Umar ibn Ali
Umar ibn Ali ibn Abu Tolib عُمَر بن عَلیّ بن اَبی طالِب | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Imom Husayn ziyoratgohi, Karbalo, Iroq | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohi |
Umar ibn Ali (arabcha: عُمَر بن عَلیّ) – Ali ibn Abu Tolibning farzandlaridan biri. Akasi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borgan va Ashuro kuni oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Alining Umardan (Umar al-Asgʻar deb ham atalgan) tashqari Umar al-Akbar ismli yana bir oʻgʻli boʻlib, uning onasi Ummu Habib as-Sahba Karbalo jangi vaqtida hayot boʻlmagan.
Nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayrim sunniy manbalarda Umarni Umar al-Akbar[1] deya tilga olishgan. Tekonimi Abulqosim[2][3] yoki Abu Hafs boʻlgan. Ayrim tarixiy manbalar onasining ismini Robi’a at-Tagʻlibiyning qizi as-Sahba (Ummu Habib) deya maʼlumot bergan[4] boʻlsa, baʼzilar uning ismini Laylo binti Mas’ud ad-Daramiy deya xabar bergan. Sunniy olim al-Faxr ar-Roziy tomonidan Umar Imom Alining kenja farzandi ekanligi eslatib oʻtilgan[5].
Karbalo jangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umar ibn Ali Ashuro kuni Karbalo jangiga kirgan va dushmanga hujum qilgan. Akasining qotili Zahrga hujum uyushtirib, uni oʻldirgan. Sunniy faqihi Axtab Xorazm Umarning ukasi Abu Bakr shahid boʻlganidan keyin oʻldirilganini xabar qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, dushman askarlari avval uning otini yiqitgan, keyin esa Umarning oʻzini shahid qilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu 'Abd Allah Muhammad ibn Sa'd ibn Mani' al-Basri. Al-tabaqat Al-kubra. Al Manhal, 2013 — 14-bet. ISBN 978-6057702463.
- ↑ َAli ibn Muhammad Alavi Amrī. al-Majdī fī ansāb al-ṭālibīn, الأصيلي في أنساب الطالبين. کتابخانه عمومی حضرت آيت الله العظمی مرعشی نجفی (ره), 1376 — 7-bet.
- ↑ Al-Sayyid Ahmad b. 'Ali b. Husayn al-Husayni. Umdat al-talib fi ansab Al Abi Talib — 362-bet.
- ↑ Öz, Mustafa. ALİ EVLÂDI(Children of Ali) - An article published in Turkish Encyclopedia of Islam (tr). Istanbul: TDV İslâm Ansiklopedisi, 1989 — 392–393-bet. Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
- ↑ al-Fakhr al-Razi. Al-Shajarat al-mubāraka fī ansāb al-Ṭālibīyya. Ayatollah Mar'ashi Najafi Library, 1998 — 189-bet.
- ↑ al-Muwaffaq b. Ahmad Akhtabb Khwarizm. Maqtal al-Husayn. Anwar al-Huda, 1997 — 28–29-bet.