Oq idil
Jump to navigation
Jump to search
Oq idil | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 430 km |
Maydoni | 142 000 km² |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Boshqirdiston Respublikas |
ГВР | 10010200112111100016731 |
Vikiomborda "Oq idil" nomli sahifa mavjud |
Oq idil — Boshqirdiston Respublikasidagi dare. Kamaning chap irmogʻi. Uz. 1430 km, havzasining maydoni 142 ming km². Iremel shahri sharqidan (Jan. Ural) boshlanadi. Yuqori oqimida Jan. Ural togʻlari orasidan, Ufa da-ryosi quyiladigan joydan quyirokda tekislikda oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Birsk yaqinida 858 m³/sek. Noyab.da muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Nugush, Sim, Bir, Tanip, Ufa; chapda — Ashkadar, Urshak, Karmasan, Chermasan, Baza, Syun, Dyoma. Ufa shahridan boshlab kema qatnaydi. O.I. boʻyida Beloretsk, Salavat, Shimbay, Sterlitamak, Ufa, Birsk shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |