Tursunoy Sodiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunoy Sodiqova
Tavalludi 24-mart 1944-yil
Andijon sh., Andijon vil.
Vafoti 14-yanvar 2017-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish adabiyotshunoslik
Janr sheriyat
Mukofotlari |


Tursunoy Sodiqova[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunoy Sodiqova ― shoira, adiba, pedagog-olima, adabiyotshunos, jamoatchi-tashkilotchi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sodiqova Tursunoy 1944-yil 24-mart kuni Andijon shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida oilasi Toshkent shahrida yashay boshladi. 1961-yilda hozirgi Shayxontohur tumanidagi 82-oʻrta maktabning 10-sinfini tugatdi. 1966-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini imtiyozli tamomladi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar instituti, Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi, Oʻzbekiston „Maʼrifatparvar ayollar“ nodavlat uyushmasida davom ettirdi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunoy Sodiqova oʻz ijodini 60-yillarda boshlagan. Ilk toʻplami „Kuy“ 1976-yilda nashr etilgan. Shundan keyin „Gul fasli“(1981), „Iqbol“(1984), „Dil gavhari“(1985), „Izlay-izlay topganim“(1988), „Girya“(1994) kabi sheʼriy toʻplamlarini oʻquvchilarga taqdim etdi. Uning axloq-odob masalalari, oila muomalalariga bagʻishlangan ilmiy, badiiy-falsafiy asarlari: „Mehr qolur“ (1997), „Hazrati ayol“ (1998), „Yoningdagi baxt“ (1999), „Bolam derman“ (2000), „Oʻgʻlim senga aytaman va qizlarga atalgan soʻzlar“ (2002), „Kelin boʻlish ilmi“ (2003), „Kuyov boʻlish ilmi“ (2003), „Qaynonalik ilmi“ (2003), „Ogʻa-inilik ilmi“ (2003), „Rizolik izlab“ (2004), „Yashash tilsimi“ (2004), „Murabbiy kim?“ (2006), „Nozik savol“ (2007), „Jannatim onam“ (2007) kitoblari nashr etildi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunoy Sodiqova 2017-yil 14-yanvar kuni 72 yoshida vafot etdi. https://daryo.uz/2017/01/14/shoira-va-adiba-tursunoy-sodiqova-72-yoshida-vafot-etdi/

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://arboblar.uz/uz/people/sadykova-tursunoj https://www.facebook.com/muhammad.ismoil/posts/1311036578955379 https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/tursunoy-sodiqova-1944-2017/[sayt ishlamaydi]

  1. Tursunoy Sodiqova. Gul fasli. 1 jild. „Oʻzbekiston“-2013.
  2. Tursunoy Sodiqova. Ayolga qasida. „Oʻzbekiston“-2015.