Tuxumhujayra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuxumhujayra, tuxum (ovum) — urgʻochi jinsiy hujayra (gameta). T.dan urugʻlanish yoki partenogenez natijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda T. murtakning rivojlanishi uchun zarur oziq moddaga ega boʻlib, yaxshi ixtisoslashgan. Sut emizuvchilar T.sini rus olimi K. M. Ber (1827) kashf etgan. Odatda, T. bir necha qavat poʻst bilan qoplangan. Koʻpchilik hayvonlar T.si yumaloq yoki oval shaklda, baʼzan choʻziq (hasharotlarda). Gʻovaktanlilar va ayrim boʻshliqichlilar T.si doimiy shaklda boʻlmasdan amyobaga oʻxshash harakatlanish xususiyatiga ega. Koʻpchilik hayvonlar T.si harakatsiz. T.ning oʻlchami sitoplazmadagi sariklik miqdoriga bogʻliq. Mas., parazit pardaqanotlilar T.si sarikGʻshgi boʻlmaganligidan juda kichik (6x10 mkm); yoʻldoshli sut emizuvchilarning sariqligi kam T.si 50 mkm dan (dala sichqoni) 180 mkm gacha (qoʻy). Odam va koʻpchilik umurtqasizlar T.si oʻlchami 90 mkm ga yaqin. Zaxira sariqlik koʻp boʻlgan mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar T.lari diametri 1,4 mm, kloakali sut emizuvchilarniki —3,5 —4,3 mm, losossimon baliqlarniki — 6 — 9 mm, tuxumini ogʻzida olib yuradigan dengiz laqqachalariniki — 17—21 mm, akulalarniki 50—70 mm, tovuqniki — 30 sm dan ortiq, tuya qushniki — 80 sm (poʻchogʻi bilan birga uz. —155 sm, vazni 1,4 kg ga yaqin). Tuxumning oʻlchami hayvonning katta yoki kichikligiga bogʻliq boʻlmasdan, serpushtliligiga teskari korrelyatsiyada boʻladi. Odatda, tuxumini qoʻriqlaydigan hayvonlar yirik, lekin ozroq tuxum qoʻyadi. Nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaydigan baliqlar minglab, baʼzan millionlab mayda (treska 10 mln., diametri 2 mm dan kichik) tuxum qoʻyadi. Lekin murtagi ona organizmda rivojlanadigan yoʻldoshli sut emizuvchilarda bunday korrelyatsiya kuzatilmaydi — ular bir vaqtning oʻzida bir necha mayda tuxum qoʻyadi. Tuxum 2 qutbli tuzilgan: animal qutbdan vegetativ qutb tomonga sariq modda miqdori ortib boradi.

T. sitoplazmadagi sariklik mikdoriga koʻra aletsital, oligoletsital, mezoletsital, poliletsital, sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga binoan gomolitsetal, telolitsital, sentroletsital; maydalanish tipi boʻyicha goloblastik va meroblastik xillarga ajratiladi. Oʻsimliklar T.si koʻpincha maxsus urgochilik jinsiy organi — arxegoniyda (sporali yuksak oʻsimliklar va ochiq uruglilar) yoki murtak xaltasida (gulli oʻsimliklar) rivojlanadi. TUSH, tush koʻrish — uyquaa sodir boʻladigan subʼyektiv psixik hodisa. Fiziologik jiqatdan T. bosh miya katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi. T.da uyqudagi kishi aniq va tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. T.dagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq, hayajonli, afsonaviy tuye oladi. T., asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida yoki undan soʻnggi bir necha min. davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa sakday olmaydi. Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham T. koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish davrida T., odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq boʻladi). T.ning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi kechinmalariga bogʻliq.