Tyrese Campbell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tyrese Campbell
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tyrese Kai Campbell[1]
Tavallud sanasi 28-dekabr 1999-yil (1999-12-28) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Cheadle Hulme, Angliya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Stoke City
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014—2016 Manchester City
2016—2018 Stoke City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Stoke City 97 (21)
2019Shrewsbury Town (ijara) 15 (5)
Milliy terma jamoa
2015

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2019

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-oktyabr uchun)

Tyrese Campbell (talaffuzi: Tereze Kampbel) (1999-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Tyrese Campbell „Stoke City“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyrese Campbell Buyuk Manchesterning Cheadle Hulme shahrida tugʻilgan va xususiy Cheadle Hulme maktabida oʻqigan[4]. Tyrese Campbellning otasi Kevin Campbell „Arsenal“, „Everton“, „Nottingham Forest“ va „West Bromwich Albion“ futbol klublarida oʻynagan sobiq professional futbolchi edi[5][6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyrese Campbell oʻz faoliyatini „Manchester City“ futbol klubining akademiyasida boshlagan. 2016-yilning yozida Tyrese Campbell klub bilan professional shartnoma imzolash imkoniyatidan voz kechgan. Buning oʻrniga Tyrese Campbell „Stoke City“ futbol klubi bilan 1.75 million funt sterlinglik shartnoma imzolagan[7]. Tyrese Campbell 2016—2017-yilgi mavsumda 18 yoshgacha boʻlgan „Stoke“ klubining futbolchilari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular Angliya kubogi yarim finaliga chiqishgan[8]. Tyrese Campbell 2018-yil fevral oyida murabbiy Paul Lambertni mashgʻulotlarda hayratda qoldirganidan soʻng birinchi jamoa bilan mashgʻulotlarni boshlagan[9].

Tyrese Campbell professional debyut oʻyinini 2018-yilning 24-fevralida Angliya Premer-ligasida „Leicester City“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan[10]. Tyrese Campbell „Stoke City“ klubidagi ilk start oʻyinini 2019-yil 15-yanvarda Angliya kubogi doirasida „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boshlagan. Bu uchrashuvda (3:2 hisobida magʻlubiyat) Tyrese Campbell raqib darvozasiga ikkita gol urgan[11].

2019-yil 31-yanvarda Tyrese Campbell mavsumining qolgan qismi uchun „Shrewsbury“ futbol klubiga ijaraga berilgan[12]. Tyrese Campbell klub tarkibida ikki kundan soʻng „Luton Town“ futbol klubiga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyutini oʻtkazgan[13]. Tyrese Campbell 16-fevral kuni „Burton Albion“ klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritgan[14]. Tyrese Campbell „Shrewsbury“ futbol klubi tarkibida 15 marta oʻynab, beshta gol urishga muvaffaq boʻlgan[15]. Tyrese Campbellning „Shrewsbury“ futbol klubidagi oʻyinlari unga 2019-yil fevral oyida EFLda oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini taqdim etgan[16][17].

Tyrese Campbell 2020—2021-yilgi mavsumni yaxshi formada boshladi, 2020-yil 24-oktyabrda „Brentford“ klubiga qarshi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[18]. Shundan soʻng, 21-noyabr kuni Tyrese Campbell „Huddersfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:3 hisobi) ikkita gol urdi[19]. Dekabr oyining boshiga kelib Tyrese Campbell 19 ta oʻyinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi[20]. Biroq, Tyrese Campbell 8-dekabr kuni „Cardiff City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda tizzasidan jarohat oldi[21]. Keyin Tyrese Campbell oʻn oyga safdan chiqdi va 2022-yilning 19-oktyabrida „Bournemouth“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoaga qaytdi[22].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Stoke City (23 yoshdagilar) 2016—2017 1 0 1 0
2017—2018 3 0 3 0
2018—2019 4 2 4 2
Jami 8 2 8 2
Stoke City 2017—2018 Angliya Premer ligasi 4 0 0 0 0 0 4 0
2018—2019 Chempionat 3 0 2 2 1 0 6 2
2019—2020 Chempionat 33 9 1 0 3 0 37 9
2020—2021 Chempionat 16 6 0 0 3 1 19 7
2021—2022 Chempionat 26 4 3 1 1 0 30 5
2022—2023 Chempionat 15 2 0 0 1 0 16 2
Jami 97 21 6 3 9 1 112 25
Shrewsbury Town (ijara) 2018—2019 Birinchi liga 15 5 0 0 0 0 15 5
Jami 112 26 6 3 9 1 8 2 136 32

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 1-aprel 2018-yil.
  2. „Tyrese Campbell“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2-aprel 2018-yil.
  3. „Tyrese Campbell“. Tranmere Rovers F.C.. 19-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  4. „Semi-Final Glory for Footballers“. Cheadle Hulme School. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2018-yil.
  5. „Kevin Campbell-Profile“. Everton FC.com. 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  6. „Kevin Campbell – Profile“. Arsenal.com.
  7. „Man City transfer fee for Stoke City player Tyrese Campbell is set“. Manchester Evening News. Qaraldi: 8-aprel 2018-yil.
  8. „Who is Tyrese Campbell? Scouting report on Stoke City starlet ahead of possible debut“. Stoke Sentinel. Qaraldi: 21-may 2018-yil.
  9. „Tyrese Campbell promoted to train with Stoke City first team“. Staffs Live. 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2018-yil.
  10. „Leicester 1-1 Stoke“. BBC Sport. Qaraldi: 24-fevral 2018-yil.
  11. „Stoke 2-3 Shrewsbury“. BBC Sport. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  12. Cox, Lewis. „Shrewsbury Town complete Tyrese Campbell loan from Stoke City“. Shropshire Star (31-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  13. „Shrewsbury Town 0–3 Luton Town“. BBC Sport (2-fevral 2019-yil). Qaraldi: 7-fevral 2019-yil.
  14. Cox, Lewis. „Sam Ricketts wary of workload for Shrewsbury frontmen Tyrese Campbell and Fejiri Okenabirhie“. Shropshire Star (16-fevral 2019-yil). Qaraldi: 17-fevral 2019-yil.
  15. „Games played by Tyrese Campbell in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm.
  16. „Tyrese Campbell named EFL Young Player of the Month“. English Football League (8-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  17. „Tyrese Campbell: Shrewsbury Town striker wins EFL Young Player of the Month award“. BBC Sport (8-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
  18. „Stoke City 3–2 Brentford“. BBC Sport. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  19. „Stoke City 4–3 Huddersfield Town“. BBC Sport. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  20. „How Tyrese Campbell has gone from leaving Stoke City to £25m main man inside 12 months“. Stoke Sentinel. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  21. „Tyrese Campbell: Stoke City striker could be out for season with knee injury“. BBC Sport. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  22. „'I was taken aback' - Tyrese Campbell on his reception from Stoke City fans and hopes for future“. Stoke Sentinel. Qaraldi: 20-may 2022-yil.