Tutqunlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tutqunlik

Tutqunlik filmi posteri
Rejissyor(lar) Rashid Malikov[1]
Prodyuser(lar) Firdavs Abduxalikov
Ssenariynavis(lar) Azamat Qorjovov
Rollarda Nigina Anarbayeva, Firdavs Aripov, Gleb Golender, Feruza Sobitova, Laylo Farruxova[2]
Bastakor(lar) Dmitri Yanov-Yanovsky
Kinematografiya Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi[1]
Studiya(lar) „Buxoriylar“ kinostudiyasi[1]
Chiqarilgan sanasi 30-sentabr, 2021-yil
Davomiyligi 87 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Tutqunlik — Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Mehr operatsiyasi“ voqealari asosida[3] rejissyor Rashid Malikov tomonidan 2021-yilda suratga olingan drama janriga oid[4] badiiy film. Film epizodlarining barchasi pandemiya tufayli Oʻzbekistonda suratga olinishiga qaror qilingan, yaʼni Suriyadagi jang sahnalari ham mazkur mamlakat hududida suratga olingan[3]. Tasvirga olish jarayonlarining asosiy qismi Buxoroda boʻlib oʻtgan[5].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urgʻu beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur boʻlgan va uni yoʻqotib qoʻygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli oʻspirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi[5][6]. Qahramonlarning hech biri oʻz qidirgan narsasini topa olmaydi katta talofatlar koʻradi, shundan soʻng Oʻzbekiston tomonidan tashkil etilgan maxsus topshiriq yaʼni „Mehr operatsiyasi“ yordamizda Oʻzbekistonga qaytariladi.

Film premyerasi boʻlib oʻtgan vaqt va telekanallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning Oʻzbekistonda premyerasi 2021-yil 30-sentabr kuni “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtgan[7].

Quyidagi jadvalda film premyerasi boʻlib oʻtgan sana vaqt va telekanallar roʻyxati maxsus tartib asosida keltirilgan[2]:

Sana Vaqt Telekanal
16-oktyabr 21:30 Uzreport TV
17-oktyabr 14:15 Mening Yurtim
17-oktyabr 15:00 Renessans TV
17-oktyabr 20:30 Sevimli TV
17-oktyabr 22:20 Zoʻr TV
18-oktyabr 12:00 Renessans TV

Film haqida fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissyorning film haqida fikrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yaqin Sharqdagi harbiy mojarolar zonasidan oʻz fuqarolarini qutqarishga jazm qilgan davlatlar sanoqli. Bu, albatta, kinoda aks ettirilishi kerak boʻlgan tariximizdagi ajoyib voqea, — Rashid Malikov[3]

  • Biz ushbu filmni suratga olishdan avval juda koʻp maʼlumotlar toʻpladik, „Mehr operasiyasi“ tufayli Oʻzbekistonga olib kelingan ayollar bilan suhbatlashdik, ularning taqdiri, ruhiyati, xarakterini chuqur oʻrgandik. Ularni notoʻgʻri yoʻlga kirib qolgan jinoyatchi emas, oddiy inson, ayol sifatida koʻrsatishga harakat qildik. Shu bois tomoshabinlar bu filmni shunchaki kino emas, bugungi hayotimizning aks-sadosi, taqdir zarbasiga duch kelgan zamondoshlarimiz qismatining ekrandagi ifodasi deb qabul qilishlarini soʻrardim, — Rashid Malikov[2]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova „Tafakkur“ jurnalida chop etilgan suhbatida bugungi oʻzbek kinosida mazmun qolib, „piar“ ketidan quvilayotganini tanqid qildi. Jumladan, „Tutqunlik“ filmi gʻoyasini yuzaki, voqealarini ishonarsiz deb atadi[8]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 812-noyabr kunlari Turkiyada „Korkut Ata“ turkiy tilli davlatlar xalqaro kinofestivalida Rashid Malikovning ushbu filmi hayʼat aʼzolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi[9]. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan ushbu film Rossiya Federatsiyasida boʻlib oʻtgan „Volokolamskiy rubej“ harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida „Gran-pri“ bosh sovrini bilan taqdirlangan[10].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „НЕВОЛЯ (2021)“ (ruscha). kino-teatr.ru. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Тошкентда «Тутқунлик» бадиий фильми тақдимоти бўлиб ўтади“. bugun.uz. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Suriyadan oʻzbekistonliklarni olib kelish boʻyicha oʻtkazilgan “Mehr operatsiyasi” haqida badiiy film suratga olinadi“ (o'zbekcha). teznews.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  4. „Tutqunlik (2021)“. cinema-asia.com. 27-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „“Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan oʻzbeklar haqida “Tutqunlik” filmi suratga olinmoqda“. daryo.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  6. „“Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan o‘zbeklar haqida “Tutqunlik” filmi suratga olinmoqda“. https://daryo.uz/. daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
  7. „На Ташкентском кинофестивале прошла большая премьера фильма Рашида Маликова "Неволя"“ (1-oktabr 2021-yil).
  8. „Xalq artisti Dilorom Karimova oʻzbek kinosini «piar»bozlikda, “Tutqunlik” filmini esa yuzakilikda aybladi“. oyina.uz. oyina.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
  9. „Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar xalqaro kinofestivalida 3 ta mukofotni qoʻlga kiritdi“ (o'zbekcha). xabardor.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.
  10. „“Tutqunlik” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi“ (o'zbekcha). yuz.uz. Qaraldi: 27-oktabr 2022-yil.