Ukraina-Buyuk Britaniya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buyuk Britaniya–Ukraina munosabatlari

Buyuk Britaniya

Ukraina

Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi — Vadim Pristayko va Britaniyaning Ukrainadagi elchisi — 2019-yilda tayinlangan Melinda Simmons.[1] Ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri, yaʼni 2022-yilgi Rossiya bosqinidan keyin, Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatganligi sababli munosabatlar juda yaqin boʻldi.[2]

Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Atle hukumati (1945—1951) tomonidan berilgan ishlashga ruxsatnoma sxemalari ukrainaliklarni Lankashir tegirmonlarida va Lea vodiysi (Middlesex/Esseks) issiqxonalarida ishlash uchun yollagan. Buyuk Britaniyaga koʻp sonli ukrainaliklar (asosan Germaniyadagi lagerlardan koʻchirilganlar) kelib qolgan. Ukrainaliklar Buyuk Britaniyaga Yevropa ixtiyoriy ishchilari sifatida kelishgan, Polsha va Germaniya armiyalaridan boʻlgan ukrainalik harbiy asirlar ham demobilizatsiya qilingan va Buyuk Britaniyaning yirik shaharlariga joylashtirilgan.[3] Bosh vazir Margaret Tetcher iyun oyida Sovet Ittifoqining tarkibidagi Ukrainaga tashrif buyurgan.

Mamlakatni taqqoslash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina Ukraina Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Aholisi 43,733,762 67,081,000[4]
Hududi 603,500 km2 243,610 km2
Aholi zichligi 72.5/km2 278.7/km2
Poytaxti Kiyev London
Katta shahri Kiyev — 2,847,200 London — 8,174,100[5]
Hukumat Unitar, Prezident boshqaruvidagi konstitutsion respublika Unitar, parlamentar konstitutsion monarxiya
Hozirgi rahbari Prezident Volodimir Zelenskiy
Bosh vazir Denis Shmihol
Qirolicha Yelizavetta II
Bosh vazir Boris Jonson
Rasmiy tili Ukrain tili Ingliz tili
Diniy mansublik 87.4 % Xristian, 11 % dinsiz, 0.4 % Iudaizm, 0.1 % Buddizm,
0.1 % Hinduizm, 0.1 % Paganizm, 0.1 % boshqa (2018)
59.4 % Xristian, 25.7 % dinsiz, 7.8 % Unstated, 4.4 % Islom,
1.3 % Hinduizm, 0.7 % Sikxizm, 0.4 % Iudaism, 0.4 % Buddizm (2011)
Etnik guruh 77.8 % Ukrainlar, 17.3 % Ruslar, 0.6 % Belaruslar, 0.5 % Moldovanlar, 0.5 % Qrim tatarlar,
0.4 % Bulgʻorlar, 0.3 % Vengrlar, 0.3 % Ruminlar, 0.3 % Polyaklar, 1.7 % boshqalar (2001)
87 % Inglizlar, 7 % osiyoliklar, 3 % negrlar, 2 % aralash tur, 1 % boshqa (2011)
YaIM $8,668 $42,511
Aholi jon boshiga YaIM $130.7 mlrd $3.056 trillion


Ukraina mustaqilligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda SSSR bir necha davlatlarga parchalanib, mamlakatlar mustaqillikka erishgach, 1991-yil 31-dekabrda Buyuk Britaniya Ukraina mustaqilligini tan oldi. 1991-yil avgustda Ukraina Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishgandan soʻng, Ukraina va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1992-yil 10-yanvarda diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. 1992-yil oktabr oyida Ukraina Londonda elchixonasini va 2002-yil fevral oyida Edinburgda Bosh konsulligini ochdi. Buyuk Britaniyaning Kiyevdagi Bosh konsulligi 1991-yil noyabrda ochildi va 1992-yil yanvarda elchixonaga aylandi.[6] 2005-yilgacha Ukraina prezidentlari Buyuk Britaniyaga ikki marta — 1993-yil fevral va 1995-yil dekabr oylarida tashrif buyurishdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri 1996-yil aprel oyida Ukrainaga tashrif buyurdi. 2008-2009-yillarda barcha darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadalligi oshdi. Xususan, Ukraina Prezidenti Viktor Yushchenko Buyuk Britaniyaga uch marta tashrif buyurgan: 2008-yil may, oktabr va 2009-yil yanvar oylarida. 2008-yil may oyidagi tashrif natijasida Ukraina-Britaniya munosabatlarining strategik xususiyati rasman eʼlon qilingan Qoʻshma bayonot imzolangan.[7]

Ukraina-Britaniya aloqalarida ikki tomonlama munosabatlar oʻrnatilgandan beri yadroviy qurollar boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻldi.[8] Buyuk Britaniya, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolaridan biri edi va yadroviy dastur aʼzosi sifatida, SSSRdan Buyuk Britaniyaning arsenal (qurol-yaroq)idan ancha yuqori boʻlgan uchinchi yirik yadroviy arsenalni meros qilib olgan Ukrainaga ehtiyotkor munosabatda edi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya Xavfsizlik kafolatlari boʻyicha Budapesht memorandumini imzolashning uchta asosiy tashabbuskorlaridan biri va yadroviy arsenaldan xalos boʻlishga rozi boʻlgan mamlakatlarning, xususan, Ukrainaning xavfsizlik boʻyicha uchta asosiy kafillaridan biri edi. Hujjat 1994-yil 5-dekabrda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan YeXHT konferensiyasida imzolangan. Unga koʻra, SSSRdan meros sifatida qolgan Belarus, Qozogʻiston va Ukrainaning Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomaga qoʻshilishi va yadro qurollardan voz kechishi bilan bogʻliq xavfsizlik kafolatlarini taʼminlaydi. Memorandum dastlab uchta yadroviy davlat — Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya va Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan imzolangan.[9]Xitoy va Fransiya alohida hujjatlarda biroz zaifroq shaxsiy kafolatlar berdi. Aynan hozirgi kunda Budapesht memorandumi kafilchisi sifatida Buyuk Britaniya Ukrainani himoya qilib kelmoqda.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg va Ukraina tashqi ishlar vaziri Leonid Kojara, Londonda, 13-may, 2013-yil.

2014-yilda Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan soʻng, Buyuk Britaniya Rossiyaga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yuborilgan Budapesht memorandumi boʻyicha Ukraina oldidagi majburiyatlarini buzish ekanligini taʼkidladi.[10] Buyuk Britaniya va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlar hozirda juda yaqin, mamlakatlar oʻrtasida muntazam ikki tomonlama tashriflar amalga oshirilmoqda va siyosiy muloqot xalqaro masalalarning toʻliq spektrini qamrab olgan.[11] Ukraina inqilobi va Ukrainadagi rossiyaparast tartibsizliklar boshlanganidan beri Buyuk Britaniya Ukrainani faol qoʻllab-quvvatladi va Rossiyaning harakatlarini ochiqchasiga qoraladi. Buyuk Britaniya Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatladi. Shu nuqtayi nazardan, London bir tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda bir qator sanksiyalar va cheklovchi choralarni qoʻlladi.

2014-yil boshidan buyon quyidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi:

  • Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning Ukrainaga tashrifi doirasidagi uchrashuvi (3-mart),
  • Bosh vazir Arseniy Yatsenyukning Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvi. Bryusselda boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi sammiti (6-mart); *Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron uchrashuvi, shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari darajasidagi bir qator uchrashuvlar (3-mart, 7-may, 23-iyun).[12]

2015-yil 12-fevralda ikkinchi Minsk protokoli imzolandi. Minsk protokollari ikkita hujjatdan iborat: „Minsk kelishuvlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻplami“ va "12-fevralda qabul qilingan Minsk protokolini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻplamini qoʻllab-quvvatlash deklaratsiyasi. 2015-yil „Ukraina ichida markaziy hukumatga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar va Ukraina sharqidagi fuqarolar oʻrtasida qurolli mojaroning oldini olish uchun: Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi tuzildi. 2021-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya va Ukraina Ukraina chegarasida Rossiya kuchlarining toʻplanishiga javoban yangi minalarga qarshi kemalar, raketa katerlari, fregatlari va boshqa harbiy-dengiz texnikasi bilan Ukrainaning harbiy-dengiz kuchlarini kuchaytirish boʻyicha Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladilar.[13]

Harbiy hamkorlik va NATO[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya va Ukraina NATOning uzoq muddatli mashgʻulotlari doirasidagi harbiy hamkorlik va oʻquv dasturlarini kuchaytirishga kelishib oldilar. 2020-yil iyun oyida NATO Ukrainani kengaytirilgan imkoniyatlar hamkori sifatida rasman tan oldi. Bu maqom NATO boshchiligidagi operatsiyalar va missiyalarga katta hissa qoʻshgan mamlakatlarga beriladi. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bu qarorni olqishladi va ikki davlat oʻrtasida olib borilayotgan harbiy tayyorgarlik dasturlarini yuqori baholadi.[14]

2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Buyuk Britaniya Ukrainaga mudofaaviy harbiy yordam (shu jumladan 2000 ga yaqin NLAW tankga qarshi raketa tizimlari), gumanitar yordam va Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari koʻrinishida katta yordam koʻrsatdi. Bungacha u „Orbital“ operatsiyasi doirasida 22 mingga yaqin ukrainalikni oʻqitgan edi. Britaniya havo kuchlari Rossiyaning quruqlikdagi harakatlari haqida razvedka maʼlumotlarini yigʻish uchun kuzatuv samolyotlarini ham yubordi.[15] 2022-yil 18-mart kuni ukrainalik respondentlar Reyting guruhi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Buyuk Britaniyani Ukrainani Polsha va Litvadan keyin qoʻllab-quvvatlovchi uchinchi davlat deb tanladilar. 2022-yil 17-fevralda Rossiya harbiy kuchlarining kuchayishiga javoban Buyuk Britaniya, Polsha va Ukraina uch davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha Britaniya-Polsha-Ukraina uch tomonlama paktga kelishib oldilar.[16] Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 2022-yil 20-mart kuni Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi chogʻida Buyuk Britaniyaning Ukrainani qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. U shunday dedi:

“Bu yil Buyuk Britaniya birinchi boʻlib bizga mudofaa qobiliyatimizni oshirgan jiddiy qurollarni taqdim etganini juda qadrlaymiz. Sizning rolingiz alohida, sizning jasoratingiz va ruhingiz boshqa mamlakatlarning passivligidan keskin farq qiladi.“

2022-yil 7-may kuni Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1,3 milliard funt sterling (1,60 milliard dollar) harbiy va gumanitar yordam berishini eʼlon qildi.

Madaniy va iqtisodiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya Ukrainaning asosiy savdo hamkori, u Ukrainadagi beshinchi yirik investordir.[17] 2001-yilgi aholini roʻyxatga olishda Buyuk Britaniyada Ukrainada tugʻilgan 11 913 kishi qayd etilgan. Buyuk Britaniyada yashovchi ukrainaliklarning katta qismi ukrain katoliklari, boshqa koʻplab ukrainalik britaniyaliklar esa yahudiylardir.

Elchixonalar va konsulliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina elchixonasi. London.
Ukraina konsulligi. London

Ukraina elchixonasi Buyuk Britaniyadagi Londonning Holland Park mahallasida joylashgan. Buyuk Britaniya elchixonasi Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan.[18] Ukrainani Londonning Notting Hill mahallasida va Edinburgda konsulliklarni ishlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://uk.mfa.gov.ua/en/governance/vadym-prystaiko
  2. https://www.gov.uk/world/organisations/british-embassy-kyiv
  3. https://www.express.co.uk/news/politics/1594310/Boris-Johnson-Volodymyr-Zelensky-War-Ukraine-Russia-NATO-Weapons-Visit-Allies-Support-VN
  4. „UK Population Estimates (June 2021) - Office of National Statistics“.
  5. „Metropolitan Area Populations“. Eurostat (18-iyun 2019-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2019-yil.
  6. https://www.ons.gov.uk/peoplepopulationandcommunity/populationandmigration/populationestimates/
  7. http://appsso.eurostat.ec.europa.eu/nui/show.do?dataset=met_pjanaggr3&lang=en
  8. „arxiv nusxasi“. 8-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
  9. https://day.kyiv.ua/en/article/close/assurances-without-guarantees-shelved-document
  10. https://nationalpost.com/category/news/
  11. https://web.archive.org/web/20171019081043/http://dag.un.org/bitstream/handle/11176/44537/A_49_765%3bS_1994_1399-EN.pdf?sequence=21&isAllowed=y
  12. https://www.gov.uk/world/ukraine#priorities
  13. „arxiv nusxasi“. 27-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
  14. https://tass.com/world/758910?utm_source=en.wikipedia.org&utm_medium=referral&utm_campaign=en.wikipedia.org&utm_referrer=en.wikipedia.org
  15. https://www.nato.int/cps/en/natohq/news_176327.htm
  16. https://www.kyivpost.com/ukraine-politics/nato-designates-ukraine-as-enhanced-opportunities-partner.html?cn-reloaded=1
  17. https://www.gov.uk/government/news/joint-statement-by-the-united-kingdom-poland-and-ukraine-17-february-2022
  18. „arxiv nusxasi“. 24-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]