Ummon (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ummon
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2007-2020
Janr Pop-sokin
Sobiq aʼzolar
  • Zohid Rixsiyev
  • Jasur Rafiqov
  • Shohruh Isamuhammedov

Ummon — Zohid Rixsiyev tomonidan tuzilgan musiqiy guruh. Guruh 2007—2008-yillarda Sokin tun[1] qoʻshigʻi bilan shuhrat qozondi.

Ummon guruhi auditoryasi asosan yoshlar uchun moʻljallangan. Ummon guruhi 2007-yilda yigitlarning qoʻshiq ijro etishga qiziqishi natijasida havaskor guruh sifatida tashkil topgan.Boshida ular guruhni nomini „Jazo“ deya nomlashgan.Bu nom koʻpchilikka yoqmaganligi sababli „Ummon“ga oʻzgartirishgan.Guruh sifatida ularning ilk qoʻshigʻi. Ummon guruhi hozirgi kunga Oʻzbekistonda 1-raqamli guruhga aylandi.

Guruhning birinchi konserti 2010-yil 18-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida, ikkinchisi 2011-yil 1-iyun „Istiqlol“ sanʼat saroyida 2 seansda, uchinchisi 2011-yil 17-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida boʻlib oʻtgan. 2015-yil 27-28-may kunlari Istiqlol Sanʼat saroyida „Eslab qol“ nomli konsert dasturi. Ummon guruhi 2016 1,2-iyun kunlari „Istiqlol“ sanʼat saroyida „Hammamiz birga“ nomli konsert dasturini muhlislarga ulashishdi.Lekin gurux 2018-yilning yoziga kelib tarqalib ketdi, yani Zohid Rixsiyev yakkaxon ijrochi va Jasur va Shoxrux ummon guruxi deb ataladigan boʻlishdi.2020-yil boshlarida guruhdan Jasur Rapikov chiqib ketdi va buyogʻiga Shoxruh (Ummon) tahallusi ostida oʻzi ijodda davom etdi va 2020-yil oxirida Shoxruh ham sanʼatni tark etdi va shu tariqa guruh tugatildi. 2022-yil 14-noyabr kuni Ummon guruhi aʼzosi Jasur Rapikov saraton kasalligi oqibatida vafot etdi.

YouTubeda eng koʻp koʻrilgan tarona: Ummon Xiyonat 15 mln +

Ummon guruhining maʼmuri Doniyor Alimuhamedov.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gulnoza — Jasur Rafiqovning rafiqasi. 2015-yilda uylangan.
  • Aziza — Shohruh Isamuhammedovning rafiqasi. 2016-yilda uylangan
  • Kamola-Zohid Rixsiyevning rafiqasi 2020-yilda uylangan.

2022-yil 14-noyabr kuni Ummon guruhining sobiq aʼzosi Jasur ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi.

Shuningdek shu guruh aʼzosi Zohid Rixsiyev 29-sentabr 2022-yil sanasida sodir boʻlgan avtokatastrofa tufayli koma xolatiga tushib qolgan va hali hamon u koma xolatida deyiladi ishonchli manbalarda.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Izoh
2015 „Qanday unutding?“
„Aytgin menga?“
„Ana endi yigʻla“
„Doʻst“
„Sevgi fazosi“ (Samandar qoʻshigʻiga kaver)
2007 „Sokin tun“
„Sevaveraman“
2012 „Vo ajab“ (Munisa Rizayeva bilan)
2013 „Toʻxta“
„Kechirgin“ „Soʻrama uni“
„Voz kechmasa“
„Vaqt“
„Yana-yana“
„Munchoqqinam“
„I’m a Disco (Ayama disco)“
2014 „Sen kechir“
„Eslab qol“
2015 „Eslama uni (with Prince Khalil)“
„Sensiz“
„Abadul abad“
„Shoshilma“
„Hammasi yolgʻon“
„Shamol“
„Azizam“
„Hammamiz birga“
2016 „Aybim“
„Qiynama yuragimni“
„Kelmasa malol“
„Yangi yil“
„Qoʻgʻirchoq“
2017 „Havoni qara“
„Unday aldama“
„Izlaringa“
„Layli“
2018 „Yogʻganda qor“
„Bir Kun“
„Oʻq tegdi“
„Tamom“
„Oq terak (feat Munisa Rizayeva)“

Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Rejissor 2012 Qanday unutding „Vo ajab“ (Munisa Rizayeva bilan)
2015 „Tola“ Rauf Parpiyev (Nabiyev)
2017 „Sen meniki emassan“ Sanjar Matkarimov
„Qoʻgʻirchoq“
2018 „Oq gulim“

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dadamning sovgʻasi — 2012 — Ummonchilar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]