishlari yoki erkaklarga qaraganda koʻproq erkak sifatida qabul qilinishi uchun xatti-harakatlarini oʻzgartirishga tayyor boʻlishlari bilan bogʻliq“. Shuhratparast ayollar oʻz martabalarini koʻtarish uchun nima qilish kerakligini tanlaganlarida, hokimiyat va yetakchilik lavozimlarini egallagan ayollarning notoʻgʻri tasavvurlari tufayli koʻpincha ular „urgʻochi ari“ deb ataladi[7].
Ish joyida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar, Urgʻochi ari sindromi madaniy taʼsirlar, ayniqsa, zamonaviy ish joyi bilan bogʻliq boʻlgan taʼsirlar mahsuli boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Niderlandiyada olib borilgan bir tadqiqot, eng koʻp „urgʻochi ari“ tendensiyasini namoyon qilgan ayollar, oʻz martabalarida gender asosidagi kamsitishning eng yuqori darajasini boshdan kechirgan ayollar ekanligini isbotladi. Naomi Ellemersning aytishicha, Urgʻochi ari fenomeni oʻz lavozimlarida oldinga intilayotgan ayollarga nisbatan qoʻllaniladigan gender kamsitishning natijasi. Muvaffaqiyatli boʻlish uchun qilgan qurbonliklarini yodda tutgan „Urgʻochi arilar“ boshqa, endi rivojlanayotgan ayollar ham qanday qilib yordamsiz yoki butun kuch va harakatni jalb etgan holda muvaffaqiyatga erishish mumkinligini bilishlari kerak, deb hisoblashadi[8].
1982-yilda Gutek&Morasch tomonidan olib borilgan tadqiqotda, ayollar va erkaklar ustunlik qiladigan ish joylarida ayollar erkaklar va ayollarning taxminan teng boʻlgan ish joyidan farqli oʻlaroq, genderga asoslangan kamsitish va jinsiy zoʻravonlikning yuqori darajasini boshdan kechirishlarini aniqladilar[9].
Ijtimoiy toifalash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy toifalash yoki oʻz-oʻzini toifalash nazariyasi ijtimoiy idrok etish jarayonlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan psixologik nazariya boʻlib, unda inson oʻzini va boshqalarni umumiy xususiyatlar asosida toifalarga guruhlaydi[10]. Ushbu nazariya goʻdaklik davridan boshlab oʻrnashib ketgan va odamlarning boshqalarni shaxs sifatida emas, balki kengroq ijtimoiy guruhning bir qismi sifatida idrok etish tarziga taʼsir qiladi. Ijtimoiy toifalarga boʻlinish yoʻli koʻpincha ongsiz jarayon, yaʼni shaxslar katta guruh yoki toifaning bir qismi sifatida oldindan belgilab qoʻyilgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Yuqori yutuqlarga erishgan ayollar oʻzlarini oʻsha belgilab qoʻyilgan xususiyatlardan kamroq narsa sifatida koʻrsatishganda, ular koʻpincha „Urgʻochi arilar“ deb nomlanadi. Erkaklar shuhratparast va qatʼiyatli boʻlishlari sabab buyuk yetakchilar sifatida koʻriladi, ayollar esa xuddi shu xususiyatlarni namoyon etishlari bilan koʻpincha „ayollarga xos boʻlmagan“, „boshliqcha“ sifatida qaraladilar[11].
Guruh ichidagi kelishmovchiliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional sohada, guruh ichidagi har qanday ish joyidagi odamlarning (odatda eksklyuziv) tarmogʻi boʻlib, ular ishdan tashqari norasmiy yigʻilishlarda yoki tadbirlarda qatnashadilar. Aynan mana shu norasmiy uchrashuvlarda hamkasblar bir-birlarini juda yaxshi darajada taniydilar va koʻpincha sohaviy bilimlar yoki ish joyidagi gap-soʻzlar baham koʻriladi. Koʻpincha, ayollar bu eksklyuziv guruhlarga oʻzlarining erkak rahbarlari tomonidan namoyon boʻladigan yaqinlik sababli deyarli qatnashmaydi. Ijtimoiy psixologiyada yana bir atama mavjud, yaʼni oʻxshashlikni jalb qilish – bu nima uchun yuqori malakali erkak rahbarlar boshqa erkaklarni oʻzi bilan teng malakali ayollardan ustun qoʻyishini anglatadi. Ayollar uchun yuqorida kamroq martabalar qolgan va u yerga chiqish qiyinroq, Urgʻochi ari sindromi aniq maqsadga ega ayollar uchun kurash mexanizmi boʻlib qolmoqda[12].
Siyosiy emotsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyosiy qismlardagi emotsiyalar urgʻochi ari fenomeni uchun muhim rol oʻynaydi, masalan qanday qilib ayollarni qoʻllab-quvvatlash va erkaklar asosiy rolda boʻlgan joylarda oʻzlarini qanday tutish kabi holatlar. Ayollar erkaklarda maqtovga sazovor boʻlgan xuddi shunday darajadagi malakani namoyish etganda, ularning yoqimsiz va sovuqqon deb qabul qilinishi isbotlangan. Baʼzi fazilatlar va his-tuygʻular masalasida erkaklar va ayollar majburan alohida toifalarga ajratilib, uygʻun kuchlar oʻrniga bir-biriga qarshi kuchlar sifatida qaraladi. Ayniqsa, ish joyida va ilmiy doiralarda, ayollar bu ikki kuch oʻrtasidagi chegaralarni buzganda, masalan, kasbiy sohada yuqori malaka yoki katta muvaffaqiyatga erishganda, ular „urgʻochi ari“, „muzday sovuq ayol“ va „yengiltak“ kabi haqoratli soʻzlarning nishoniga aylanadi. Bundan shu narsa koʻrinib turibdiki, erkaklar asosiy rola boʻlgan ish joylarida, erkakcha hatti harakat va xarakter koʻrsatganliklari uchun jazolanishadi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Blau, Francine; DeVaro, Jed (June 2006). "New Evidence on Gender Difference in Promotion Rates: An Empirical Analysis of a Sample of New Hires". National Bureau of Economic Research (Cambridge, MA). doi:10.3386/w12321.
- ↑ Klemesrud, Judy. „WOMEN IN MEDICINE FIND A NEED FOR SUPPORT (Published 1981)“ (en-US). The New York Times (1981-yil 13-aprel). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ Elsesser, Kim „Queen Bees Still Exist, But It's Not The Women We Need To Fix“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ Irvine, Chris „Women find working for female bosses more stressful“ (en-GB). The Telegraph (2008-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ Eisenberg, Nancy „The effects of sex-role attitudes and group composition on men and women in groups“ (inglizcha). SpringerLink. Springer Nature (mart 1985). Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
- ↑ Hans, Valerie P.; Eisenberg, Nancy (1985-03-01). "The effects of sex-role attitudes and group composition on men and women in groups" (en). Sex Roles 12 (5): 477–490. doi:10.1007/BF00288170. ISSN 1573-2762. https://doi.org/10.1007/BF00288170.
- ↑ 7,0 7,1 Mavin, Sharon (2006-06-01). "Venus envy: problematizing solidarity behaviour and queen bees". Women in Management Review 21 (4): 264–276. doi:10.1108/09649420610666579. ISSN 0964-9425. http://dx.doi.org/10.1108/09649420610666579.
- ↑ Faniko, Klea; Ellemers, Naomi; Derks, Belle; Lorenzi-Cioldi, Fabio (2017-04-09). "Nothing Changes, Really: Why Women Who Break Through the Glass Ceiling End Up Reinforcing It" (en). Personality and Social Psychology Bulletin 43 (5): 638–651. doi:10.1177/0146167217695551. ISSN 0146-1672. PMID 28903635. PMC 5414903. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5414903.
- ↑ Derks, Belle; Van Laar, Colette; Ellemers, Naomi (2016-01-15). "The queen bee phenomenon: Why women leaders distance themselves from junior women". The Leadership Quarterly 27 (3): 456–469. doi:10.1016/j.leaqua.2015.12.007. ISSN 1048-9843. http://dx.doi.org/10.1016/j.leaqua.2015.12.007.
- ↑ Liberman, Zoe; Woodward, Amanda L.; Kinzler, Katherine D. (2017-05-09). "The Origins of Social Categorization" (en). Trends in Cognitive Sciences 21 (7): 556–568. doi:10.1016/j.tics.2017.04.004. PMID 28499741. PMC 5605918. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5605918.
- ↑ Holmes, Michael „Why are there so few women CEO's?“. World Economic Forum (9-sentabr 2019). Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
- ↑ Baykal, Elif; Soyalp, Erkan; Yeşil, Rahime „Queen Bee Syndrome: A Modern Dilemma of Working Women and Its Effects on Turnover Intentions“, . Strategic Outlook for Innovative Work Behaviours, Contributions to Management Science, 2020 — 165–178-bet. DOI:10.1007/978-3-030-50131-0_9. ISBN 978-3-030-50130-3.
- ↑ Heilman, Madeline E. (January 2001). "Description and Prescription: How Gender Stereotypes Prevent Women's Ascent Up the Organizational Ladder". Journal of Social Issues 57 (4): 657–674. doi:10.1111/0022-4537.00234. ISSN 0022-4537. http://dx.doi.org/10.1111/0022-4537.00234.